Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. Nodiraning hayot yo'lini so'zlab bering. Umrining eng muhim nuqtalarini 
esdan chiqarmaslik uchun daftaringizga ularni alohida ketma-ketlik bilan qayd 
eting. 
2. Nodira qanday oilada tarbiya topti? Bu uning shoira bo'lib yetishuvida 
qanday ahamiyat kasb etdi? 
3. Nodira va Umarxon munosabatlari, buning shoira ijodiga ta'siri haqida 
batafsil so'zlab bering. 
4. Shoira ijodida hijron motivi kuchayishining sabablari, ko'rinishlari haqida 
so'zlang. 
5. Nodira va o'zbek shoiralari munosabatlari haqida gapirib bering. 
6. Shoira ijodining o'zbek adabiyotida tutgan o'rni aynan nimalarda namoyon 
bo'ladi? 
«DODA KELDIM...» G'AZALI 
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, 
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit. 
Maddi ohim shu'lasi husning dabiristonida 
Misrayi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit. 
Sarvi nozim, sendin ayru naxli ohim bo'ldi xam, 
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit. 
Har nechakim sabr ta'mirini bunyod ayladim, 
Ashk selobida vayron o'ldi obodim, eshit. 
Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig', 
Necha kunlar bo'ldi, hargiz qilmading yodim, eshit. 
Kelki, bir soat seni ko'rmoq uchun mushtoqmen, 
Telba bo'ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit. 
Nodira bodi sabodin sanga irsol etgali 
Qildi insho bu g'azalni, tab'i noshodim, eshit. 
Yetti baytdan iborat bu oshiqona g'azal o'zbek mum-
toz she'riyati uchun an'anaviy bo'lgan ramali musamma-
ni mahzuf (yoki maqsur), ya'ni
 foilotun foilotun foil-
147 


owi foihm
(yoki
 foilon)
vaznida bitilgan. Taqte'si: 
- V - - / - V - - / - V - - / - V - (yoki - V 
G'azaldagi beshinchi baytning birinchi misrasi
 «begonalig'» 
so'zi bilan tugagani, ya'ni oxirgi bo'g'in o'ta cho'ziq hijodan 
tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (- V - - / -
V / - V /- V vaznida bitilgan. 
G'azalda turkiy so'z
 («eshit»)
radifga olingan. Qofiyadagi 
so'zlarning barchasi o'zbekcha egalik qo'shimchasi bilan kelgan 
forscha-tojikcha so'zlardan tashkil topgan (
dodim - faryodim -
ozodim - shamshodim - obodim - yodim - parizodim - no-
shodim). 
Lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan 
boshlaydi. Ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joy da 
«yor»
so'zi ishlatilmaydi. Chunki oshiq ma'shuqqa
 «ey sa-
lotin sarvari» («ey podshohlar podshohi»,
1-bayt),
 «ey sarvi 
ozodim» («ey sarv daraxtidek tik qomatligim»,
2-bayt),
 «sarvi 
nozim» («mag'rur turadigan tik qomatligim»,
3-bayt),
 «ey pari-
zodim» («ey parilar avlodidan bo 'Iganim»,
6-bayt),
 «tab
7
 no-
shodim» («ta 'bi xursand bo 'hnaganim»,
7-bayt) undalmalari bi-
lan murojaat qiladi. Besh baytda bunday undalmalarning kelishi 
g'azalning o'ziga xos uslubidan dalolat beradi. 
Bulardan tashqari, lirik qahramon yorni
 «shah»
ga, o'zini 
«benavo»
ga o'xshatadi ham (matla'). 
Shu ifodalardan ham ko'rinib turibdiki, g'azal zimdan Nodira-
ning yostiqdoshi - Amir Umarxon(Amiriy)ga bag'ishlangan. Lekin 
bu ochiq-oydin oshkor qilinmagan. Bunda adabiyotning adabi-
yotligi, shoiraning badiiy farosati namoyon bo'lgan. Ya'ni she'r 
an'anaviy, ya'ni oshiqning yor sog'inchi ifodalangan ishqiy g'azal 
tarzida qabul qilinaveradi. 
G'azalda tazod san'atining go'zal namunalari ham uchraydi. 
Matla'dagi
 «shah»
bilan
 «benavo»
(muhtoj, bechora), 3-bayt-
dagi
 «sarvi noz»
bilan
 «хат»
(egilgan), 4-baytdagi
 «vayron» 
(buzilgan) bilan
 «obod»,
5-baytdagi
 «oshno»
(tanish) bilan 
«begona»,
5- va 6-baytlarda kelgan
 «necha kunlar»
bilan
 «bir 
soat»
o'rtasida yuzaga kelgan ajib bir qarama-qarshilik fikrni 
kuchaytirishga, oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xiz-
mat qilgan. 


G'azaldagi baytlar ma'no-mazmunini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
Ey podshohlarpodshohi, arz qilib,
(oldingga)
 keldim, arzimni eshit, 
Sen shahsan-u, men bechoraman, mehr ко 'rsatib, fmyodimni eshit 
(matla'). 
Ohimning cho 'zilgan shu 'lasi hustling devonxonasi(mirzoxonasi)da 
(bir)
 munosib misra
(bo'ldi),
 ey san'dek tik qomatli
(yorim),
 eshit
(2-bayt). 
Mag'rur tik qomatli san'dek yorim, sendan uzoqda xurmo daraxtidek 
tik ohim xam bo Idi, 
Qomating hajrida shamshod shoxidek shoxim sindi, eshit
(3-bayt). 
Sabrimni har qancha ta 'mirlamayin, 
Ko'z yoshlarim selidan (bu) obodim vayron bo'laverdi, eshit
(4-bayt). 
(Ishqing bilan) barcha yor-u oshnodan begona aylading, 
Necha kunlar bo 'Idi, hech meni yodga olmaysan, eshit
(5-bayt). 
Kelki, bir soat seni ко 'rmoq uchun mushtoqman, 
Seni ко 'rmayotganimdan telba bo 'Idim, ey parizodim, eshit
(6-bayt). 
Nodira sharqdan esadigan yoqimli shamoldan sanga yuborish uchun 
Bu g'azalni yozdi, ta'bi xursand bo'lmaganim, eshit {
maqta'). 
G'azal ma'no-mazmuni bilan tanishib, uning yana bir xususi-
yatini sezish mumkin. Unda shoira yorining tik qomatini yoki, 
aksincha, ishqiy iztiroblari oqibatida o'zining tik qomati bukil-
gani holatlarini tasvirlash maqsadida mumtoz she'riyatimizda 
an'anaviy bo'lgan daraxtlar
 («sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli 
oh», «shoxi shamshod»)
timsollaridan mahorat bilan foydalanadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish