Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
115
borishimdag‘i sezgularimni sizga bu til bilan tushuntirolmayman. Men borliq yo‘qliq 
eshikdan kirganimda, Saodat kir yoyar edi. Meni ko‘rgach, qizarinib ketdi va yoyilg‘an kir 
ortig‘a yashirinar ekan, shahlo ko‘zlaridagi sezilar-sezilmas tabassumning farqig‘a 
bordim. 
Kampir bilan uyalishibkina to‘y to‘g‘rilarini so‘z-lashdik. Kampir ortiqcha takalluflar 
qilishg‘a yo‘l qo‘ymasa ham, ammo o‘zim Saodatning ko‘ngli o‘ksimasin uchun to‘yni 
katta qilishg‘a tarafdor edim. Kampir bilan to‘y va nikoh kunlarini muqim qilg‘ach, men 
ketishka turdim. Saodat kir yonida menga bir ko‘ringandan so‘ng, qaytib ko‘rinmagan 
edi. A, men bo‘lsam yana uni bir ko‘rmakchi va o‘ziga bir-ikki og‘iz so‘z aytmakchi edim. 
O‘choqboshida qozon yuvar ekan, to‘g‘ri oldig‘a yurib bordim. Ul meni sezmadimi yoki 
sezsa ham bilmaganga solindimi, haytovur orqasi o‘gurug‘liq engashkan holda ishka 
mashg‘ul edi. Bir o‘rim bo‘lib tushkan uzun qo‘ng‘ur sochi uning harakati bilan qo‘ltug‘i 
ostida o‘ynoqlar edi. Anchagina orqasidan tamosho qilib turg‘ach: 
— Saodat, — dedim. Qaradi. O‘choqda yong‘an olov issig‘idanmi yoki uyatidanmi 
uning yuzi qip-qizil olma edi. Qo‘lidagi sochig‘i bilan oldimg‘a yaqin kelib to‘xtadi. — 
Eshitdingmi, — dedim. Yerga qaradi. Uni ortiqcha uyaltirmas uchun eshikka qarab yuriy 
boshladim-da: — Maylimi? — deb so‘radim. Javob o‘rniga: 
— Osh yemay ketasizmi? — dedi. Bu uning ikkinchi turlik qilib aytilgan «mayli» javobi 
edi. Bir bugina emas, qirq yillik qadrdon xotin tomonidan eriga qilinaturg‘an 
mehribonchiliqning eng lazzatlisi edi. Chiqar ekanman, «Osh yemay ketasizmi?» 
so‘zining kayfiga tamom mas bo‘lg‘an edim. 
Usta Alim shu so‘ngg‘i so‘zlarini aytib bitirar ekan, Otabekning qoshlari chimirilib
go‘yo o‘zining ham shu yo‘sun xotiralarining abadiy qaytib kelmaslik — yo‘qliqg‘a 
chiqqanlig‘ini yana bir karra onglar edi. Usta Alim davom etdi: 
— O‘n kun orasida hozirlikni bitirib to‘y qildiq. Nihoyat, Saodat meniki bo‘lib, saodatlik 
kunlarim boshlandi. Saodatka bo‘lg‘an muhabbatim bir daraja sizga ma’lum 
bo‘lg‘anliqdan u kunlardagi mas’udiyatimni ham shu o‘lchavg‘a solib bila olasiz. 
Rafiqam Saodat chin sa’ida edi. Bu yil o‘zimga kutmagan darajada bir kuch va 
istiqomat ortdirib, to‘y bilan tugalgan boylig‘imni qaytarg‘an edim. Turishka Saodatlar 
uyi ortiq torliq qila boshlag‘anliqdan shu havlini (Jannat opa havlisig‘a ishora qilib) 
hozirg‘i qo‘shnimizdan sotib olishg‘a muvaffaq ham bo‘ldim. Qayin onam, qaynim va eru 
xotin shu havlig‘a ko‘chib kelib tura boshladiq. Kundan-kunga Saodatka bo‘lg‘an 
muhabbatim oshqandek kasbim ham unumlik bo‘la boshlag‘an, uylanishim-ning ikkinchi 
yili haligi qo‘shnimizdan o‘zingiz ko‘rgan boqchani ham sotib olg‘an edim. 
Uylanishimning uchunchi yili Saodat yuklik bo‘ldi. Eru xotin birimiz ota va birimiz ona 
bo‘lmog‘imizni o‘ylab quvonar edik. Kechalari yotib uyqumiz kelmas edi. Nihoyat, 
Saodatning oy-kuni yaqinlashdi... — Usta Alim uzoq tin olishdan so‘ng davom etdi: — ... 
yaqinlashdi... lekin abadiy baxtsizlik kunlarim, manhus soatlarim ham yaqinlashdi... — 
dedi va so‘zdan to‘xtadi. 
— Davom qilingiz, — dedi Otabek, usta Alim bir uflab olg‘ach: 
— Saodat boladan qiynalib uch kungacha azoblandida, to‘rtinchi kuni o‘ldi, — dedi. 
Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, ko‘zlarini zo‘raytirib ochdi va o‘zini yostiqdan 
olib o‘lturg‘ach, so‘radi: 
— O‘ldi?! 
Usta Alim ko‘z yoshisini artib: 
— O‘ldi, — dedi va davom etdi: — dunyog‘a kelib ko‘rgan birdan-bir quvonchimdan 
ayrilg‘an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq 
ichida qarshilag‘an edim. Oylar bo‘yincha ko‘z yoshimni yomg‘ur kabi to‘kdim. Chunki 
menga bundan boshqa bir ovinchoq qolmag‘an edi. Ko‘z yoshlarimning tiyilmag‘anini 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish