“TASDIQLAYMAN”
Ro‘zi Choriyev nomidagi
Surxondaryo ixtisoslashtirilgan
san’at maktab-internati
direktori: O.Javliyev
Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “Besh tashabbus” ijrosi yuzasidan o‘quvchilarni madaniyat markazlariga olib borish to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilish
B AYONNOMASI №
10.04.2023yil Termiz shahar
Yig‘ilishraisi: Maktab-internatdirektori: O.Javliyev
Qatnashdilar: MMIBDO‘: Z.Xudoymurotova,maktab-internat hamshirasi,
M.Usmonova, sinfrahbarlar vao‘quvchilar
KUN TARTIBI
( O.Javliyev, Z.Xudoymurotova,targ‘ibotchi, psixolog,vaboshqalar)
Kun tartibidagi masala yuzasidan, maktab-internat direktori O.Javliyev so‘zga chiqib, kunlar ancha ilib, ijod va ilhom fasli boshlanganligi munosabati bilan hamda o‘quvchilarda ranglar va tabiat ham ohangligida ishlashni o‘rgatish, madaniyat markazlari, ochiq tabiat qo‘yniga, turli xil ko‘ngilochar markazlariga guruh rahbarlari va sinf rahbarlar nazorati ostida amaliyotlarga olib chiqish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng MMIBDO‘ Z.Xudoymurotova so‘zga chiqib, “Besh tashabbus” da ko‘rsatilganidek, o‘quvchilardagi ijodkorlik ko‘nikmalarini yanada shakllantirish hamda ular qalbida ona Vatanganisbatanfaxr-iftixortuyg‘ulariniuyg‘otishuchun ham asos bo‘lishini aytib o‘tdi.
Amaliyotlar jadvali:
5a-5b-sinf o‘quvchilari – aprel oyi davomidaTermiz shahridagi “Tarix va madaniyat” muzeyi, San’at saroyi, Xotira maydoni, Sohil bo‘yiga.
6-7-sinflar – Termiz ota ziyoratgohi, Sohil bo‘yi va ochiq tabiat qo‘yniga.
8-9-sinflar – Termiz ota ziyoratgohi, Sohil bo‘yi va ochiq tabiat qo‘yniga.
Xususan, mutaxassislik darsi bor kunlari guruh rahbarlari boshchiligida o‘quv qurollari (Qog‘oz va rangli bo‘yoqlar) bilan amaliyotga chiqishib, etyud ishlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun manzarali joylarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.
Ma’lumotuchun, 5 tashabbusfikri 2019-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan.
Birinchi tashab busyoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Yuqori dagilardan kelib chiqib, yig‘ilish
QAROR QILADI:
“Beshta tashabbus” dasturi ijrosi ta’minlansin va nazorati MMIBDO‘ Z.Xudoymurotova zimmasiga yuklatilsin.
Barcha sinf o‘quvchilari amaliyotga guruh va sinf rahbarlari nazorati ostida olib borilsin va olib kelinsin.
Yig‘ilishdagima’lumotlarhisobotuchunqabulqilinsin.
Yig‘ilish kotibi: Z.Xudoymurotov
Bosh tarbiyachi M.
Tarbiyachi Sh.Normuroduva
Tarbiyachi B.Ziyodullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |