3.Yozuvchi hikoyalarida milliylikning aks etishi.
Adibning songgi yillarda yaratilgan ajoyib hikoyalaridan biri Navroz, navroz hikoyasidir. Malumki, shorolar davrida xalqimizni ozligidan ayirishga , milliyligidan , mentalitetidan va hattoki dinidan kechishga qaratilgan tashfiqotlar, siyosiy kompaniyalar bolib otgan. Bu davrda xalqimizning ming yillik ananasi bolgan, Sharqdagi yangi yil boshlanishi hisoblangan Navroz bayram va sayllarini otkazishga yol qoyilmadi. Mustaqillikdan song bu bayram xalqimizning eng ulug shodiyonasi sifatida qayta tiklandi.
Yozuvchining bu hikoyani yozishdan maqsadi ushbu bayramni uluglash, madh etish yoki koklarga kotarish emas, balki, tabiat va insonning uygunligini, uning bir butun ekanligini korsatishdir. Hikoya qahramonlari Sulton, Obid Obidjonovich, Joniqul Jondorov singari taniqli olimlardir. Navroz oz nomi bilan navroz , yani yangilanish, yasharish demak. Bu bayram arafasida barcha gina kuduratlar unutilib, yaqinlarning holidan xabar olish ananaga aylangan. Hikoya qahramonlari ham anchadan beri arazlashib yurgan ikki olimni yarashtirmoqchi bolishadi. Sulton zamonni, qiyinchiliklarni , ozgarishlarni, inson ruhiyatidagi holatlarni yaxshi tushunadi, ularga togri baho bera oladi. Joniqul Jondorovni esa , na tabiat va na jamiyatda kechayotgan bayram ruhi ozgartira oladi va na dost birodarlarining unga munosabati. U avval qandaay bosa hozir ham shunday: oziga ortiqcha bino qoygan, kekkaygan , dostining uzrini qabul qila olaydigan darajada magrur. Navrozga oxshatilgan mustaqillik ham uning ongini ozgartira olmaydi. Uning dunyoqarashi bunday: oziga toq , boy- badavlat odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir, nochorlar qolidangina keladi. Uning ongi shorolar tuzumidagi goyalar, magzi puch siyosat bilan oralashib qolgan. Chunki, shorolar kambagallarni boy qilishni kozlashgan edi, aksincha ular boylarni ham qashshoq qilib, millatni xor ahvolga kelishiga sabab bolishdi, ijtimoiy tengsizlik, tabaqalanishsiz hayot haqidagi goyalar ozini oqlamadi. Joniqul Jondorov esa osha tuzum haqidagi fikrlari bilan yashaydi. Joniqul ozining qarashlarida qoladi. Bu obraz
A.P.Chexovning Gilof bandasi hikoyasi qahramonini eslatadi. Harqalay , Shukur Xolmirzayev Chexov asarlarini sevib oqigan, undan tasirlanib , ushbu hikoyani yozgan bolsa ajab emas.
Adib asarlarida milliylikning aks etishini koplab hikoyalari misolida korishimiz mumkin. Muhimi , adib bu qahramonlar orqali ozbekona xarakterni korsatib bera olgan.
Chinakam ozbekona fel atvorni yutugi ham , nuqsoni ham ozimizga tegishli bolgan hayot tarzimizni asarlarida mahorat bilan tasvirlagan adib Shukur Xolmirzayev umr boyi ijod dardi bilan yashadi - deydi Otabek Safarov Ozbek tili va adabiyoti gazetasidagi maqolasida.
Shukur Xolmirzayevning Top oyin, Quloq chozma, Mangu yoldosh, Ozodlik kabi hikoyalarida ham milliylikning aksi yaqqol namoyon boladi. Bu hikoyalarga nazar solar ekanmiz , unda bir oziga xoslikni uchratamiz : adib bazi orinlarda izoh berib otadi.
Bu haqida Nazar Eshonqul shunday eslaydi:
Shukur Xolmirzayev oziga talabchan yozuvchi edi, yozganlaridan hech qachon birdan qoniqqan emas. Uning XX asr hikoyachiligining sara namunalari bolgan hikoyalaridan ham ozi qoniqmaganligi sezilib turardi. Bir marta Shukur akaga : Nega eng zor hikoyalaringizda birdan davriy chekinish qilib, publisistik izzohga berilasiz, bular menga ortiqchadek tuyuladi, agar shularni olib tashlasangiz juda zor hikoyalar - dedim. Men Top oyin, Ozodlik kabi bir qancha hikoyalaridagi adibning voqeaga ataylab aralashgan va izoh bergan joylarini aytgan edim. Aylanayin, shu hikoyalar osha gaplar bilan tugilgan-da, ularni qanday olib tashlay, ularsiz hikoya tokis bolmaydi - dedi.1
1_______Nazar Eshonqul " Ham hayotda , ham adabiyotda shaxs edi" Yoshlik, 2012- yil, 9 - son
Do'stlaringiz bilan baham: |