Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Kurs ishining obyekti va predmeti



Download 115,5 Kb.
bet3/10
Sana25.02.2021
Hajmi115,5 Kb.
#60043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NILUFAR ORIPOVA. adabiyot kurs ishi

Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishimizning obyekti bevosita adibning asarlari hisoblanadi. Chunki , kurs ishidan maqsad - yozuvchi ijodini o’rganish. Kurs ishining predmeti sifatida Shukur Xolmirzayevning 4 jildlik saylanmasidan foydalanildi. Bundan tashqari, adibning maqolalari, esselari va ijodkor haqida yozilgan maqola va esdaliklardan ham foydalanildi. Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi to’g’risida darsliklarga kiritilgan hamda internet saytidagi ma’lumotlar ham o’rganildi.

1.Shukur Xolmirzayev - mohir hikoyanavis

XX asrning 60- yillarida o’zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo’shgan va adabiyotimizni o’zining ajoyib hikoyalari bilan boyitgan adib Shukur Xolmirzayev 1940 – yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. Uning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlariyoq boshlandi. Talabalik davrida asarlari tanila boshladi, atoqli yozuvchilarning e’tiborini tortdi. Universitetni bitirgach, nashriyot va gazetalarda o’z mehnat faoliyatini boshladi. Shundan so’ng butun umrini ijodga bag’ishladi. Shukur Xolmirzayev talabalik yillarida taniqli adabiyotshunos Matyoqub Qo’shjonov rahbarlik qiladigan adabiyot to’garagida muntazam qatnashadi. Bu to’garak adibning keyingi faoliyatiga sezilarli ta’sirini o’tkazadi. Shu adabiy muhit ta’sirida “U -ustoz, men- shogird” nomli qissa yozadi.

Adibning yildan- yilga mahorati oshib, o’z uslubi shakllana boshladi. Uning “ Hayot abadiy” , “Bodom qishda gulladi” singari to’plamlariga kirgan asarlar , so’nggi yillardagi Ko’k dengiz” , “ Xumor” , “Qadimda bo’lgan ekan kabi hikoyalari o’zbek adabiyotiga yana bir zabardast hikoyanavis kirib kelganidan darak edi.

Adibning birinchi qissasi “Oq otli”(1962), birinchi hikoyasi esa “Xatarli so’qmoqlar” deb nomlangan.

Shukur Xolmirzayev barakali ijod qilgan adibdir. U ketma ket “Tog’lar orasida” (1962), “To’lqinlar” (1964), “ O’n sakkizga kirmagan kim bor” (1964) kabi qissalarini yaratadi va “To’lqinlar” qissasi uchun Abdulla Qahhor e’tirofiga sazovor bo’ladi. Adib turli yillarda “ So’nggi bekat”(1976), “Qil ko’prik”(1987), “Yo’lovchi” (1987), “ Olabo’ji” (1991), “Dinozavr” (1996) kabi romanlar yaratdi. Shukur Xolmirzayev adabiyotning barcha janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod qilganiga qaramasdan, asosan, hikoyanavis sifatida tanildi. Uning “Yashil NIVA” , “Hayot abadiy”, “O’zbeklar”, “Notanish odam” , “Ustoz”, “Ko’k dengiz”, “ Tabassum”, “Bodom qishda gulladi”, “Qadimda bo’lgan ekan” kabi hikoyalari ayniqsa, mashhur.

Shukur Xolmirzayev o’zining “Hikoya haqida” nomli maqolasida shunday deydi: “Klassiklar deganda, men to’rtta ulug’ hikoyanavisni eslatish bilan kifoyalanaman: rus adabiyotida Chexov, ingliz adabiyotida Jek London, hind adabiyotida Tagor va o’zimizning adabiyotda Abdulla Qahhor” 1

Ijodkor asar yozishi uchun avvalo, juda ko’p o’rganishi, izlanishda bo’lishi, tinimsiz mutoalaa bilan band bo’lmog’i va o’qiganlarini chuqur tahlil eta olishi kerak, shundagina haqiqiy ijodkor bo’lib yetishadi. Shukur Xolmirzayevning ham ijod olamiga kirib kelishida, mahoratli hikoyanavis bo’lib shakllanishida ustozlarining hamda jahon tan olgan mahoratli

yozuvchilarning o’rni beqiyosdir. Yuqorida ta’kidlanganidek, adib to’rt buyuk

1.-------- Shukur Xolmirzayev " Hikoya haqida" Sharq yulduzi .1971- yil, 1 - son


  1. ijodkorning asarlarini qunt bilan o’rgangan va o’zining yozuvchilik mahorati hamda uslubini shakllantirgan.

“Men Chexov domlada hikoyada xarakter nima, fe’lu atvorli tirik odam qanday aks etishini ko’rib, hayratda qoldim, to’g’ri, yigirma yoshimgacha domlaning hikoyalarini o’qib , tushuna olmagandim, keyin shunchalik rohat oldimki, hali –hali eslasam maza qilaman, Tolstoy domla aytmish bu kabi o’z zamonasidan o’zib ketgan, “impressionist yozuvchi” oldida ta’zim qilgim keladi” 1 - deydi adib yuqoridagi fikrlarini davom ettirib.

O’zbek adabiyotida hikoyachilik maktabini yaratgan buyuk yozuvchilar Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va G’afur G’ulom singari ijodkorlarning qalamini yerga tekkizmay ijod qilgan Shukur Xolmirzayev XX asrning so’nggi choragida adabiyotimiz fondini o’zining o’lmas hikoyalari bilan boyitdi.



Download 115,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish