She'riy shakl sifatida и adabiyotda
qasida va g'azaldan oldin paydo bo'lgan,
deb qaraladi. Qit'a
mustaqil baytlardan tashkil topgani uchun g'azalga o'xshab
ketadi. Ammo g'azaldan keskin farq qiladigan jihatlari bor.
Birinchidan, qit'ada matla' bo'lmaydi. Shuning uchun bayt-
larning hammasi bir xil -
ab, db, eb, fb
va hokazo tarzda
qofiyalanadi.
Ikkinchidan, hajmi ham g'azaldagi kabi qat'iy emas. Eng
kami ikki baytdan tashkil topadi. Biroq uning ko'p baytli, hat-
to, o'n to'qqiz qo'shmisradan iborat namunalari ham uchraydi.
Uchinchidan, g'azalda mavzular - chegaralanganroq. Lekin
qit'alarda unaqa emas. Qit'ada shakl va mazmun jihatidan
erkinlik - ko'p, mavzu doirasi chegaralanmagan.
To'rtinchidan, qit'ada shoir taxallus qo'llashi kamdan kam
uchraydi. Navoiy ba'zi qit'alaridagina taxallus ishlatadi.
Beshinchidan, g'azallarga sarlavha qo'yilmaydi. Ammo Alisher
Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilgan barcha qit'alariga
nasriy sarlavha qo'yilgan. Sarlavhalarda qit'a mazmunining bosh
g'oyasi yoki yo'nalishi bayon etib qo'ya qolingan.
Oltinchidan, g'azal yaratish niyati bilan o'rta baytlari yozil-
gan, ammo matla' va maqta'si tugallanmagan parchalarni ham
ayrim shoirlar devonlariga qit'a sifatida kiritavergan. Binobarin,
«qit'a»
so'zi arab tilida
bo'lak, qism, parcha
ma'nolarini ang-
latadi.
Qit'a yaxlit asar sifatida ij'timoiy-siyosiy, diniy-falsafiy, ax-
loqiy-ta'limiy va boshqa yo'nalishlardagi muayyan mavzuga
bag'ishlanadi. Qit'alarda, umuman olganda, pand-nasihat ruhi
ustunlik qiladi. Shoirlar bu janr namunalarida ba'zan hajv, hazil-
mutoyiba, jiddiy tanbeh tarzida, ba'zi hollarda esa o'z hayoti-
ning turli lahzalari, ko'rgan-kechirganlari ta'sirida paydo bo'lgan
mulohazalari va hukm-xulosalari sifatida fikr bayon etadi.
O'zbek adabiyotida qit'aning ilk namunalari Mahmud
Koshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asarida, Xorazmiy, Yusuf
Amiriy, Gadoiy, Lutfiy ijodida uchraydi. Biroq Alisher Navoiy
bu janrning yetuk namunalarini yaratib, o'zbek qit'achiligini
yuksak pog'onalarga ko'tardi. «Xazoyin ul-maoniy»dagi to'rt
devonda jami 210 ta qit'a mavjud. Ularning devonlardagi miq-
dori quyidagicha:
«G'aroyib us-sig'ar»da - 50 ta;
«Navodir ush-shabob»da - 50 ta;
«Badoe' ul-vasat»da - 60 ta;
«Favoyid ul-kibar»da - 50 ta.
Bulardan tashqari, buyuk mutafakkirning «Mahbub ul-qulub»,
«Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» va
boshqa asarlarida ham qit'a namunalari uchraydi.
Keyingi asrlarda Zahiriddin Muhammad Bobur, Poshshoxo'ja,
Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqo'rg'oniy, Shukuriy Farg'oniy,
Muhammadrizo Ogahiy, Miriy, Avaz О'tar, Almaiy va boshqa
shoirlar qit'achilikda Navoiy an'analarini davom ettirdi. Ammo
Navoiygacha ham, undan keyin ham hech kim mazkur janrni
bu buyuk o'zbek shoiri darajasida rivojlantira olgan emas.
XX asrda Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda,
Mirtemir, Chustiy, Charxiy, Erkin Vohidovlar qit'a bitgan. Ho-
zirgi paytda barmoq vaznida ham qit'alar yozilyapti.
NODIRA
(1792 - 1842)
Nodira - XIX asrning birinchi yarmida
ijod qilgan taniqli o'zbek shoirasi. Uning
asl ismi
Mohlaroyim
bo'lib,
Nodira -
ada-
biy taxallusi. Bundan tashqari,
Komi la
ta-
xallusi bilan ham o'zbekcha she'rlar bitgani
ma'lum. Bu qalam sohibasi - zullisonayn
(ikki tilda ijod qilgan) shoiralarimizdan.
Fors-tojik lisonidagi asarlarini
Maknuna
taxallusi bilan yozgan.
U ijod qilgan davrda Qo'qon adabiy
muhitida o'zbek va fors-tojik tillarida badiiy asarlar yaratish
qariyb teng darajada edi.
Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. U Andijon
hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.
Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonado-
niga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish
mumkin:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Nodiraning onasi - Oyshabegim qizining soliha farzand,
komila shaxs bo'lib yetishuviga ko'p hissa qo'shdi. Bo'lg'usi
shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo'lgan xonadon-
da voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo'qon xoni Olimxonning
tog'asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni
tog'asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg'ilon
begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga
olib ketdi.
Oradan uch yil o'tib, ya'ni 1810-yili Qo'qon xoni, ya'ni
Nodiraning qaynakasi Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga uka-
si Umarxon o'tirdi. Shoiraning bundan keyingi hayoti mam-
lakat poytaxti bo'lgan shu shaharda - xon saroyida kechdi. Bu
143
uning ijod bilan muntazam va unumli shug'ullanishi, o'zidan
oldingi turkiy va forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o'rganishi,
ular an'analarini o'zlashtirib, izchil davom ettirishi uchun qulay
sharoit yaratdi.
Shoira yashagan zamonda Qo'qon adabiy muhiti gullab-
yashnagan edi. Umarxon uning umr yo'ldoshi, mamlakat rah-
barigina emas, ustoz shoir ham edi. U
Do'stlaringiz bilan baham: |