Savol va topshiriqlar
1. G'azalning hajmi, vazni, qofiya va radifi haqida ma'lumot bering.
2. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
3. G'azalning mavzusi, uni yoritishda qo'llangan vositalar, jumladan, shoiraning
undalmalar hamda daraxt timsollaridan foydalanish mahoratini tahlil qilib bering.
4. G'azaldagi manzillilik, ya'ni uning zimdan aynan kimga bag'ishlangani
haqida so'zlang.
5. Tazodlarning g'azaldagi o'rni va ahamiyatini tushuntirib bering.
6. G'azalni yodlang.
«VASL UYIN OBOD QILDIM...» G'AZALI
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g'amdin bu imorat bo'ldi vayron oqibat.
Qildi choki piyrahan dog'i dilimni oshkor,
Qolmadi ko'nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahd-u paymonlar qilib erdi: «Vafo qilg'um», - debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yolg'on oqibat.
Orzu qildim: «Tutarmen», - deb visoli domanin,
Pora bo'ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma'zur tut,
Yor ko'yida na bo'ldi Shayx San'on oqibat?
Baski, qon bo'ldi yurokim gavhari ashk o'rniga,
Qatra-qatra ko'zlarimdin tomdi marjon oqibat.
Ohkim, bo'ldi yana subhi nashotim shomi g'am,
Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat.
Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli mo'r o'ldi Sulaymon oqibat.
Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o'tti, xazon o'ldi guliston oqibat.
Bu g'azal - to'qqiz baytdan iborat. Vazni - oldingi g'azaldagi
kabi, o'zbek mumtoz she'riyati uchun an'anaviy bo'lgan ramali
musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni
foilotun foilotun foiloun
foilun
(yoki
foilon).
Taqte'si: - V — / -V — / -V — / - V -
(yoki - V G'azaldagi ikkinchi baytning birinchi mis-
rasi
«oshkor»
so'zi bilan tugagani, ya'ni oxirgi bo'g'in o'ta
cho'ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur
( - V - - / - V - - / - V - - / - V ~ ) vaznida bitilgan.
G'azalda
«oqibat»
so'zi radifga olingan. Bu so'z har bir
bayt mazmunini boshqarib turadi.
G'azal ishqiy mavzuda bitilgan. Unda hijron iztiroblari tas-
viri asosiy o'rin tutadi. Lirik qahramon yor vasliga yetolmagani
oqibatida chekkan dard-u g'amlarini turli-turli badiiy tasvirlar
orqali bayon etadi.
Baytlar ma'no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Vasl uyini obod qildim,
(ammo)
hijron oqibatda
(uni)
buzdi,
Oxir-oqibatda g'am selidan bu imorat vayron bo 'Idi
(matla').
Ко 'ylagimning choki dilimning dog 'ini oshkor qildi,
Oqibatda ко 'nglimdagi ishq уarasi pinhon qolmadi
(2-bayt).
«Vafo qilaman», -
deb ahd-u paymonlar qilgan edi,
(Ammo) vafoni tark etdi, oqibatda uning ahdi yolg'on bo'lib
chiqdi (3-bayt).
«Visoli etagini tutarman», - deb orzu qilgan edim,
Oqibatda hajr qo 'lida yoqa bo 'lak-bo 'laк bo 'Idi
(4-bayt).
Ey zohid, ishq-u muhabbat ahlini kechir,
(Axir),
yor ко 'yida oqibatda Shayx San 'on nima bo 'Idi?
(5-bayt).
Bus, ко 'zyoshi gavhari о 'rniga yuragim qon bo 'Idi,
Oqibatda ко 'zlarimdan qatra-qatra maijon(
dekyosh)
tomdi
(6-bayt).
Ohkim, xursandligim tongiyana g'am shomi bo 'Idi,
Oqibatda и porloq Quyosh yuzini yashirdi
(7-bayt).
Garchi devlar farmoniga bo 'ysungan bo 'Isa ham,
Oqibatda
(oxirida)
Sulaymon chumolilar to 'dasi oyog 'i ostida
qoldi
(8-bayt).
Nodira, bidbid kabi to nolamni yozib idgitrganimga qadar
Oqibatda navbahor о 'tib, guliston xazon bo 'Idi
(maqta').
T a z o d g'azaldagi eng muhim badiiy san'atlardan biri sifati-
da namoyon bo'lgan.
«Vasl uyi»
bilan
«hijron», «obod qildim»
bilan
«buzdi»
va
«vayron»
(matla'),
«oshkor»
bilan
«pinhon»
(2-bayt),
«ahd-и paymonlar»
bilan
«tarki vafo», «vafo qilg'um»
bilan
«yolg'on»
(3-bayt),
«Orzu qildim: «Tutarmen», - deb vi-
sa I i domanin»
bilan
«Рога bo 'Idi hajr ilgida giribon oqibat»
(4-
bayt),
«qon»
bilan
«gavhari ashk»
(ko'z yoshi gavhari, 6-bayt),
«subhi nashotim»
bilan
«shomi g'am»
(7-bayt),
«devlar»
bi-
lan
«xayli mo'r»
(chumolilar to'dasi, 8-bayt),
«navbahor»
bi-
lan
«xazon»
(maqta') o'rtasidagi qarama-qarshi ma'no fikrni
teranlashtirish, bevosita ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan.
G'azalda t a l m e h san'atining yorqin namunalari ham
uchraydi. Fors-tojik shoiri Farididdin Attorning «Mantiq ut-
tayr» hamda uning ta'sirida Alisher Navoiy bitgan «Lison
ut-tayr» dostonlarida tarso (xristian) qizga ishqi tasvirlangan
Shayx San'on (5-bayt), shuningdek, Sulaymon payg'ambar
(a. s., 8-bayt) tilga olinishida o'quvchiga oldindan tanish qahra-
monlar va ular bilan bog'liq voqealarga ishora mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |