Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Yozuvchi hikoyalarida milliylikning aks etishi



Download 115,5 Kb.
bet8/10
Sana25.02.2021
Hajmi115,5 Kb.
#60043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NILUFAR ORIPOVA. adabiyot kurs ishi

3.Yozuvchi hikoyalarida milliylikning aks etishi.

Adibning so’nggi yillarda yaratilgan ajoyib hikoyalaridan biri “Navro’z, navro’z” hikoyasidir. Ma’lumki, sho’rolar davrida xalqimizni o’zligidan ayirishga , milliyligidan , mentalitetidan va hattoki dinidan kechishga qaratilgan tashfiqotlar, siyosiy kompaniyalar bo’lib o’tgan. Bu davrda xalqimizning ming yillik an’anasi bo’lgan, Sharqdagi yangi yil boshlanishi hisoblangan Navro’z bayram va sayllarini o’tkazishga yo’l qo’yilmadi. Mustaqillikdan so’ng bu bayram xalqimizning eng ulug’ shodiyonasi sifatida qayta tiklandi.

Yozuvchining bu hikoyani yozishdan maqsadi ushbu bayramni ulug’lash, madh etish yoki ko’klarga ko’tarish emas, balki, tabiat va insonning uyg’unligini, uning bir butun ekanligini ko’rsatishdir. Hikoya qahramonlari Sulton, Obid Obidjonovich, Joniqul Jondorov singari taniqli olimlardir. Navro’z o’z nomi bilan navro’z , ya’ni yangilanish, yasharish demak. Bu bayram arafasida barcha gina kuduratlar unutilib, yaqinlarning holidan xabar olish an’anaga aylangan. Hikoya qahramonlari ham anchadan beri arazlashib yurgan ikki olimni yarashtirmoqchi bo’lishadi. Sulton zamonni, qiyinchiliklarni , o’zgarishlarni, inson ruhiyatidagi holatlarni yaxshi tushunadi, ularga to’g’ri baho bera oladi. Joniqul Jondorovni esa , na tabiat va na jamiyatda kechayotgan bayram ruhi o’zgartira oladi va na do’st birodarlarining unga munosabati. U avval qandaay bo’sa hozir ham shunday: o’ziga ortiqcha bino qo’ygan, kekkaygan , do’stining uzrini qabul qila olaydigan darajada mag’rur. Navro’zga o’xshatilgan mustaqillik ham uning ongini o’zgartira olmaydi. Uning dunyoqarashi bunday: o’ziga to’q , boy- badavlat odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir, nochorlar qo’lidangina keladi. Uning ongi sho’rolar tuzumidagi g’oyalar, mag’zi puch siyosat bilan o’ralashib qolgan. Chunki, sho’rolar kambag’allarni boy qilishni ko’zlashgan edi, aksincha ular boylarni ham qashshoq qilib, millatni xor ahvolga kelishiga sabab bo’lishdi, ijtimoiy tengsizlik, tabaqalanishsiz hayot haqidagi g’oyalar o’zini oqlamadi. Joniqul Jondorov esa o’sha tuzum haqidagi fikrlari bilan yashaydi. Joniqul o’zining qarashlarida qoladi. Bu obraz

A.P.Chexovning “G’ilof bandasi” hikoyasi qahramonini eslatadi. Harqalay , Shukur Xolmirzayev Chexov asarlarini sevib o’qigan, undan ta’sirlanib , ushbu hikoyani yozgan bo’lsa ajab emas.

Adib asarlarida milliylikning aks etishini ko’plab hikoyalari misolida ko’rishimiz mumkin. Muhimi , adib bu qahramonlar orqali o’zbekona xarakterni ko’rsatib bera olgan.

“ Chinakam o’zbekona fe’l atvorni yutug’i ham , nuqsoni ham o’zimizga tegishli bo’lgan hayot tarzimizni asarlarida mahorat bilan tasvirlagan adib Shukur Xolmirzayev umr bo’yi ijod dardi bilan yashadi” - deydi Otabek Safarov “O’zbek tili va adabiyoti” gazetasidagi maqolasida.

Shukur Xolmirzayevning “To’p o’yin”, “Quloq cho’zma”, “Mangu yo’ldosh”, “Ozodlik” kabi hikoyalarida ham milliylikning aksi yaqqol namoyon bo’ladi. Bu hikoyalarga nazar solar ekanmiz , unda bir o’ziga xoslikni uchratamiz : adib ba’zi o’rinlarda izoh berib o’tadi.

Bu haqida Nazar Eshonqul shunday eslaydi:

Shukur Xolmirzayev o’ziga talabchan yozuvchi edi, yozganlaridan hech qachon birdan qoniqqan emas. Uning XX asr hikoyachiligining sara namunalari bo’lgan hikoyalaridan ham o’zi qoniqmaganligi sezilib turardi. Bir marta Shukur akaga : “Nega eng zo’r hikoyalaringizda birdan davriy chekinish qilib, publisistik izzohga berilasiz, bular menga ortiqchadek tuyuladi, agar shularni olib tashlasangiz juda zo’r hikoyalar” - dedim. Men “To’p o’yin”, “Ozodlik” kabi bir qancha hikoyalaridagi adibning voqeaga ataylab aralashgan va izoh bergan joylarini aytgan edim. “Aylanayin, shu hikoyalar o’sha gaplar bilan tug’ilgan-da, ularni qanday olib tashlay, ularsiz hikoya to’kis bo’lmaydi” - dedi.1

1_______Nazar Eshonqul " Ham hayotda , ham adabiyotda shaxs edi" Yoshlik, 2012- yil, 9 - son


Download 115,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish