Ellik yillik sog’inch sochga qirov qoʻngan, yuzda keksalik



Download 14,38 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14,38 Kb.
#333273
Bog'liq
ELLIK YILLIK SOG'INCH


ELLIK YILLIK SOG’INCH

Sochga qirov qoʻngan, yuzda keksalik,

Goh aso tutamiz suyanmoq uchun,

Oʻn yetti yoshimdan qolgan esdalik,

Vinitka...eh yoshlik! Qandayin maʼsum…
Bugun qadrdonlar jam boʻlajakmiz,

Xotira daftarin varaqlamoqqa.

Tanirmi men sochin tortgan oʻsha qiz?

Akasi quvalab borgan qishloqqa.


Jonim hapqirmoqda, oshiqar tinmay,

Tanish xonalarga, bolaligimga.

Nabiram sumkasin yelkamga ilay,

Oq koʻylak, qora shim kiyay egnimga.


Hamma ham mendayin keksargan aniq,

Nuroniy rutbasin taqqan suvrati.

Lekin yuragining tubidan qarab,

Turadi bolalik degan siyrati.


Shamollar uchirgan yaproqdek go’yo,

Qaytmadi orqaga berahm yillar.

Moziyning qarida yashaydi illo,

Sinfdosh--jondoshlar, qadrdon dillar.


Ellik yil, bu qisqa fursatlar emas,

Ammo, kechagidek tuyilar bari.

Vaqtlar jism yeydi, yuraklar emas.

Xayollar tortadi xotira sari.


Keling qadrdonim, aqalli bir kun,

Dunyoning ishlarin suraylik ortga,

Barchamiz zor kutgan shu diydor uchun,

Shukrona aytaylik Eng Ulug’ Zotga.


Yana qancha umrimiz bor bilmadim,

Biroq, shirin sog’inch bilan yashayman.

Men sog’inib, intiq bo’lib kutganim,

Barchangizni qalb to’rida saqlayman.


Hayotjon Abdullayev.
Download 14,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish