Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
116
ko‘rgan qayin onam Saodatning vafotining ikkinchi yili meni zo‘rlab uylantirdi. Lekin bu 
ikkinchi xotin menga Saodat bo‘lolmadi. Haqiqatan saodatim ko‘milgan edi. Keyingi 
yillarda futurdan keta boshlag‘an qayin onam qizidan yigirma oy so‘ng, o‘n bir yoshliq 
o‘g‘lini menga tashlab dunyodan o‘tdi. Qayin onamning vafotidan so‘ng, biylik o‘z qo‘lig‘a 
qolg‘an keyingi xotinim fahsh suratda ro‘zg‘orimni to‘zita bosh-ladi. O‘g‘riliqcha va 
to‘g‘riliqcha qimorboz akasiga in’om qilishg‘a kirishdi. Kundan-kunga ishim keyin ketib, 
ishlaganim ro‘zg‘orga uchurvoq ham bo‘lmay boshladi. Yomon xotinning shum qadami 
bilan uyimdan baraka ko‘tarilganligini va barcha barakalarimni rafiqam Saodat bilan 
birga ko‘milganligini onglab, keyingi xoti-nimni taloq qildim. Endi uchunchi yildirki, 
xotinsiz yashayman va uylanishni ham o‘ylab ko‘rmayman. Chunki marhuma Saodat 
bilan kechirgan kunlarimning totli xotiralari menga abadiy lazzat bag‘ishlag‘anlaridek, 
ham achchig‘-achchig‘ yig‘latadirlar. Uylanishimga kengash berguchi o‘rtoqlarimg‘a: — 
Men endi dunyodan o‘tkan kishi, bu kun bo‘lmasa ertaga yor qabri ustida yong‘an 
sham’da o‘zini halok qilg‘uchi bir parvona, — deyman. 
Endigi o‘ylag‘anim faqat qaynimni uylantirish, so‘ngra... so‘ngra yuzni yoruq qilib 
Saodat quchog‘iga kirish... — dedi va darmonsizlang‘an kabi yostiqqa yonboshladi. 
Ustaning bu so‘ngg‘i so‘zi Otabekni ortiq asarlantirgan, ko‘z chuquri bir-ikki qayta yosh 
suvi bilan to‘lib chiqg‘an edi. 
Ikkisi ham uzoq jim qoldilar. Otabek o‘z qayg‘usini butunlay deyarlik unutib qo‘yg‘an, 
qarshisidag‘i yerga singibkina yotqan mujassam ishqdan ko‘z uzolmay boshladi. 
Ustaning moziysida emas, holida ulug‘ bir ma’no ko‘rar edi. Ammo uning istiqbolida bir 
bo‘shliqdan o‘zga hech gap uchrata olmasa-da, yana ulug‘ bir ma’no ko‘rgandek bo‘lar 
edi. O‘z istiqbolini ham shu ustaniki qabilidan ko‘rmakchi bo‘lsa-da, buning uchun bir 
narsa kamdek, yetishmag‘andek kelar, ikkinchi usta Alim bo‘lish uchun bir «o‘ldi» 
so‘zigina oradan topolmas edi. Keyinroq bu «o‘ldi» so‘zini qo‘shqan bilan ham usta Alim 
bo‘lish qiyinlig‘ini onglay boshladi, chunki Otabek Kumush tomonidan so‘kilgan va 
tashlang‘an edi. Holbuki, Saodat so‘kmagan va tashlamag‘an, balki eri-ning bir gunohi 
sababidan yosh umrini xazon qilg‘an va usta Alim qayin otasi tomonidan hayvoncha 
quvlanmag‘an... va qayin ota tomonidan kuyav yo‘lig‘a tuzoq qo‘yilib, Saodatni chiqarib 
olish fikriga tushilmagan, ya’ni orag‘a shaytanat oralamag‘an... Bu so‘ngg‘i fikrni ul 
o‘ylamag‘an joydan ilhom qabilidan to‘qib olg‘an edi, ya’ni o‘zining Toshkanddan 
uylanishiga qutidor tomonidan rizoliq berilishini, hatto uning to‘yni o‘z qo‘li bilan o‘tkazib 
kelishini ilgaridan hozirlanib kelingan tuzoq, deb tushungan edi. Muhokamasi shu 
yergacha kelib yetkach, usta Alim darajasiga yetish uchun o‘zida hech bir munosabat 
ko‘rmadi... Usta Alim yozib bergan o‘ringa kirib yotar ekan, o‘z-o‘ziga aytar edi: 
«Quvlanishg‘a, tahqir etilishka loyiq ko‘rilgan Otabek usta Alim bo‘lishg‘a ham sazovor 
emas!» Ul uyqug‘a ketar ekan, yuragi bolalarini uchurib ketkan karrukning uyasidek 
bo‘m-bo‘sh edi. 
* * *
Otabek ertagi namozga turg‘anda ko‘zi Shamshodbekning bazmidan azonda qaytib 
kelib, dong qotib uxlab yotqan Sayfiga tushdi. O‘n besh yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu 
yigit o‘zining o‘tkur husni bilan Saodatdan xabar berar edi. 
Bir-ikki piyola choy ichkan bo‘ldi-da, usta Alim bilan xayrlashdi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish