Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
qo‘yar, deb kutar edi. Orag‘a boshlab o‘zim sovchi qo‘yishdan o‘ngg‘ay-siz-lanar, 
to‘g‘risi o‘zimga tushunilmagan bir xavf ostida bu jasoratdan mahrum edim. 
Bir kun odatimcha Saodatlar uyiga borg‘an edim. Osh-suvdan keyin kampir Saodatni 
o‘choqboshi yumishiga yuborib, menga qarab kuldi: 
— Saodatka bir yaxshi joydan kuyav chiqib qoldi. Kecha unashsak unashkundek ham 
bo‘lg‘an edik, biroq sizning maslahatingizni olayin, deb sovchilarni qay-tardim, — 
demasinmi, ustimdan bir chelak sovuq suv quyg‘andek entikdim, qanday javob berishka 
tilim kelmay qoldi. Uzoq vaqt kesak kabi harakatsiz qolg‘ach, kuch orqasida tilimni 
bazo‘r shu so‘zga harakatlantirdim: 
— Joyi yaxshi bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish kerak... 
Kuyavning kimning o‘g‘li bo‘lg‘anlig‘ini va qanday kasb qilishini sharh qila boshlag‘an 
edi, sabrim tamom bitdi: 
— Undog‘ bo‘lsa, kecha sovchilarni bekor qaytaribsiz,— dedim. Kampir manim bu 
kinoyamga tushunmag‘an edi: 
— Kuyavning tegi-taxti menga ma’qul bo‘lishka bo‘ldi-ya, faqat endi ish sizning 
kengashingizga qarab qoldi, siz Saodatka ota bo‘lmasangiz ham lekin otaliqdan yuqori 
ishlarni qilib kelasiz. Endilikda Saodatni uzatishda ham otalig‘ingizni ayamangiz, — dedi. 
Bu so‘z bilan yana o‘lganning ustiga chiqib tepilgandek bo‘ldim.Chayon kabi meni 
zaharlamakda bo‘lg‘an kampirning to‘g‘ri so‘zini eshitib turishka ortiq to‘zalmadim-da, 
ertagacha o‘ylab javob berishni aytib kampirning oldidan chiqdim. 
Chiqg‘ach, oyog‘i kuygan tovuqdek to‘rt tomong‘a yugura boshladim. Epaqalik bir gap 
esimga kelmas edi. Nihoyat, aqlimni boshimg‘a yig‘ib, sirrimdan voqif bir oshnamg‘a 
kengash soldim. Ul uzoq o‘ylab turmay, ertasi kunga tomonimdan sovchi bo‘lib 
kampirning oldig‘a bormoqchi bo‘ldi. Lekin butun tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmay
tikanga ag‘nag‘an kabi azoblanar edim va sustligim uchun o‘z-o‘zimni so‘kar edim... 
Usta Alim hikoyasini bu yerga yetkuzgach, sham’-ning so‘xtasini miqroziladi va og‘zini 
poylab turg‘uchi Otabekdan «zerikmadingizmi?» deb so‘rab olib, davom etdi: 
— Sovchini yuborib tinchiy olmadim, ishka qo‘lim bormas va bir joyda to‘xtab 
turolmas, u yerdan turib bu yerga o‘lturar, ming turlik xayol bilan dovdir sifatiga kirgan 
edim. Yuborgan kishim tezda qayta bermagach, bir-ikki bora Saodatlar eshigi yonig‘a 
borib keldim. Nihoyat, miyam shishib Saodatning uyi yaqinida bo‘lg‘an bir yong‘oqning 
soyasida o‘lturg‘an edim, sovchim chiqib qoldi-ku: yuragim orqamg‘a tortib ketdi. Va 
olding‘a tushib yuriy berdim, chunki sovchig‘a uchrashib haqiqatni onglash ham menga 
dushvor mushkul kelgan edi. 
— Shoshma-shoshma, ho, kuyav! — dedi sovchim. Hazilmand bo‘lg‘ani uchun ishning 
chappa ketkaniga ishong‘an, uning bu «kuyav» degan so‘zini kinoyaga yo‘yg‘an edim, 
ketaberdim. Ul orqamdan tez yurib yetdi: 
— Qani, to‘nni yesh! — dedi va to‘nimni o‘ziga torta boshladi. 
— Yuragim yorilishg‘a yetdi, hazillashma! — dedim. 
Haqiqatan so‘zi chin ekan, og‘zidan o‘pdim. Jiq to‘lg‘an ko‘z yoshimdan ham uyalib 
turmadim. Sov-chim yo‘l bo‘ylab kampir bilan bo‘lg‘an hikoyasini so‘zlab ketdi: Saodatka 
bir yildan beri har kun deyarlik sovchilar qatnar, kampir hammasiga ham boshi bog‘liq, 
deb javob berib kelar ekan. Shuning barobarida maning og‘zimni poylar yoki kishi 
qo‘yishimni kutar ekan. Nihoyat, bir tarafini chin va bir tarafini so‘z olish muddaosi bilan 
kechagi so‘zni menga aytgan va shunga qarab ish qilmoqchi bo‘lg‘an. Uzun so‘zning 
qisqasi kampir-ning javobi: bir qizim emas, yuz qizim bo‘lg‘anda ham usta Alimga nazir 
tortdim — bo‘libdir. 
Terimga sig‘mas edim; ikki yillik yurak dardim nihoyat hoziqini topqan edi. Bir necha 
kun uyalib kampirning oldig‘a bormay yurgan edim, o‘g‘li orqaliq yo‘qlatdi. Bordim. Lekin 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish