«mat-
la'»
deyiladi; oxirgi bayt
«maqta'»
deyiladi; agar maqta'dan oldin
(ayrim hollarda undan ham oldin) keladigan baytda lirik chekinish
qilingan bo'lsa, bunday qo'shmisra
«begona bayt»
deyiladi.
Matla'ning o'ziga xosligi shundaki, birinchidan, uning ikkala
misrasi o'zaro qofiyadosh bo'ladi, ikkinchidan, shu bayt vazni
va qofiyasi (yoki radifli bo'lsa radifi ham) g'azalning oxiriga-
cha qat'iy saqlanadi.
Maqta'ning o'ziga xosligi shundaki, birinchidan, ko'pincha
unda shoirning taxallusi qo'llanadi (ba'zan taxallus maqta'dan
oldingi baytda keladi ham), ikkinchidan, mantiqan u xuddiki
asar xulosasi yanglig' jaranglaydi.
«Begona bayt»ning o'ziga xosligi shundaki, u g'azalning ol-
din kelgan baytlaridagi umumiy tasvir yoki bayonga bevosita
bog'lanmasligi, nisbatan erkinroq fikr-mulohazani ifodalashi mum-
kin. Ammo bu yerdagi
«begona»
so'zini nisbiy ma'noda tushu-
nish kerak. Shoir «begona bayt»da ham oldingi baytlar umumiy
ma'no-mazmuni imkon bergan darajada, boshqacha aytganda,
qaysidir ma'noda ulardan kelib chiqib lirik chekinish qiladi.
Faqat uning begonaligi shundaki, O'zbekiston Qahramoni,
O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov so'zlari bilan aytganda,
«bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa, maqtaydi, kimni yomon
ко 'rsa, undan alamini oladi, g 'azal umum yo 'nalishiga и qadar
bog 'lanmaydiganroq gapi bo 'Isa ham, shu yerda aytib qoladi».
Adabiyotshunoslikda hamma yaxshi biladigan
«lirik chekinish»
degan tushuncha mavjud. Asarda lirik qahramon (shoir emas!)
qo'qqisdan yurilayotgan asosiy yo'ldan biroz chetga chiqqanday
bo'lib, kutilmagan bir fikr yoki mulohazani aytadi, bayon yo
tasvirni kiritadi, ilmiy tilda ifodalansa, nimagadir simpatiya yoki
antipatiyasini bildiradi.
139
«Begona bayt» ham - lirik chekinishning aynan o'zi. Biroq bu
yerda yanada teranlashish (differensiatsiya) bor: lirik chekinish -
keng va katta tushuncha, u bor-yo'g'i to'rt satrdan iborat ruboiyda
ham bo'lishi
1
, hatto, liro-epik turda yozilgan dostonda (Navoiyning
«Xamsa»sidagi dostonlar ham, «Lison ut-tayr» ham shunday asar-
lar sirasiga kiradi) ham uchrashi mumkin.
Ruboiyda lirik chekinish qilish uchun bir misradan ortiq
imkon yo'q. Lirik chekinish borasida g'azaldagi imkoniyat -
ruboiydagidan sal kattaroq. Chunki u kamida bir bayt doi-
rasida amalga oshiriladi.
Hech bir lirik chekinish asarga yot unsur bo'lmagani kabi,
«begona bayt»
atamasidagi
«begona»
so'zini ham o'z ma'nosida,
ya'ni yalang'och tarzda tushunmasligimiz, uning nisbiy begonalikni
ifodalab kelayotganini yaxshi anglab olishimiz zarur.
«Begona bayt» - g'azalgagina xos, aniqrog'i, lirik chekinish-
ning aynan g'azaldagi ko'rinishi hisoblanadi. Uning hajmi - aniq
(ikki misra), o'rni - tayin (asosan, maqta'dan oldin keladi).
G'azalchiligimiz, xususan, Navoiy g'azallaridagi bu tipik xusu-
siyatni ko'plab navoiyshunoslar kuzatgan, tahlil etgan. A. Hayit-
metov buni umumiy qilib
«lirik chekinish»
2
,
Y. Is'hoqov
«begona
yoki qistinna baytlar
»,
3
N. Komilov esa
«gardish», «bozgasht»
(«qaytish»)
4
deb nomlaydi. Aslida, Navoiy g'azallarida asar maz-
muni bilan bog'lanmagan bayt bo'lmaydi. «Begona»lik - nisbiy
tushuncha. U
«lirik chekinish»
ma'nosini muayyanlashtirgan holda
ifodalab kelgan.
«Chekinish»
bilan
«begonalik» -
bir-biriga juda
yaqin tushunchalar hisoblanadi.
Ruboiyshunoslikda bu janr namunalaridagi dastlabki ikki satrni t e z i s,
uchinchi misrani a n t i t e z i s va to'rtinchi qatorni s i n t e z (xulosa) tarzida
sharhlash bor (Qarang: X a k k u l o v I. Ch. Rubai v uzbekskoy literature. AKD.
Т.: 1975. S. 11). Bizningcha, ana shu a n t i t e z i s sifatidagi uchinchi misradan
shoirlar ko'pincha kichik (mini) lirik chekinish sifatida foydalanadi.
2
H a y i t m e t o v A. Navoiy lirikasi. Т.: «Fan» nashriyoti, 1961. 144-bet.
3
I s' h о q о v Y. Navoiy poetikasi. Т.: «Fan» nashriyoti. 1983. 62-bet.
4
K о m i 1 о v N. Ma'nolar olamiga safar (Alisher Navoiy g'azallariga sharhlar).
Т.: «TAMADDUN» nashriyoti. 2012. 48-, 54- va 64-betlar.
QIT'A
Qit'a - musulmon Sharqi, jumladan, o'zbek mumtoz she'riya-
tining lirik janrlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |