Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoyachilik qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda hikoyachilik folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika),A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella deb ham ataladi.
Oʻzbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi hikoya ning yaxshi namunalari bor. Bobomiz Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek hikoyachiligining rivojlanishiga asos boʻlgan.
Oʻzbek adabiyotida realistik hikoya janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor hikoya ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
"Hikoya” atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr maʼnosida tushunilmaydi. Masalan, Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi oʻzbek hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqu-lov, Sh. Boʻtayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.
Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar per-sonaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan — bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Masalan, A.Qahhorning "Oʻgʻri" hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida "Bu shart kuzda maʼlum boʻladi", deb xabar beradi, xolos. Gʻ.Gʻulom esa "Mening oʻgʻrigina bolam" hikoyasidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa maʼlumot bermaydi.
Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan bir-gina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.
Hikoyamazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy hikoyalar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham boʻladi. Oʻzbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar hikoyalar" ham uchraydi.
“O`zbek tilining izohli lug`ati” da hikoya so`zi quyidagicha izohlangan: “Hikoya – (a.- gapirib, so`zlab berish; qissa; tarix). Kimsa, narsa va u bilan bog`liq voqyea-hodisalarning og`zaki tafsiliy bayoni. Mulla Fazliddin yosh Boburga Navoiy haqida juda ko`p ajoyib hikoyalar aytib bergan edi. P.Qodirov, Yulduzli tunlar. G`oyib endi. “studentlikning oltin davri” haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. J.Abdullaxonov, Oriyat. Cholboshlar umrining hikoyasini, bir-bir so`ylab chiqar bor-barchasini. H.Olimjon.
Hikoya qilmoq - Bayon qilmoq, so`zlab bermoq.
2. Epik turga mansub kichik hajmli janr; shu janrda yozilgan asar (syujet va kompozisiyaning nisbatan soddaligi, bayonning bir shaxs tomonidan olib borilishi bilan roman va povestdan farqlanadi; asosan, nasriy ifodaga ega bo`ladi ). Hikoya yozmoq. A.Qahhorning hikoyalari. Hikoyalar to`plami”61.
Hikoya - badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim an’analarga ega. O`tmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo`lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishida italyan yozuvchisi Bokachcho ”Dekameron” asari bilan katta hissa qo`shgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (fransuz), O`. Genri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho`lpon (o`zbek) hikoyachilik janrining asoschisi hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella ham deb atalgan.
O`zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar Kultegin va Tunyuquq bitikdoshlarida bayon qilingan voqyealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. N.Rabg`uziyning ”Qissasi Rabg`uziy” asarida ham axloqiy xarakterdagi hikoyaning yaxshi namunalari bor. A.Navoiy ”Hayrat ul- abror” dostonining 5-maqolotidagi ”Hotomi Toy hikoyati”, 20-maqolotidagi ”Ul guli hikoyati”, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi yetti musofir hikoyalari ham bu janrning ilk namunalaridir. XIV-asrda yaratilgan Poshsho-xo`janing ”Gulzor” va ”Miftoh ul-adl” asarlari o`zbek hikoyachiligining rivojlanishiga asos bo`lgan.
O`zbek adabiyotida realistik hikoya janri XX-asrning boshlarida shakllandi. 30-yillarda A.Qahhor hikoya ustasi sifatida tanildi. 50-60-yillarda S.Ahmad, 60-70-yillarda O`.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar.
Hikoya atamasi kengroq ma’noda biror voqyeani gapirib berishni ham anglatadi. So`zlab berilgan bunday voqyelik o`z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo`lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma’nosida tushunilmaydi. Masalan, O`.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi” romani 9 nafar personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan, Sh.Xolmirzayev ”Olabo`ji” asarini ”romandan katta hikoya” deb ataydi. Hozirgi o`zbek hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A’zamov, N.Eshonqulov, Sh.Bo`tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.
Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqyeani lo`nda ifodalashga mo`ljallangan. Unda shu voqyeaga qadar personaj hayotida nima bo`lgan, qanday ro`y bergan, kim bilan bular to`g`risida ma’lumot berish shart emas. Juda zarur bo`lsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas., A.Qahhorning ”O`g`ri” hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim demaydi. Egamberdi paxtafurushdan kichkina shart evaziga ikkita ho`kiz olgan Qobil boboning ertasi to`g`risida ”Bu shart kuzda ma’lum bo`ladi” deb xabar beradi, xolos. G`.G`ulom esa ”Mening o`g`rigina bolam” hikoyasidagi o`g`rining kechagi kunini lo`nda detallar orqali to`ldiradi. Uydan biror narsa olmay chiqib ketib yigitning ertangi kuni haqida hyech qanaqa ma’lumot bermaydi.
Ixcham hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hoyotidan birgina lavha, uzoq davr voqyealar personajlarning butun umr yo`li, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat bo`lib qolishi mumkin. Biroq har qanday ko`rinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.
Hikoya mazmuniga ko`ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy fantastik, satirik, yumoristik yo`nalishda bo`lishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqyeiy hikoyalar (N.Fozilovning ”Ustozlar davrasida”) ham bo`ladi. O`zbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bog`liq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan ”hashar hikoyalar” ham uchraydi62.
Shukur Xolmirzayevning hayot yo`li, ijodiy faoliyati, badiiy asarlari, jumladan, hikoyalari haqida atoqli o`zbek adabiyotshunoslari risola, ko`plab maqolalar yozishgan. Chunonchi, akademiklar Matyoqub Qo`shjonov, Baxtiyor Nazarov, filologiya fanlari doktorlari Laziz Qayumov, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev, No`’mon Rahimjanov, Ibrohim G`afurov, Qozoqboy Yo`ldoshev, Hamidulla Boltabayev va boshqalarni ko`rsatib o`tish mumkin.
Shukur Xolmirzayev asarlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari, go`yo rassomdek hayotni so`z bilan real tasvirlashi, voqealarning hayotiyligi, fikrlarining inson qalbiga juda yaqinligi bilan e’tiboni tortadi. Yozuvchi asar-larining birgina sarlavhasi rang-barangligi, falsafiyligi, ixchamligi, e’tiborni tez torishi bilan diqqatga sazovordir. «So`nggi bekat», «Qil ko`prik», «Yo`lovchi», «Olabo`ji», «Dinazavr» romanlari, «Yur, tog`larga ketamiz», «Tuproq ko`chalar», «Yo`llar, yo`ldoshlar», «Ot yili» qissalari, «Qora kamar», «Ziyofat» kabi dramatik asarlari, Shukur Burhonov, Shuhrat, Odil Yoqubov, Ro`zi Choriyev, Erkin A’zam, O`lmas Umarbekov, Botir Zokirov, Abdulla Oripovlar haqidagi o`nlab esselari, adabiy maqolalari, «Hayot abadiy», «Og`ir tosh ko`chsa», «Ozodlik», «O`zbekxarakteri», «Tanholik» kabi turkum go`zal hikoyalari... Ha, hozirgi kunda Shukur Xolmirzayev haqida «O`zbek adabiyotida Abdulla Qahhordan keyin hikoya janri imkoniyatlarini bir pog`ona ko`tarib qo`ydi» deyilgan iqror yirik adabiyoshunos olimlarimiz tomonidan aytilgan63. Asarlarning nomlari, sarlavhalarni tanlash sohsida adib mahoratini uning hikoyalari misolida ham ko`rish mumkin. Kuzatishlarimiz shuni ko`rsatadiki, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalarida nihoyatda ixcham, yurakka yaqin ma’noli so`zlar sarlavha sifatida tanlagan.
Hozirga paytda badiiy va publisistik matnda til birliklarining xoslanishini o`rganish, har bir uslubga xos xususiyatlarni chuqurroq tadqiq etish, uslublararo aloqani yoritish tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. Til birliklarining sarlavha sifatida qo`llanishi o`ziga xos jihatlarga ega. Ular mavzuga e’tiborni tortishda o`ziga xos reklama vazifasini bajarib, o`quvchini jalb etish bilan birga nihoyatda kuchli ta’sirchan vosita rolini ham bajaradi. Hikoyaning hayotiyligi tarbiyaviy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Shuning uchun hikoya sarlavhasiga alohida talablar qo`yiladi. Masalan, sarlavha hikoya matniga mos tanlangan bo`lish bilan birga, u tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo`lishi kerak. Masalan, Gulchehra Jamilovaning “Moviy barqut siri” nomli kitobida Rayxon, Bibixol , Isirg`a (5-11-bet) kabi hikoyalar sarlavhalari nihoyatda oddiyligi bilan o`quvchiga hikoyalardan kutilayotgan estetik zavqni, tarbiyani bera olmaydi.
Hikoya inson hayotidagi u yoki bu yorqin hodisani, ijtimoiy yoxud psihologik konfliktni xarakter bilan uzviy bog`li holda rivoyaviy usulda tasvirlovchi epik asar. Hikoya yoki novella epik turning kichik janri. Hikoya muayyan vaziyatdagi kishi hayotining bir parchasi. Detal hikoyada hayotni tipiklashtirishning asosiy vositalaridan biri bo`ladi. Hatto butun boshli hikoya bir detal zaminiga qurilishi ham mumkin (Masalan, A.Qahhorning “Anor” hikoyasi). Hikoya inson hayotidagi uncha katta bo`lmagan bir voqyea tasviridir. U hamma xalqlarning adabiyotdagi eng rivoj topgan janrdir. XX asr o`zbek adabiyotida A.Qodiriy, G`.G`ulom, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev va boshqa yozuvchilar hikoyaning eng yaxshi namunalarini yaratdilar. A.Qahhorning “O`g`ri”, “Bemor”, “Tomoshabin” kabi hikoyalari hayotning katta muammolari haqidagi o`ylarning, umumlashmalarning qaymog`idir. Shu o`rinda qayd etish mumkinki, hikoyalariga “tesha tegmagan” sarlavhalar topishda A.Qahhor va G`.G`ulomlarga yetadigani yo`q. Ushbu ijodkorlarning hikoyalari sarlavhalari stilistik jihatdan ko`p funksiyali, binobarin, struktur-grammatik, semantik-stilistik xususiyatlari va matn bilan uyg`unligi tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Masalan, A.Qahhorning “Ayb kimda” sarlavhali hikoyasida sarlavha aynan matnda takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan. Hikoyada bola tarbiyasi bilan bog`liq muammolar mahorat bilan yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |