Адабиёт назариясига оид энг муҳим атамалар изохи



Download 195 Kb.
bet13/18
Sana10.04.2022
Hajmi195 Kb.
#541649
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5188315880773129319

Литота, ифрот (тафрит)-бехад кичрайтириш. Litota (yunon. "Litotes"--oddiy, kichik)-tafrit (arabcha-
mo'tadildan pastki holat) mubolag'aning teskarisi bo'lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detalni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san'atidir. Narsa, hodisa qanchalik kichraytirib, zaiflashtirib, uchsizlantirib tasvirlansa, unga nisbatan tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug'vor ko'rinadi. Shu sababga ko'ra, ko'pincha, litota mubolag'a bilan birga ishlatiladi. Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik:
Bo'ying sarv-u sanobartek, beling qil,
yafo qilgan kishilarga vafo qil.
Baytda yorning qad-qomatini tasvirlar ekan, bo'ychanligini, bo'yining tikligini-xushqadligini (qarag'ayga) o'xshatib bo'rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda.
O'xshatish-tashbeh (arabcha-o'xshatish) muayyan bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun uni boshqa tanish bo'lgan predmet, hodisalarga solishtirishdir. O'xshatishlar "dek", "day", "larcha", "o'xshash", "xuddi", "simon", "deganda", "taxlit", "yanglig'", "misli", "go'yo" kabi qo'shimchalar, leksik vositalar, ko'makchilar yordamida yaraladi.
La'li labing qand-u asal, qildi tamannosi kasal,
Kom olmaganda filmasal, men mubtalo qayga boray.
Muqimiyning ushbu baytida ma'shuqa labi ham la'lga, ham qandga, ham asalga "tashbehi jam'" qilinyapti.
Oy deganda yuzi bor,
Kun deganda ko'zi bor...
Qaldirg'och qoshlaridan,
To'lib qarashlaridan
Hayot sochilar edi,
Gullar ochilar edi.
Bu parchada H. Olimjon Oygulning yuzini oyga, ko'zini kunga, qoshini qaldirg'ochga, qarashlarini gul ochilishiga o'xshatib, uning go'zalligini ta'riflaydi va Oygul qiyofasini jonlantiradi.
O'xshatish mukammal bo'lishi uchun unda to'rt unsur qatnashishi lozim. 1. Birlamchi (o'xshatilmoqchi bo'lgan) predmet (sharob to'la piyola); 2. Ikkilamchi (o'xshatilayotgan) predmet (go'yo bahorgi lola); 3. O'xshatilmoqchi va o'xshatilayotgan predmetlarning o'xshashlik alomati (botayotgan kun kabi; go'yo qizlarning labi-"qizil rang"); 4. O'xshatish qo'shimchasi yoki ko'makchisi (kabi, go'yo):
Qo'limdagi sharob to'la piyola,
Qip-qizildir go'yo bahorgi lola.
Qip-qizildir botayotgan kun kabi,
Qip-qizildir go'yo qizlarning labi. (H. Olimjon)
O'xshatishlarning hamma vaqt mukammal bo'lishligini talab etish noo'rin, chunld bu vosita ham asar g'oyasining talabiga binoan turli-tuman (to'liq, to'liqsiz, vositasiz, sodda, murakkab, tarkibli, ketma-ket darajali va h. k.) bo'ladi. San'atkor hech vaqt an'anaviy o'xshatishlarga (tishni durga, sarvqomatni sarv-u sanobarga, yuzni oyga, ma'shuqani gulga, oshiqni bulbulga va h. k.) ruju qo'ymasligi, bosh fazilat deb yangi, original o'xshatishlar yaratishni bilishi ma'qul.
Тамсил- (arabcha-misol keltirish) she'r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san'atdir...Lutfiyning:
Ey ko'ngil, jonni xayoli olida qil peshkash,
Har nima bo'lsa aziz, eltur kishi mehmon sori
baytida ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa-mezbonning o'zi uchun eng aziz bo'lgan narsani mehmon oldiga qo'yishi birinchi misradagi fikr qiyosi emas, balki dalili, tasdiqiga xizmat qiladi. Baytdagi "Har nima aziz bo'lsa, kishi mehmoniga tutadi, shuning uchun, ey ko'ngul, sen ham joningni, ya'ni eng aziz narsangni
yor xayoliga peshkash qil" mazmuni ham tamsil mohiyatini ko'rsatib turibdi

Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish