Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 115,5 Kb.
bet7/10
Sana25.02.2021
Hajmi115,5 Kb.
#60043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NILUFAR ORIPOVA. adabiyot kurs ishi

“ O’zbeklar’’ (O’zbeklar xarakteri) hikoyasida davr muammolarini ko’rishimiz mumkin. Ushbu hikoya 1988- yilda bosilib chiqqan. Asarda paxta terish mashaqqatlari tasvirlangan. Yozuvchi hikoyada qishloq hayotini paxta terimida hasharga borgan talaba nuqtai nazaridan yoritadi. Adibning asosiy maqsadi oddiy cho’pon oilasiga munosabat orqali odamlarni sinovdan o’tkazish, sodda , kamsuqum odamlarga xos mardlik , bag’rikenglik , beg’uborlikni ulug’lashdir. Hikoyaning bosh qahramoni Ergashboy bilan O’rmonboy va Azimjon, Botir cho’pon oilasi bilan Ergashboy , O’rmonjon va Azimjon munosabatlari hikoyaning syujetini tashkil qiladi. Asar voqealari Ergashning tilidan bayon qilingan.

Yozuvchi asar qahramoni tilidan “Siz yozuvchilar , injiq odamsizlar . Yaxshi deganda, albatta sutdek oq, musichadek beozor odamni tushunasizlar. Holbuki , unaqalar hayotda yo’q: undaylar menimcha g’oya… xolos” - deydi. Hikoya qahramonlari quyidagilar: Ergashboy, O’rmonjon, Azimjon, Saparboy, Mirzag’olib, Botir cho’pon, uning oilasi , Abduqodir, Eshimboy va boshqalar.

Shukur Xolmirzayevning 1984 - yilda yozilgan “Tabassum” hikoyasida davrning, tuzumning inson boshiga solgan sinovlarini, og’ir vaziyatlarda kimning qanday inson ekani oshkor bo’lishi , insonni tahqirlash, uning qadr- qimmatini toptash shu bilan birgalikda mardlik, sadoqat, Vatanga, xalqiga muhabbat va chin insoniylik, yigit kishi uchun or-nomus va qasamning ahamiyati kabi masalalar haqida so’z boradi.

Hikoya qahramoni Jalil ota , u yoshligida ko’plab sinovlarni boshidan kechirgan . Asar avvalida yozuvchi inson va daraxtni qiyoslaydi : bog’dagi daraxtlarga nazar solayotgan ota yong’oq daraxtining ham “oltmishni qoralab qo’ygani”, u bilan birga ekilgan tut daraxti alllaqachon kallaklanaverib, kesilib ketganini o’ylaydi va tabassum qiladi. Bu o’rinda qiyoslanayotgan qahramonlar Jalil ota va Mo’min ota ekani asar so’nggida oydinlashadi. Jalil ota o’z davrida sho’ro tuzumi uchun astoyidil xizmat qilgan urush qatnashchisi. Lekin , u yoshligi, umri jang-jadallarda kechgani haqida so’zlab bersa yakka-yu yagona farzandi Shokir bunga ishonmaydi, sababi Jalil otaning birorta unvoni yoki ordeni yo’q. Jalil otaning esa dardi ichida, umuman olganda, unga medallarning keragi yo’q , ular uning uchun zarracha ahamiyatga ega emas.

Jalil otaga topshiriq beriladi: u bosmachilarning boshlig’i Quyun qo’rboshini tiriklayin tutib kelishi kerak. Uning ta’rifini eshitgan Jalil biroz cho’chiydi, shunda komandiri u yerda “sodiq odam” ya’ni, Mo’min borligini aytadi. Jalil ular turgan manzilga janda kiygan bir yetim, otasidan qolgan mol-dunyoni qaytarmoqchi bo’lgan bir notavon kimsa qiyofasida kirib boradi. Lekin , o’ta sezgir bo’lgan qo’rboshi uning harakatlari va o’zini tutishidan maqsadini bilib oladi, u aslida Mo’minni ham shulardan biri ekanligini bilgan edi. Ularning rejasidan xabar topgan Quyun qo’rboshi o’zini ularning qo’liga topshiradi va bozorga olib borib, sud qilishlarini shart qilib qo’yadi. Aslida o’zi taslim bo’lgan qo’rboshini tutib kelganini ro’kach qilib, Mo’min hukumatdan juda ko’p ordenlar oladi, Jalil esa bularni ko’rib - bilib turib indamaydi, chunki u qasam ichgan edi…

Taqdirning taqozosi bilan Mo’min cholning nabirasi Jalil otaning yolg’izgina nabirasiga sovchi qo’yadi, qizning ota -onasi rozi, chunki, Mo’min chol, urush faxriys i sifatida ancha obro’li odam, ularning o’ziga ham foydasi tegishi mumkin.

Bu paytga kelib, Jalil ota bedavo dard – rak kasaliga chalingani oydinlashgan edi, sovchilarni ham imi-jimida kuzatib, otani Termizga davolatishga yuborishmoqchi bo’lishadi. Maqsad esa cholning o’limi to’yni to’xtatib qo’ymasligi edi. Bundan avval o’g’li shu haqida gap ochganida ota qat’iy ravishda u oila bilan quda bo’lmasligini aytadi.

Ota bu to’yga qarshiligini, o’zining esa yaxshi bo’lib qolganini aytadi, doktorlar ham buni tasdiqlashadi. Shundan so’ng , u butunlay ovqatdan qoladi, olib kelingan ovqatni yemasdan chuqurchaga to’kib yuboradi va vaqti soati yetib bu olamni tark etadi… Uning tabassum qotib qolgan edi. Bu tabassum nima edi? Kinoyali tabassummi, yagona farzandi uni norozi qilganiga kulishmi yoki taqdir charxpalagi aylanib , o’zi nafratlangan odamning oilasi bilan quda bo’layotganiga kulishmi? Harqalay , bu tabassum dunyodan, yaqinlaridan rozi rizo bo’lgan odamning tabassumi emasdi.

Jalil ota timsolida dini uchun, xalqi uchun kurashgan va jonini bergan Quyun qo’rboshiga va shu kabi minglab insonlarga yozuvchining xayrixohligi o’z aksini topgan.

Hikoya yozilgan davr , ya’ni 1984 – yilda, hali sho’ro jamiyati hokimiyat tepasida edi, zero bu davrda bunday hikoya yozish jasorat edi. Buning uchun Shukur Xolmirzayevdek rostgo’y adiblar kerak edi!

Adib hikoyalarida qandaydir umumiylik, qahramonlarida birlashtiruvchi

jihat bordek tuyuladi. Bu birlashtiruvchi kuch - qahramonlardagi ruhiyat masalasidir.

Shukur Xolmirzayevning “Notanish odam” hikoyasiga e’tibor beraylik. Ushbu hikoya bir yosh yigit tilidan hikoya qilinadi. U ovga bormoqchi bo’ladi, lekin havoning avzoyi buziladi. Ovchi esa o’z rejasini o’zgartirishni istamay, “bahor havosi shunday bo’ladi, yog’adi- ketadi” deya hayol qiladi. Ammo , sal o’tmay , juda kuchli yomg’ir yog’adi. Shunda u yomg’ir tinguncha biror joyga kirib turish hamda shalabbo bo’lgan kiyimlarini quritish maqsadida jar yoqasidagi kamarga kiradi. U kamarga kirishi bilanoq, oldida yonib turgan gulxanni, bu yer ancha issiq ekanini ko’radi va shu yerdagi bir odamga ko’zi tushadi. Yigit salom beradi, notanish odam esa alik olib , ishida davom etadi. Notanish odam tinmay , gulxanga o’tin olib kelib tashlardi , ovchi esa kiyimlarini quritib oladi. Ovchi bu odamning harakatlariga, o’zini sovuqqon tutishiga hayron qolib, qarab turardi. Shunda notanish odam yigitga savol bera boshlaydi. Lekin , uning savollaridan va ta’nasidan yigitning g’ashi keladi. Notanish odam ovchini havoni avzoyini ko’ra bila turib yo’lga chiqqani va ahvoli ustidan kuladi. Yigitning esa javob bergisi kelmay, indamay qoladi. Birozdan so’ng , haligi odam dasturxon tayyorlab , yigitni ovqatga chaqiradi. U qanchalik rad qilmasin, notanish odamning qandaydir hukm bilan ifodalangan taklifini rad qilmaydi va birga ovqatlanadi. Notanish odam yana ishini davom ettiradi, u daryo oqizib kelgan o’tinlarni, xas-cho’plarni yig’ib olardi va kamarga kiritib qo’yardi. Buni ko’rgan yigit “pishiq odam” deb o’ylaydi ichida. Uning tayyor o’tinni shunchaki yig’ib olib, uyiga ortib ketishini o’ylab, bu yerda yurishining sababi shu deb o’ylaydi. Birozdan so’ng , yomg’ir tinadi va notanish odam ketmoqchi bo’ladi. Ovchi notanish odamga qarab, yig’gan o’tinlari qolib ketayotganini eslatadi. Shunda u kulib turib,” uyimda o’tinim yetrali, bu yiqqan o’tinim sizga o’xshagan yo’lovchilar uchun edi” deya javob qaytaradi.

Bu hikoyada yozuvchi o’z uslubiga sodiq holda , hukmni kitobxonga qoldirgan. Notanish odamning javobini eshitib, haligi yigit qanday ahvolga tushdi deb o’ylaysiz? Xulosani har kim o’zi chiqaradi.

Ushbu hikoya 1960- yilda yozilgan. Hikoyada ilgari surilgan g’oya shundaki, biz ba’zan o’zimiz tanimagan, bilmagan odamlar haqida noto’g’ri hayolga boramiz, o’zimizcha xulosa qilamiz. Adib bizni shunday shoshqaloqlikka yo’l qo’ymaslikka da’vat etmoqda. Hikoyamiz qahramoni notanish odamga qo’pol munosabatda bo’ladi, uning dasturxonidan ovqat yeb turib, u haqida noto’g’ri hayolga boradi. Bu hikoyada notanish odamning xarakteri, ruhiyati asosiy planga chiqadi. U o’ziga qilinayotgan muomaladan, garchi u nohaq bo’lsa ham nolimaydi, yaxshilik qilishda davom etadi. Bu odamga nisbatan “ Yaxshilik qil, suvga sol, baliq biladi, baliq bilmasa xoliq biladi” maqolini qo’llash mumkin. Notanish odam o’z yaxshiligini ko’z ko’z qilishni istamaydi, buni savob uchun qiladi. Yigit esa aytgan gapidan hijolat bo’lib, uning ortidan qarab qoladi.

Hikoyada qahramon ruhiyati ochiq- oydin oshkor qilinmasdan, umumiy xulosani chiqarish asar so’ngiga qoldiriladi, chunki hikoyadagi kulminatsiya - hikoya so’nggidagi ikki qahramonning suhbati jarayonida ko’rinadi.




Download 115,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish