Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishimizning obyekti bevosita adibning asarlari hisoblanadi. Chunki , kurs ishidan maqsad - yozuvchi ijodini organish. Kurs ishining predmeti sifatida Shukur Xolmirzayevning 4 jildlik saylanmasidan foydalanildi. Bundan tashqari, adibning maqolalari, esselari va ijodkor haqida yozilgan maqola va esdaliklardan ham foydalanildi. Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi togrisida darsliklarga kiritilgan hamda internet saytidagi malumotlar ham organildi.
1.Shukur Xolmirzayev - mohir hikoyanavis
XX asrning 60- yillarida ozbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qoshgan va adabiyotimizni ozining ajoyib hikoyalari bilan boyitgan adib Shukur Xolmirzayev 1940 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. Uning ijodi maktabda oqib yurgan kezlariyoq boshlandi. Talabalik davrida asarlari tanila boshladi, atoqli yozuvchilarning etiborini tortdi. Universitetni bitirgach, nashriyot va gazetalarda oz mehnat faoliyatini boshladi. Shundan song butun umrini ijodga bagishladi. Shukur Xolmirzayev talabalik yillarida taniqli adabiyotshunos Matyoqub Qoshjonov rahbarlik qiladigan adabiyot togaragida muntazam qatnashadi. Bu togarak adibning keyingi faoliyatiga sezilarli tasirini otkazadi. Shu adabiy muhit tasirida U -ustoz, men- shogird nomli qissa yozadi.
Adibning yildan- yilga mahorati oshib, oz uslubi shakllana boshladi. Uning Hayot abadiy , Bodom qishda gulladi singari toplamlariga kirgan asarlar , songgi yillardagi “Kok dengiz , Xumor , Qadimda bolgan ekan” kabi hikoyalari ozbek adabiyotiga yana bir zabardast hikoyanavis kirib kelganidan darak edi.
Adibning birinchi qissasi Oq otli(1962), birinchi hikoyasi esa Xatarli soqmoqlar deb nomlangan.
Shukur Xolmirzayev barakali ijod qilgan adibdir. U ketma ket Toglar orasida (1962), Tolqinlar (1964), On sakkizga kirmagan kim bor (1964) kabi qissalarini yaratadi va Tolqinlar qissasi uchun Abdulla Qahhor etirofiga sazovor boladi. Adib turli yillarda Songgi bekat(1976), Qil koprik(1987), Yolovchi (1987), Olaboji (1991), Dinozavr (1996) kabi romanlar yaratdi. Shukur Xolmirzayev adabiyotning barcha janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod qilganiga qaramasdan, asosan, hikoyanavis sifatida tanildi. Uning “Yashil NIVA , Hayot abadiy, Ozbeklar, Notanish odam , Ustoz, Kok dengiz, Tabassum, Bodom qishda gulladi, Qadimda bolgan ekan kabi hikoyalari ayniqsa, mashhur.
Shukur Xolmirzayev ozining Hikoya haqida nomli maqolasida shunday deydi: Klassiklar deganda, men tortta ulug hikoyanavisni eslatish bilan kifoyalanaman: rus adabiyotida Chexov, ingliz adabiyotida Jek London, hind adabiyotida Tagor va ozimizning adabiyotda Abdulla Qahhor 1
Ijodkor asar yozishi uchun avvalo, juda kop organishi, izlanishda bolishi, tinimsiz mutoalaa bilan band bolmogi va oqiganlarini chuqur tahlil eta olishi kerak, shundagina haqiqiy ijodkor bolib yetishadi. Shukur Xolmirzayevning ham ijod olamiga kirib kelishida, mahoratli hikoyanavis bolib shakllanishida ustozlarining hamda jahon tan olgan mahoratli
yozuvchilarning orni beqiyosdir. Yuqorida takidlanganidek, adib tort buyuk
1.-------- Shukur Xolmirzayev " Hikoya haqida" Sharq yulduzi .1971- yil, 1 - son
ijodkorning asarlarini qunt bilan organgan va ozining yozuvchilik mahorati hamda uslubini shakllantirgan.
Men Chexov domlada hikoyada xarakter nima, felu atvorli tirik odam qanday aks etishini korib, hayratda qoldim, togri, yigirma yoshimgacha domlaning hikoyalarini oqib , tushuna olmagandim, keyin shunchalik rohat oldimki, hali hali eslasam maza qilaman, Tolstoy domla aytmish bu kabi oz zamonasidan ozib ketgan, impressionist yozuvchi oldida tazim qilgim keladi 1 - deydi adib yuqoridagi fikrlarini davom ettirib.
Ozbek adabiyotida hikoyachilik maktabini yaratgan buyuk yozuvchilar Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va Gafur Gulom singari ijodkorlarning qalamini yerga tekkizmay ijod qilgan Shukur Xolmirzayev XX asrning songgi choragida adabiyotimiz fondini ozining olmas hikoyalari bilan boyitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |