4.Shukur Xolmirzayev hikoyalarida inson ruhiyati masalasi
Shukur Xolmirzayevning Hayot abadiy nomli hikoyasi uning boshqa hikoyalari ichida qahramon ruhiyati, uning hayolot olami yaxshi ochib berilganligi bilan ajralib turadi.
Ushbu hikoyaning bosh qahramoni - sovxozning bosh agranomi - Nodir Roziqulov . U majlisda qattiq tanqidga uchraydi, uyga kelganida esa qaynonasi hovli- joy qilish kerakligini aytib , janjal qiladi. Shunday lavozimda ishlasa ham lapashang ekanini , haligacha tuzukroq uy- joy qilmaganini tana qiladi, qizini unga berganidan afsuslanadi. Nodir esa yoqmasa, qizingizni olib ketishingiz mumkin - deydi. Shundan song, uning xotini qizini olib, uyiga ketib qoladi.
Nodir jahl bilan kochaga chiqadi-yu , bor alamini kochadagi itdan oladi, buning uchun qoshnisidan dakki eshitadi. Yana qaytib uyga kirib, qizchasining orniga qaraydi, soginadi. Shu payt behush bolib yiqiladi va behush holida oylay boshlaydi. U mana oldim, endi kim olimimga kuyadi, kim bundan xursand boladi, janozamda kim yiglaydi? - deb oylay boshlaydi. U bir bir hamma narsani eslaydi va hayolidan otkazadi. Uni tanqid qilgan raisni, qoshnisini, qaynonasi va xotinini eslaydi. Uning fikricha, u olganida kuyadigan yagona inson - u yordam bergan kampir.
Nodirjon chin dildan, halol ishlardi, kozboyamachilikni, poraxorlikni harom deb bilardi. Qaynonasi aytgan yol bilan uy- joy solishga vijdoni yol qoymasdi. Mana, oxir oqibat shunday xorlikda, kimsasiz holda olim topdi. Uning xotinini yana turmushga berishadi, ozining orniga boshqa agronom tayyorlashadi, olding- ochding deb uni hech kim eslamay qoyadi.
Ana shunda
ana shundagina u hushiga kelib, boshini kotaradi va xotinini olib kelish uchun ketadi.
Ushbu hikoya 1970- yilda yozilgan. Qahramonimiz Nodirjon bir lahza ozini oldirib , butun hayotiga nazar tashlaydi. U ozi bor bolgan va olganidan keyingi hayotni tasavvur qilib koradi, hech nima ozgarmaydi, usiz ham odamlar avvalgidek yashayveradilar. Muallif bu orinda jahl bilan hech qanday natijaga erishib bolmasligini, inson faqatgina oziga ziyon yetkazishini uqtirmoqda.
Xulosa
XX asr ozbek adabiyotida ozining ochmas izini qoldirgan, oz asarlari bilan ozbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qoshgan adib Shukur Xolmirzayev ijodi hali anchagina tadqiqotlarga muhtojdir. Adib hikoyalaridagi goyalar, ozbek xalqining xarakteri, urf odat va ananalari ,
insoniylik, or nomus, vijdon, mardlik, jasorat kabilarning uluglanishi , qahramonlari orqali ozining korgan kechirganlarini ham ifodalashi kitobxonni oziga jalb etadi. Yozuvchining xoh qissasi , xoh romani, esselari yoki kichik bir hikoyasini oqisangiz, also zerikmaysiz, boshlab qoyib tashlab keta olmaysiz. Bu yerda gap syujetda emas, yoki voqealarning ota qiziqarli ekani yoxud uning janrida ham emas, siz bu asarlarda haqiqiy ozbek kishisini korasiz, tasvirlanayotgan kishini xuddi avvaldan tanigandek bolasiz, kimlargadir qiyoslaysiz. Shukur Xolmirzayevning mahorati ham shundadir balki : u hayotdan olib yozadi, siyqasi chiqqan mavzulardan chekinadi, asarlari orqali kitobxonga nimadir yetkazishga harakat qiladi.
Ozbek hikoyachiligini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi bosqichga olib chiqqan ijodkor oz ijodiy faoliyatida bir birini takrorlamaydigan obrazlar galeriyasidan foydalandi. Shukur Xolmirzayev oziga xos uslub egasi sifatida biryoqlamalikdan, bayonchilikdan qochdi. Oz sozini ayta oldi va buni oquvchiga yetkazib bera oldi.
Butun umri davomida izlanish , organish va ijod bilan band bolgan ijodkorning oz millatiga, Vataniga, xalqiga mehr - muhabbati uning asarlarida namoyon boldi.
Ushbu kurs ishi orqali adib ijodi xususida quyidagi xulosalarga kelindi:
adib hikoyalarida insonga, uning ruhiyatiga xolisona yondashuv va milliy xarakterning aks etishi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi ;
u hikoyalarida shaxsni tasvirlashda ,xususa n, ruhiyat tasvirida milliylikka, mentalitetimizga togri kelmaydigan orinlarga yol qoymaydi;
boshqa yozuvchilardan farqli olaroq, hikoyalarida izohlar keltirib otadiki, bu orinlarda kitobxon yozuvchi aytmoqchi bolgan fikrni tola anglaydi (masalan, Top oyin nomli hikoyasi yoki Quloq chozma hikoyalarida shunday izohlar berilgan);
adib hikoyalaridagi qahramonlarning xatti- harakatlari , gap sozlari va fel atvorini uygunlashtirishni taqozo etuvchi psixologik asoslash ayni paytda ijodkorning mahoratini korsatadi. Uning qahramonlari ishonarli, rost tarzda tasvirlanganki, bu adibning haqiqatga, ozligiga qarshi bormaganligi va oziga talabchan ijodkor ekanining isbotidir;
ozbek milliy xarakterini, uning fel atvorini , uning soddadil, mard , jasur qiyofasini, doimo birgalikda yashab, birgalikda qaror qabul qilishga moslangan tarbiyasi, hamjihatligini Ozbeklar, Ozbek bobo, Ozodlik kabi hikoyalarida haqqoniy tarzda aks ettirgan;
hikoyalari orqali kitobxonni mulohaza yuritishga, fikrlashga va albatta xulosa chiqara olishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |