Badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoyachilik qadim anʼanalarga EGA



Download 28,89 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi28,89 Kb.
#265170
1   2
Bog'liq
hikoyachilik

Mahalla Gazeta ertagi sonida “Yangi mahalla” haqida noto`g`ri ma’lumot bergan muhbiriga jazo berganini aytdi va muxbirni aldagan mahalla aktivlarining kotibiga dashnom berdi va shu bilan birga gazetaning xatosini ko`rsatgan Hikmat buva Normatovga tashakkur bildirdi (AQ.TA,122). Ushbu sarlavha bir qarashda e’tiborni o’ziga tortmaydi. Lekin bu maskan kishilarning hayot o’chog’i bo’lganligi sabab o’quvchini bee’tibor qoldirmaydi.

Quyidagi sarlavhalar emosional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlardan tashkil topganligi uchun ham diqqatni tortadi: Dahshat Go`riston to`g`risida dodho nimalar eshitgan bo`lsa, Unsin ham shuni eshitgan, shamol kechasi go`riston dodho xayolida qandoq dahshatli bo`lsa, uning xayolida ham shunday dahshatli, lekin shundoq bo`lsa-da, tiriklar go`ristoni bo`lgan bu dargohning dahshati oldida o`liklar go`ristonining dahshati unga dahshat ko`rinmas edi(AQ.TA, 24). Bemor Bemor kundan-kun battar, oxiri o`sal bo`ldi. “Ko`ngilga armon bo`lmasin ”deb “chilyosin” ham qildirishga to`g`ri keldi(AQ.TA, 43). O`g`ri Odamlar,o`g`ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho`kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin yekanligi to`g`risida bahslasha-bahslasha tarqaldi(AQ.TA, 45). Bashorat Hikoyada sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (AQ.TA, 49). San’atkor San’atkor, izvoshchini hayron qoldirib, o`zidan o`zi g`o`ldirab borardi (AQ.TA, 55). Ixcham sarlavhalarga A.Qahhor ijodidan ko`plab misollar keltirish mumkin: Jonfig`on (AQ.TA, 60), O`jar (AQ.TA, 65), Yillar, Xotinlar(AQ.TA, 78), Karavot (AQ.TA, 95).

G`afur G`ulom hikoyalarida ishlatilgan so`z - sarlavhalar ham e’tiborni tortadi. Misollar: Qizaloq -Aylanay Zulayho, nabira qutlug` bo`lsin. O`g`ilmi, holva?- deganiga, Zulayho xolaning parti-piyoda: - Qoqindiq, qizaloq,-deganini eshitdim (G`afur G`ulom. Mukammal asarlar to`plami. 4-tom. - T.: Fan, 1986, 12)70Hadim Hikoyada hadim so`zi besh marta takrorlangan. Misol: Holvoyitar yegan chollarning ba’zilari un sotgan xudojo`y musulmonni, ba’zilari hadim qilgan Shoyusufni duoyi bad qilib qaytdilar. Shunday qilib Shoyusufning hadimi duoyi badga aylandi (MAT, 26). Ushbu so’z kamqo’llanishi bilan e’tiborni tortadi.

Tanlangan quyidagi ixcham, qisqa, mazmunli, tushunarli so’zlar hikoyabop sarlavhalar hisoblanadi: Bo`ydoq (MAT, 109), Inoqlik (MAT, 33), Jo`rabo`za (MAT, 56), Yigit (MAT, 17), Luqmon (MAT, 85), Obro` (MAT, 140), Soyalar (MAT, 72), Soat (MAT, 36), Sabab (MAT, 61). Safar Hikoyada safar so`zi ko`p bora qo`llangan, shuningdek, sayohat so`zi ham qo`llangan.

Yozuvchi Shukur Xolmirzayev hikoyalari sarlavhalarini nazardan o`tkazaylik71. Ular orasida so`z - sarlavhalar alohida o`rinni egallaydi. Misollar: Ko`ngil. Matn: - Narzi… / Yur, -dedim./ U bosh qimirlatdi./Bugun otganimning hammasi seniki,-dedim./ Nazrulla boshini sekin ko`tardi., Nima keragi bor! Zor emasman! /Gap… Gap ko`ngilda, tushundingmi? - dedi u va kurakni qorga zarb bilan sanchib uyiga kirib ketdi(TA1,14-17-b.). Sarlavha inson qalbiga yaqin so`zdan tanlangan. Uning hikoya mavzusi va mazmuniga nihoyatda mosligini va matnga singib ketganligini ko`rish mumkin.

Yozuvchining ko`ngil so`zini sarlavha sifatida tanlashi ham bejiz emas, uning inson ruhiyatini ifodalashi jihatidan boshqa sinonimlariga nisbatan emosional-ekspressiv ma’nosi kuchli.



Sog`inch. Matn: - Azamjon! Sizni…sog`indim! Eshityapsizmi?/ - Himm…Men ham, - dedi Azim ichida kulimsirab./ Shu his ta’siridami, unga xat yozish kerakligini, uni sog`inishi kerakligini o`yladi (TA1, 47-51-b.).

Ko`kboy. Matn: - Oti nima?/ - O`zimiz qo`yamizda otini. Ana, Ko`kboy bo`la qolsin. Qoraboy, Oqboy deydilar-ku. Bu –ko`k (TA1, 51-56-b.).

Yosuman. Matn: - Ketdik, -dedi. Afruza jilmaydi./ - Gaplashdim, - dedi Qo`ziboy u yoq-bu yoqqa alanglab qarab.-Gaplashdim… Lekin… menimcha, Afruza Xudoyorni kimdir buzubdi. Ha-da. Meni unga yomonlagan birov, seniyam…/ Ha, yomon odamlar, yosumanlar bor hayotda! (TA1, 87-93-b.). Sarlavhadagi so’zga matnda urg’u berilganligi kitobxonni befarq qoldirmaydi.

Quyidagi oddiy, sodda, mazmunli, falsafiy mushohada uchun chorlovchi so’zlar sarlavha sifatida hikoyabopligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi: Bahor. Matn: Derazasi ko`chaga qaragan Bibigul yoz, bahor oqshomlari shu deraza yonida kitob o`qib o`tirardi (TA1, 121-124-b.). Sayr. Matn: Har yili shu ahvol takrorlanadi: Jo`ra bola-chaqasi bilan qishloqqa kelgan vaqtda tog`ning hushhavo joylariga o`rtoqlari bilan sayrga chiqadi (TA1, 188-193-b.). Qariya. Matn: Mirg`ozi Qo`ziboy cholni uyiga eltib qo`ydi. Qo`shnilariga choldan xabar olib turishini tayinlab qaytdi (TA1, 283-292-b.). Odam. Matn: - Odamzot hayoti oxirida… so`nish oldidagi shamga o`xshar emish. Odam o`lim ostonasida birdan kuch yig`adi ekan. Sham ham so`nish oldida birdan alanga olib yonadi-ku? Keyin so`nadi…(TA1, 293-298-b.). Podachi. Matn: Ho`kiz esa, qassob qo`lida pichoqni ko`rib itoatkorlik bilan bo`ynini cho`zgan qo`ydek, boshini tuproqqa qo`yib, olaygan ko`zlarini podachiga tikdi (TA1, 299-304-b.). Quyidagi sarlavhalarning mazmuni matnga singdirilgan: Qaytish (TA1, 304-316-b,). Jo`raboshi (TA1, 176-183-b.), Farzand (TA1, 260-269-b.). Yuqoridagilardan ko`rinadiki, so`zlar sarlavha sifatida hikoya janri talablariga to`la mos bo`la oladi. Bir qarashda ko’plab so’zlar oddiy ifodaga o’xshaydi, lekin ular hikoya matnidagi uyg’unligi bilan mazmunni ochishda, voqyealarni idrok etishda, falsafiy fikrlashda kitobxonga yordam beradi.



Hikoya sarlavhalarining tarbiyaviy ahamiyati kuchli, ular kitobxon-ning his-tuyg`usiga bevosita ta’sir ko`rsatishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, so`z birikmasi va gap – sarlavhalarning imkoniyatlari bu sohada ancha katta. Ayrim hikoya sarlavhalari kitobxon kayfiyatini ko`tarishga xizmat qiladi. Masalan, A.Qahhorning “Kampirlar sim qoqdi”, “Mayiz yemagan xotin” sarlavhali hikoyasi komediya asosiga qurilgan bo`lsa-da, kulgu tagida insonlar bilan sodir bo`ladigan salbiy holatlar ochib berilgan. Sarlavha matnda takrorlangan va hikoya ichida bir ibora vazifasini bajargan. “Kampirlar sim qoqdi” sarlavhali hikoyasi o`sha davr muhitini ochib bergan. Sarlavha kitobxonni o`ylashga va hikoyani o`qishga undaydi. Hikoyani o`qib, gap nima haqdaligini tushunish mumkin. “Adabiyot muallimi” sarlavhali hikoyasida esa tanqidiy ruh birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu hikoyada nim kulgu, kinoya kuchli, ammo tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. “Ko`r ko`zning ochilishi” sarlavhali hikoyasida ushbu sarlavha matnda takrorlanmagan, ammo mazmunan matnga mos. Ushbu hikoyani o`qish barobarida mantiqiy fikrlash orqali sarlavhadan butunlay boshqa ma’no anglaymiz. Ushbu hikoya o`sha davr fuqarolar urushi voqyealari tasvirlangan eng yaxshi hikoyalardan biri edi.
Download 28,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish