Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. Fitrat va unga zamondosh ijodkorlarning millatparvarlik ruhidagi asarlar 
yozishiga sabab bo'lgan tarixiy hodisalar to'g'risida nimalarni bilasiz? 
2. Sho'ro (sovet) tuzumining dastlabki yillarida o'zingiz istiqomat qiladigan 
hududlarda ro'y bergan hodisalar to'g'risida keksalardan so'rab, bilib olishga 
harakat qiling. 
3. O'z oilangiz taqdirida bu tuzum qanday iz qoldirganini bobo va buvilaringiz 
esdaliklari asosida hikoya shakliga keltirib, sinfda o'qib bering. 
4. «Mirrix yulduziga» she'rini yozib e'lon qilish bilan Fitrat qanday maqsadni 
ko'zlagan, deb o'ylaysiz? 
5. «Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar» faqat Fitrat zamoniga xos kimsalar edi, 
desak, to'g'ri bo'ladimi? Yaqin va uzoq tarixdan olingan misollar bilan fikringizni 
isbotlashga harakat qiling. 
6. Shoir kimlarni «Qardosh etin to'ymay yegan qoplonlar»ga o'xshatyapti? 


7. Nega bir o'lka yonsa, kimlarningdir qozoni qaynaydi? Dunyodagi shunday 
«tartib»ni adolatli deb hisoblaysizmi? Sizningcha, chinakam adolatli tartib qanday 
bo'ladi? 
8. Bugungi kunda ham dunyoning qay bir burchidagi o'lkalarga o't qo'yib, o'z 
qozonini qaynatishga urinishlar bo'lyaptimi? Misollar bilan isbotlang-chi! 
9. XX asrning 20—30-yillarida yaratilgan asarlar orasida «Mirrix yulduziga» 
she'riga mazmunan yaqin turadigan yana qanday asarlarni o'qigansiz? 
10. «Mirrix yulduziga» she'rini o'qishli qilib turgan jihatlar nimalardan iborat? 
11. Badiiy asar pafosi deganda nimalar tushunilishi to'g'risida o'qituvchin-
gizdan so'rab, bilib oling. 
O'GUT 
Og'ir yigit, sening go'zal, nurli ko'zingda 
Bu millatning saodatin, baxtin o'qudim. 
O'ylashingda, turishingda hamda o'zungda 
Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko'rdim. 
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal, 
Hurkma - kirish, qo'rqma - yopish, yo'rilma
1
- qo'zg'al! 
Yel yo'lini to'sib turgan eski bulutlarni 
Yondirib qo'y, yirtib tashla, barchasin yo'q et. 
Qilolmasang shu ishlarni, 
Sening uchun xo'rlikdir bu... 
Yiqil, yo'qol, ket! 
Shoirning «O'gut» she'ri bundan oldin tahlil qilingan «Mir-
rix yulduziga» asarining mantiqiy davomidek yangraydi. 
Xo'sh, buni nimalarda ko'ramiz? 
Guvohi bo'ldikki, «Mirrix yulduziga» she'rida Turkiston 
o'lkasi XX asr boshlarida tushib qolgan g'oyat achinarli holat 
o'z ifodasini topgan. Jafokash Vatan vujudiga joylashib olib, 
qonini zulukdayin so'rgan kimsalar kirdikoridan ozorlangan lirik 
qahramon xayolan Mirrix yulduziga murojaat etadi. Bu murojaat 
boshdan-oyoq achchiq savollardan tashkil topgan. Afsuski, «yeri-
mizning eng qadrli tuqg'ani» - go'zal Mirrix ham bu holdan 
lol qotgan - sira gapirmaydi, gapirolmaydi. Tabiatan o't-olovga 
' Y o ' r i l m a — charchama, o'tirma. 


qiyos beriladigan shu yulduz ham yer yuzida bo'layotgan ado-
latsizliklardan bezib uzoqlarga qochgan... 
Shoir «0'gut»da o'zi va millati dardlariga najotni topganday 
bo'ladi. Bu najot - xalqning og'ir-vazmin, mulohazakor, biroq 
ko'zlari yoniq farzandlari - yigitlaridir! 
Bu yigitlaming nurli ko'zlarida shoir millatning ertangi kuni-
ni, baxt-u iqbolini ko'radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi 
uning bag'ridan yetishib chiqajak avlodga, bu avlodning millat 
orzularini qanchalik chuqur anglashiga bog'liqdir. Oradan yil-
lar o'tib, o'zbekning boshqa bir iste'dodli ijodkori «Yigitlarga» 
degan mashhur she'rni yozadi. Bu she'rdan shunday hikmatli 
misra ham o'rin oladi: 
Yigitning omonligi esa faqat uning sog'ligi, to'rt muchasi 
butligi bilan o'lchanmaydi. «Yigitning omonligi» degan tushun-
cha o'z bag'riga nihoyatda ko'p mazmunni, talabni jamlaydi. 
Devday yigitlari bo'laturib, yovga yengilgan - do'stga zor, 
dushmanga xor, nomardga muhtoj bo'lgan xalqlarni ham juda 
ko'p ko'rdi bu olam. 
Yigitning omonligi - uning imoni butligi, millatga fidoyili-
gi, mushfiqlarga shafqati, do'stlarga sadoqati, yorga vafodorligi, 
dushmanga nafratidir! 
Bunday yigitning nigohi ma'nosiz va so'lg'in emas, bal-
ki nurga, yog'duga to'la bo'ladi! Bunday o'g'lonning tili 
ming'irlashga, g'iybat-u may da gapga aylanmaydi. U so'zlaganida 
xalq jon-u dilini berib tinglaydi, uning ortidan ergashadi. 
Jo'mard farzand o'z or-u nomusini o'zgaga toptatib, bu 
holga bahona izlab o'tirishdan o'limni afzal biladi. Chinakam 
xalq farzandi uchun millat va mamlakat taqdiri har narsadan 
muhimroqdir! 
Shoir ayni shunday avlodni ko'rgandek - najotni topgandek 
bo'ladi. Va yuragi orziqib, bu avlodni shiddatga - harakatga 
undaydi: 
Yigit omon bo'lsa, xavf-u xatar yo'q... 
(G'afitr G'ulom) 


Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal, 
Hurkma — kirish, qo'rqma — yopish, yo'rilma — qo'zg'al! 
Zero, shoirning shoshganicha, shoshtirganicha bor edi. Uni 
muvozanatdan chiqargan, qo'liga qalam, ko'ngliga olov ber-
gan hodisalar zarracha vijdoni bo'lgan insonni befarq qoldirishi 
mumkin emas! Bu hodisalarning ayrim manzaralari, aytgani-
mizdek, uning «Mirrix yulduziga» she'rida jonli ifodasini top-
gan. 
«O'gut» she'rining sarlavhasi zamirida «pand», «nasihat», 
«maslahat» ma'nolari emas, balki ko'proq «chaqiruv», «da'vat», 
«uyg'otish» ma'nolari yotibdi, desak, to'g'ri bo'ladi. 
Qolaversa, «og'ir yigit»ga qaratilgan bu murojaatda bir shoir 
iltijosi, da'vatigina emas, bu haroratli ovozda kamida bir mil-
latning asriy istagi, qalb chaqirig'i eshitilmayaptimi?! 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish