Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
113
— Odamgarchilig‘ingizdan o‘rgulay, — dedi kampir va og‘zig‘a kelgan so‘zlar bilan duo 
minnatdorchilik qila boshladi. Boyag‘i so‘zdan keyin uyalg‘anicha bizdan uzoq-roqda 
o‘lturgan Saodat sekingina bizning yong‘a keldi va qog‘ozg‘a o‘ralg‘an kiyimlikni ochib 
atlasni oldi. «Bu mengami?» deb mendan so‘radi va javobimni kutib ham turmay yo‘llik 
bo‘zni oldi. «Bu Sayfiga», dedi. Uning orasidag‘i odimi bo‘zni ko‘rub: «Bu oyimga», dedi. 
Saodat bu narsalarni juda oddiy qilib ko‘rdi va soddacha haligi so‘zlarni aytib qo‘ydi. 
Go‘yo bu narsalarni ilgaridan kutkan edi. Atlasni yaxshilab ko‘rib chiqg‘ach, 
yoqtirg‘andek bo‘ldi, bir menga va bir atlaska qarab turib nimadir aytmakchi bo‘lsa ham 
aytalmadi. Men nima demakchi bo‘lg‘anlig‘ini sezgan edim. Bu orada biz kampir bilan 
hasratlashib turg‘an edik, ul kelib so‘zni bo‘ldi: 
— Ustaka, — dedi, men qaradim. — Ro‘zamisiz? 
— Ro‘zaman. 
— Ro‘za bo‘lmasangiz choy qaynatar edim, — dedi. Onasi kuldi. 
— Choyni hayitda kelganimda qaynatib berarsan, — dedim. 
— Hayitda kelsangiz osh ham qilib berar edim, — dedi va onasig‘a qaradi. 
— Akangga har narsa qilsang ham arziydir, qizim,— dedi kampir va na uchundir 
ko‘ziga yosh oldi, men ham arang ko‘z yoshimni to‘xtatib qoldim. 
— Bo‘lmasa bu kun iftor qilaqoling. — Saodatning bu so‘ziga onasi ham qo‘shilishdi. 
Men uzr aytdim. Lekin haqiqatda esa, Saodat bilan birga o‘lturib iftor qi-lishni ko‘ngil 
istay boshlag‘an edi. Uzoq so‘zlashib o‘lturdim, bu uydan chiqib ketkim kelmas, bir soat 
orasida tamoman ochilib-sochilib ketkan Saodatning bolalarcha qilig‘ini ko‘rib to‘ymas 
edim. Saodat goh men bilan, goh atlas bilan mashg‘ul, boyag‘i uyalib turishini bir yoqqa 
yig‘ishdirib qo‘yg‘an, onasi bilan meni kuldirib, ancha-gina ko‘tarilib qolg‘an latif ko‘kragi 
ustiga «senginadan aylaniy!» deb atlasni bosib quchoqlar edi. Men bo‘lsa go‘yo atlas 
emas, quchoqlang‘uchi o‘zim bo‘lg‘andek kayflanar edim. 
Men kampir bilan xayrlashib chiqa boshlag‘an edim, Saodat «Panjshanba kun 
boraymi», deb so‘radi. Men kampirning oldig‘a qaytib bordim-da, aytdim:— 
Saodatingizning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an ko‘rinadir, mundan so‘ng maktabdan bo‘shag‘an 
vaqtida Sayfini yuborsangiz qalay bo‘lar ekan va qo‘lim bo‘shag‘an kezlarda o‘zim ham 
kelib turarman, — dedim. Go‘yo kampir ham mendan shu so‘zni kutib turg‘an ekan, 
hamiyatimga va aqlimga tahsin o‘qudi va qizig‘a qaradi. «Ana, eshitdingmi ustakangning 
so‘zini, endi vaqt-bevaqt ko‘chaga ham chiqaberma!» dedi. Men chiqaturib Saodatka 
qarag‘an edim, mendan o‘pkalagansumon ko‘rindi. Ammo maning bu so‘zim bekorga 
emas, balki xalfa shogirdlardan ba’zilarining unga yomon ko‘z bilan qarag‘anlarini 
payqag‘anim uchun edi. 
Shu yo‘sunda Saodatning onasi ham mendan qochmay qo‘yib, aloqamiz tag‘in ham 
qattig‘lashdi. Kutmagan bu muvaffaqiyatim bir necha kungacha ko‘zimdagi uyquni ham 
qochirib qo‘ydi. Uch-to‘rt kun go‘yo bu kun-erta Saodatka uylanaturg‘an kabi hovliqib 
ham yurdim. 
Uncha-muncha narsani ayamag‘anim uchun bo‘lsa kerak, tez zamonda go‘yo 
Saodatlar oilasining boshlig‘i holini olib qoldim. Jum’a kunlari masallig‘ni ko‘tarib 
Saodatlarnikiga borar, Saodatning qo‘lidan osh qildirib yeb qaytar edim. Saodat kundan-
kunga o‘sib borar, shu nusbatda husniga husn qo‘shilar va men battar uning maftuni 
kesilar edim. Shu holda oradan ikki yil chamasi fursat o‘tib ketib, Saodat ham o‘n olti 
yoshlarg‘a yetib qoldi. Endi maning oshiqona termulishlarim ma’nosini ongliy boshlag‘an, 
negadir «aka» deb qilaturg‘an xitob-larnida tark etkan edi. Ikki yildan beri kampirning 
oldig‘a sovchi kirguzishni o‘ylab kelgan bo‘lsam-da, ammo nima uchundir Saodatdek 
qizg‘a uylanish baxtiga erishmakni o‘zimga tasavvur qilolmas edim. Bu to‘g‘rida bo‘lgan 
hamma umidim Saodatning onasidan edi, balki o‘zi so‘z ochar va yokim orag‘a kishi 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish