Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi


AMIR UL-MO'MININ ALI KARRAMALLOHU VAJHAHU SO'ZIGA



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

AMIR UL-MO'MININ ALI KARRAMALLOHU VAJHAHU SO'ZIGA 
TARJIMAKIM - UNZUR LIMOQOLA LOTANZUR LIMANQOLA

Chun g'araz
2
so'zdin erur ma'ni anga, 
NoqiP o'lsa xoh xotun, xoh er. 
So'zchi holin boqma, boq so'z holini, 
Ko'rma kim der ani, ko'rgilkim, ne der. 
Nazariy ma'lumot 
G'AZAL 
G'azal - musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko'p 
tarqalgan lirik janr. U dastlab arab she'riyatida milodiy VI-VII 
asrlarda paydo bo'lib, keyinchalik boshqa Sharq xalqlari so'z 
san'atiga ham o'tgan. XIII-XIV asrlarga kelib she'rning bu turi 
to'la shakllangan va mukammal holga yetgan. 
G'azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari 
bo'yicha bir necha talab va o'ziga xoslik bor. 
Awalo, g'azallar ko'pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo 
ma'no-mazmun jihatidan Allohni maqtashga (hamd), Muham-
mad payg'ambar(s. a. v.)ni ta'riflashga (na't) bag'ishlangan, 
rindona (may va mayxona bilan bog'liq tasvirlarga asoslangan), 
orifona (pand-nasihat ruhidagi), tabiat go'zalliklaridan zavqlanish 
asosidagi (peyzaj) va boshqa g'azallar ham yoziladi. Shuning 
uchun shoirlar bu janr namunalarida odam va olam, tabiat va 
jamiyatning turli-tuman murakkab tomonlarini ham yoritishga 
harakat qilgan. 
Hajmi 3 baytdan 19, hatto, 27 baytgacha bo'lgan g'azallar 
uchraydi. Biroq Navoiy va boshqa ko'p shoirlarimiz ijodida, 
asosan, bu janrning 7 va 9 baytli namunalariga duch kelamiz. 
Shu miqdor eng mukammal hajm deb qabul qilinadi. 
' U n z u r l i m o q o l a l o t a n z u r l i m a n q o l a (arabcha) - Kim 
deganiga emas, nima deganiga qara. 
2
G' a r a z - maqsad, niyat. 
3
N о q i 1 - naql etuvchi, so'zlovchi. 
137 


Bir g'azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. Garchi Navoiy 
ijodida aruzning turli bahrlarida yozilgan g'azallar uchrasa ham, 
o'zbek shoirlari g'azallarining ko'pchiligi, asosan, ramal, bir 
qismi esa hazaj bahrida bitilgan. Boshqa bahrlarda juda kam 
yozilgan. 
G'azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. Misralar
 aa, 
ba, da, ea, fa
va hokazo tarzda qofiyalanadi. 
G'azal baytlari - nisbiy ma'noda mustaqillikka ega. Ya'ni har 
bir bayt imkon qadar til talablari bo'yicha tugallangan alohida 
jumladan iborat bo'lishi, umumiy matndan yulib olib o'qiganda 
ham tugal ma'no-mazmunni anglatishi lozim. G'azallar, baytlar 
mustaqilligi, ya'ni qo'shmisralarning o'zaro bog'liqligi, manti-
qiy ketma-ketligi va bir-birini taqozo etishi darajasiga ko'ra, 
quyidagi turlarga bo'linadi: 
a) parokanda g'azallar (bunda baytlar bir-biridan o'ta mustaqil 
bo'ladi, ularning o'mi almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi); 
b) yakpora g'azallar (bunda baytlar mantiqan ketma-ketlikka 
ega bo'ladi); 
d) voqeaband g'azallar (bunda baytlar ketma-ketligini sujet, 
ya'ni muayyan voqea tasviri boshqaradi); 
e) musalsal g'azallar (bunda baytlar o'zaro chambarchas 
bog'liq bo'ladi, ma'no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkin-
chisini taqozo etib keladi). 
Navoiy parokanda, ya'ni baytlar o'rnini o'zgartirib qo'ysang 
ham, hech narsa o'zgarmaydigan g'azallarni qattiq tanqid qilgan. 
Oldingi darslar jarayonida ko'rib o'tilgan «Jong'a chun dermen: 
«Ne erdi o'lmakim kayfiyati?..» g'azali musalsal g'azalning 
yorqin namunasi hisoblanadi. 
G'azalning aksaran oxirgi bayti (maqta'si) yoxud ba'zan undan 
oldingi baytda shoir taxallusi qo'llanadi. Lekin taxallus qo'llash 
majburiy emas. G'azal taxallussiz ham yozilaverishi mumkin. 
Istiqlol yillarida o'zbek mumtoz she'riyati, xususan, Navoiy 
ijodidagi g'azallar ma'nolarini har taraflama sharhlash kuchay-
di, bu janr namunalarining tasawufiy ma'nolarini ham ochib 
berishga harakat qilinyapti. 


G'azal yozish an'analari hozirgi o'zbek she'riyatida ham davom 
etyapti. Ba'zan barmoq vaznida bitilgan g'azallar ham uchrayotir. 
Ko'p asrlardan buyon g'azallarga kuy bastalanib, ular ashu-
la qilib kuylanib keladi. «Shashmaqom» tarkibidagi ashula-
lar matnini ham, asosan, g'azallar tashkil etadi. Hozirgi payt-
da g'azallarni zamonaviy estrada yo'lida aytish tajribasi ham 
kuchayyapti. 
G'azaldagi uchta baytning alohida nomi bor: birinchi bayt

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish