Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti


-mavzu: Sharqona ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 180,82 Kb.
bet2/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

2-mavzu: Sharqona ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari


Milliy davlatchiligimizning boy tarixi ijtimoiy siyosat tamoyiliga asoslangan saltanatlar shukuhidan guvohlik beradi. Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xoja Samandar Termiziy, Muhammad Rahimxon Feruzning siyosiy qarashlarida ijtimoiy siyosat nafaqat nazariy, balki amaliy jihatlari bilan ham jozibali. Shunisi muhimki, bunday qimmatli manbalarning deyarli barchasida ijtimoiy siyosat va uning kafolati ustuvorlik kasb etgan. Ijtimoiy siyosat qoidasi davlatni boshqarish, siyosat yuritish, yurt tinchligi va xalq faravonligini ta’minlashda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Dastlab, “Avesto”da o‘z ifodasini topgan, keyinchalik antik davr falsafasida teran ma’no kasb etgan bu g‘oya Sharq mutafakkirlarining qarashlariga ko‘chib o‘tgan. Xuddi mana shu g‘oyada (fikr – so‘z – amal birligida) mutafakkirlarning insonni o‘zini - o‘zi ijtimoiy himoyalashi tomon yuksalganiga duch kelamiz. Qizig‘i shundaki, jamiyat tomonidan Insonni ijtimoiy himoyalash tamoyili ham Sharq mutafakkirlari ijodida tez-tez uchraydi. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ifodalangan yetuk jamiyat g‘oyasi bugungi tushunchadagi demokratik jamiyatga yaqin turadi. Ma’lumki, demokratik jamiyatda qonun ustuvor bo‘lib, butun ijtimoiy hayot ana shu qonunlar asosiga qurilgan. Shu ma’noda yetuk jamiyatda, avvalo siyosiy erkinlik mavjud bo‘ladi. Unda tenglik tushunchasi kun tartibida bo‘lib,
bu me’yor jamiyatning asosi bo‘ladi. Shu bilan birga, Forobiyning fikricha, jamiyat davlat bilan kuchlidir. U yetuklashgani sayin o‘z a’zolarini himoyaga oladi. Bunga “fozil jamiyat konseptsiyasi” yaqqol misoldir.
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar strategiyasi bozor munosabatlariga o‘tish dasturida mujassam bo‘lgan. Bozor munosabatlariga o‘tish esa, ijtimoiy yo‘naltirilgan holda amalga oshirilayapti. Respublikadagi inqilobiy yangilanish siyosati insonparvar, odil demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo‘lib, bunday jamiyat qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan beshta tamoyil ishlab chiqildi va ulardan biri kuchli ijtimoiy siyosatdir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni yanada kuchli qilish uchun ijtimoiy siyosat tarixini chuqur o‘rganish, uning vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va umuman insoniyat tarixidagi evolyutsiyasini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Tarixni ijtimoiy siyosat nuqtayi nazaridan o‘rganish, uning hali o‘rganilmagan qirralarini ochishga va shu bilan birgalikda har tomonlama o‘rganib, chuqur yoritishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ijtimoiy siyosatning vujudga kelish evolutsiyasini o‘rganish muhim ilmiy- nazariy yondashuvni talab etadi.
Ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy siyosatni keng va tor ma’noda tushunish mumkin. Keng ma’noda ijtimoiy siyosat, tor ma’noda esa sotsial siyosat.
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy siyosatni keng ma’noda tushunishda siyosat ustuvorlik qiladi, tor ma’noda esa, iqtisod ustivorlik qiladi, shuning uchun ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy degan tushunchalar mavjud.
Ijtimoiy siyosatning mohiyatini aniqlab olgandan so‘ng uning tarixga, aniqrog‘i, vujudga kelish evolutsiyasiga nazar solsak. Insoniyat hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan vaqtdan boshlab o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun turli xil sotsial muammolarni hal qilishga harakat qilgan. Har bir davrning o‘ziga xos sotsial muammolari bo‘lganidek, ibtidoiy davrning ham o‘ziga xos sotsial muammolari bo‘lgan. Xo‘sh, ibtidoiy davrda qanday sotsial muammolar bo‘lgan? Eng asosiysi yashash uchun rizq-ro‘z
topish, mehnat qilish va boshqa muammolar bo‘lib, ular odamlarning ilk uyushmalari ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi tomonidan qondirilar edi.
Endigina hayvonot dunyosidan ajralib chiqa boshlagan eng qadimgi odamlarning sotsial ehtiyojlarining qondirilishi ularni jamoa bo‘lib yashashlariga bog‘liq bo‘lgan. Odamlarning jamoa bo‘lib yashashga intilishlari insoniyat jamiyati vujudga kelishining muhim omili bo‘lgan. Demak, sotsial ehtiyojlarni qondirish talabi insoniyat jamiyatining vujudga kelishida asosiy sabablardan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat jamiyatining vujudga kelishi tarixini o‘rganish bilan ijtimoiy siyosatni vujudga kelish tarixini ham o‘rganish mumkin.
Insoniyat jamiyatining vujudga kelishi tarixi ibtidoiy tarixning eng murakkab muammosini tashkil qiladi. Chunki insoniyat jamiyatining vujudga kelishi tarixi to‘g‘risida bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar yo‘q. Ular to‘g‘risida nisbiy tushunchaga ega bo‘lishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatining ilk shakli “ibtidoiy odamlar to‘dasi”deb ataladi. “Ibtidoiy to‘da” iborasi eng qadimgi va qadimgi odamlarning hayvoniy to‘dadan insoniy jamoaga o‘tishi jarayonini ifodalash bilan bog‘liq.
Bu davrda sotsial himoyaga muhtoj bo‘lgan odamlarning, ya’ni sotsial jihatdan zaif bo‘lgan ayollar, bolalar, qariyalarning taqdiri ularning to‘da bo‘lib yashashlariga bog‘liq edi. Ibtidoiy to‘da odamlarni birgalikda mehnat qilish va yashashilarini ta’minlagan, yirtqich hayvonlardan va xavf-xatardan himoya qilgan, xolos. Odamlarning boshqa sotsial ehtiyojlari himoyasiz bo‘lib, bunday yordamga muhtoj odamlar beshafqat jamiyat va tabiat tartiblariga dosh bera olmay qirilib ketardilar.
Ibtidoiy odamlarning hayoti juda og‘ir va shafqatsizligini ochlik va o‘limning yuqori darajadaligi hamda o‘rtacha umrning juda past bo‘lganidan bilish mumkin. Fransuz antropologi A.Valua ibtidoiy odamlarda o‘lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lganligini ko‘rsatib bergan. Antropolog olimlar tomonidan o‘rganilgan 20-ta neandertaldan 55 foizi 21 yoshda o‘lgan, faqat bir kishi 41 yoshga yetgan va birortasi ham 50 yoshga yetmagan.
Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi faqat mehnat tufayligina mumkin bo‘ldi. Mehnat-insonning jamoa bo‘lib tabiatga ta’sir o‘tkazishidir. Hatto oddiy mehnat jarayonlari ham faqat jamoada va jamoa bilan bo‘lishi mumkin. Jamoa bo‘lib mehnat qilish ma’lum ijtimoiy munosabatlar shaklini taqozo qilgan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy jamoa tarixining ilk bosqichlaridayoq oziq-ovqat topish va taqsimlashni, jinsiy hayotni va hokazolarni tartibga solish mavjud bo‘lgan. Qaysi jamoalarda ijtimoiy aloqa va o‘zaro yordam kuchli bo‘lsa, o‘sha jamoalar dushmanlarga va tabiiy ofatlarga qarshi tura olishgan.
Vaqt o‘tishi bilan odamlar ongining o‘sishi va ularning ijtimoiy birlashmalari takomillashib borishi natijasida ibtidoiy odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ko‘tarilib borgan, bu esa, odamlarning ijtimoiy muammolari, sotsial ehtiyojlari oldingi davrga nisbatan yaxshiroq qondirila boshlaganligini ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta paleolit davrida yashagan neandertal odamga qaraganda so‘nggi paleolit davrida yashagan kroman’on odamlarning o‘rtacha umri ancha bo‘ladi.
Chunki neandertal odam bilan kroman’on odam o‘rtasida qariyib 100 yilga teng vaqt o‘tgan. Shu vaqt mobaynida odamlarning o‘zi ham ancha rivojlangan. So‘nggi paleolit odamlaridan 102 ta bosh chanog‘i o‘rganilgan bo‘lib, ulardan 34 foizi 21 yoshda halok bo‘lgan, 12 foizi 41 yoshgacha yashagan, bir kishigina 50 yoshga yetgan.
Shunday qilib mehnat, ayniqsa, ovchilik, yovvoyi hayvonlardan birgalikda himoyalanish, olovni saqlab turish ibtidoiy to‘dani birlashtirib turgan va o‘zaro yordamni rivojlantirgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan davridir. Chunki odamlarning ongi juda past bo‘lgan, shuning uchun jamiyatning rivojlanishi ham sekin borgan. Shunday bo‘lsada ibtidoiy jamoa tuzumidagi har bir davr o‘zidan oldingi davrga nisbatan ancha rivojlangan. Rivojlanish sotsial ehtiyojlarni ham ko‘proq, to‘laroq qondira boshlagan. Natijada hayot darajasi ham ko‘tarilib borgan. Masalan, neolit va bronza asri
odamlari so‘ngi paleolit odamlariga qaraganda ko‘proq umr ko‘radigan bo‘lishgan, faqat neolit va bronza asri orasida 21 yoshda o‘lganlar 25 foizni, 41 yoshda o‘lganlar 36 foizni tashkil qilishadi1.
Albatta, bu raqamlar unchalik aniq bo‘lmasligi mumkin, lekin ular qadimgi tosh davrida o‘lish darajasi juda yuqori bo‘lganligini, shu bilan birgalikda keyingi davrlarga o‘tgan sari umr ko‘rish ortib borganligini ko‘rsatib turibdi.
Qadimgi odamlarda o‘lim yuqori bo‘lganligini qayd qilish bilan birgalikda, shuni ta’kidlash lozimki, u davrlarda o‘lim ayollar orasida juda baland bo‘lgan. Masalan, 31 yoshgacha yashagan 4 ta neandertallarning hammasi erkaklar edi. So‘nggi paleolit davrida 41 yoshga kirgan odamlarning asosiy qismi erkaklar edi. Ayollar ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan aholining zaif qismi bo‘lganligini inobatga olsak, o‘sha davrda sotsial yordam naqadar past bo‘lganligini ko‘ramiz.
Aholining zaif qismi bo‘lgan, sotsial jihatdan yordamga muhtoj bo‘lgan ayollar, bolalar, qariyalar va bemorlarning taqdiri faqat ularning jamoa bo‘lib yashashlarigagina bog‘liq edi. Ovda ishtirok etmagan, sotsial jihatdan yordamga muhtoj bo‘lgan ibtidoiy odamlar boshqa a’zolar bilan birgalikda ov o‘ljasini iste’mol qilishgan. Chunki, ovchilar qo‘lga kiritilgan o‘ljani o‘sha yerning o‘zida iste’mol qilmay, balki manziliga olib kelib jamoaning boshqa a’zolari bilan ayollar, bolalar, qariyalar va bemorlar bilan birgalikda iste’mol qilgan.
Ibtidoiy odamlarning sotsial ehtiyojlarini qondirishda ibtidoiy to‘da ichida tabiiy ravishda vujudga kelgan birdamlik va o‘zaro yordam hissiyotlari muhim rol o‘ynaganligini, ayniqsa, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasida shu hissiyot namoyon bo‘lganligini o‘rta paleolit davriga oid arxeologik materiallardan bilamiz. Neandertallar tog‘ echkisini o‘ldirib, faqat ozroq qismini o‘sha yerning o‘zida iste’mol qilishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘sha davrning eng muhim sotsial ehtiyoji bo‘lgan oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosini hal qilishda




1 Nabiev F. “Ijtimoiy siyosat” O‘quv –uslubiy qo‘llanma. Samarqand. 2007. 35-бет
ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasining roli katta bo‘lgan. Bu to‘g‘rida Teshiktosh g‘orini tekshirgan A.P.Okladnikov yozib qoldirgan.
Insoniyat jamiyatining rivojlanishi kishilar ijtimoiy birlashmasining takomillashib borishi va nihoyat davlatning vujudga kelishi bilan odamlarning sotsial muammolari himoya ostiga olina boshlandi. Jamiyat rivojlanib borishi bilan davlatning sotsial himoyasi kuchayib boradi, davlat qanchalik boy bo‘lsa, uning sotsial himoyasi ham shunchalik kuchli bo‘lib borgan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, insoniyat jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab sotsial muammolar mavjud bo‘lgan va bu muammolarni hal qilish uchun ijtimoiy himoya mavjud bo‘lgan. Siyosat odamlarning ehtiyojlari doimiy o‘sib borganini va ijtimoiy mehnat taqsimoti takomillashib borganligini ko‘rsatadi. Natijada sotsial hayot ham murakkablashib borgan. Ovchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan oddiy jamoalar siyosatni bilishmagan. Ularning ehtiyojlari eng oddiy bo‘lib, jismonan tirik qolishni ta’minlashdan iborat bo‘lgan. ehtiyojlarning oddiyligi alohida individlarning mustaqil yashay olmasligi, jamoaga tobeligi natijasidir. Bu jamoalar tabiatdan ajralib chiqmagan edilar, balki tabiatga moslashib, uning mahsulotlarini iste’mol qilib kelar edilar. Bunday jamoalar ichidagi sotsial ehtiyojlar tabiiy ravishda vujudga kelgan qon- qarindoshchilik munosabatlari asosida diniy normalar, urf-odatlar, an’analar bilan tartibga solingan. Insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida odamlarning sotsial ehtiyojlari ularning o‘zlari tomonidan qondirilishi kerak edi, faqat ba’zi sotsial muammolar insoniyatning dastlabki uyushmasi-ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi tomonidan qondirilar edi.
O‘zbekiston demokratik, iqtisodiy kuchli, ma’naviy boy, sotsial adolatli davlat qurish yo‘lini tanladi. Bu yo‘l, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy rivojlanish tajribasiga, iqtisodiy, ma’naviy va sotsial rivojlanishning tarixiy bazasiga tayanishi lozim. Rivojlanishning har uchchala aspekti, ya’ni iqtisodiy, ma’naviy va sotsial aspektlari o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishi kerak. Prezidentning chiqishlaridan birida: “Bizlar iqtisodiyotni va ma’naviyatni ajralmas birlikda tasavvur qilamiz. Chunki,
iqtisodiy inqirozga uchragan jamiyatda ma’naviyat ham muqarrar ravishda chuqur tushkunlikda bo‘ladi va aksincha, ma’naviy qashshoq jamiyat hech qachon islohotlarni amalga oshira olmaydi” –deb ta’kidlagan edi. Rivojlanishning har ikkala, ya’ni iqtisodiy va ma’naviy aspektlari eng asosiy maqsadga-aholini sotsial himoyasiga, hayotni farovon qilishga asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Buning uchun ko‘p ming yillik tariximizni, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayoti rivojlangan ko‘tarilish yillari tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo xalqlari hayotida bunday tarixiy davrlarning bir qanchasini ko‘rsatish mumkin. Bularning ichida eng yorqini ajralib turadigani Amir Temur davridir.
Bu davr markazlashgan davlat tuzish hamda uni harbiy iqtisodiy rivojlangan yirik davlatga aylantirish davri bo‘lib hisoblanadi. Bu –xalqaro maydonga chiqish, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davri bo‘lib hisoblanadi. Bu-xalqaro maydonga chiqish, o‘zaro manfaatli savdo- iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davri bo‘lib, savdo va iqtisod davlat tomonidan rag‘batlantirilgan, himoya qilingan.
Bu davrning sotsial tarixini bizlar nisbatan ozroq bilamiz. Lekin bu to‘g‘rida qiziqarli ma’lumot beruvchi yozma va boshqa ob’ektiv manbalar yetarli darajada saqlangan.
Afsuslar bo‘lsinki, O‘rta Osiyo xalqlarining bu muhim tarixi uzoq vaqt mobaynida sovet fani tomonidan buzib o‘rganilgan, chunki kommunistik rahbariyat va uning mafkurasi tarixni obyektiv o‘rganishga yo‘l qo‘ymagan edi. Eng avvalo, Amir Temurning kuchli sotsial siyosati haqida og‘iz ochilmagan edi. Asosiy e’tibor tarixning salbiy tomonlarini o‘rganishga qaratilgan edi.
Hozirgi kunda davlatning gullab-yashnashi uchun islohotlarni amalga oshirish tajribasi biz uchun muhim ahamiyatga ega. Buning uchun Amir Temurning markazlashgan, iqtisod va madaniyat gullab yashnagan davlatni tuzishga imkon bergan siyosatni har tomonlama tahlil qilish kerak.
Biz quyida Amir Temur siyosatining sotsial aspektlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydik. Shuni ta’kidlash joizki, sotsial siyosat iqtisodiy va madaniy siyosat bilan bog‘liq va ularni faqat uzviy bog‘liqlikda o‘rganish mumkin.
Amir Temurning sotsial siyosatiga doir materiallarni o‘sha davr yozma manbalari, elchilar ma’lumotlari, Amir Temurning Yevropa hukmdorlariga yozgan xatlari va boshqalardan olish mumkin. Bu manbalar davlatning tashqi siyosatiga taalluqli bo‘lsa ham ularda sotsial siyosat mohiyatini bilvosita materiallar asosida yorituvchi qiziqarli ma’lumotlar bor.
Amir Temur faoliyatining asosiy tamoyillari “Temur tuzuklarida” o‘z aksini topgan. Unda ichki va tashqi siyosatning mohiyati mujassamlashgan. Uning siyosati asosini qonunga rioya qilish, xalq ahvolini bilish, mazlum xalqlarni zulmiorlardan ozod qilish tashkil etgan. U raiyat ahvolidan xizmatchilari orqali emas, balki bevosita xabardor edi.
U tarix sahnasiga chiqayotgan vaqtda mamlakat chig‘atoy ulusiga qarashli tarqoq yerlardan iborat bo‘lib, ko‘chmanchi mo‘g‘ul urug‘lari ana shu kentlarga ega edi. Chig‘atoy aslzodalari, mahalliy xarakterini har tomonlama o‘rgangan noiblar bosib olingan yerlarni ishonchda ushlab turish uchun markazlashgan davlat tuzishni, mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashishni anglab yetdilar. Mo‘g‘illar Movarounnahrda yuksak ishlab chiqaruvchi kuchlarni, madaniyatini ko‘rdilar va ular homiylik qilishni zarur, deb hisobladilar. Ikkinchi yo‘nalish vakillari ko‘chmanchi urug‘ an’analariga sodiq qolish, o‘troq hayotga va mahalliy aholiga dushmanlarcha munosabatda bo‘lish, mahalliy aholini talon- taroj qilish tarafdori bo‘lishgan.
Shu ikki yondashuv natijasida yuz bergan urushlar ko‘plab shaharlarning vayron bo‘lishiga, irrigatsiya tarmoqlarining buzilishiga, hunarmand va savdogarlarning qashshoqlashuviga, aholining ommaviy kambag‘allashuviga sabab bo‘lgan.
Markazlashtirish siyosati tarafdori bo‘lgan Kebekxon asrning boshlaridayoq islohot o‘tkazdi va yagona davlat tangasini zarb etdi.
Qashqadaryo vodiysida, Qarshida saroy qurdi. Ko‘chmanchi hayotdan voz kechib, o‘troq hayotga o‘tdi. U Movaraunnahrda hududiy bo‘linish o‘tkazib, uni harbiy- ma’muriy okruglar va tumanlarga bo‘lib chiqdi.
Uning o‘limidan keyin birlashtirish siyosatini ukasi Tarmashirxon davom ettiradi. Ibn Battuta uni islom dini tarafdori deb xabar beradi.
Bu harakat ko‘p o‘tmay barham topadi hamda talon-taroj va ko‘chmanchilik tarafdorlari g‘alaba qiladilar. Bu esa, Movarounnahr o‘troq aholisi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakat oldin Mo‘g‘uliston va Movaraunnahrga, so‘ngra 12-15 davlatga bo‘linib ketadi.
Movarounnahrning barlos urug‘idan bo‘lgan Temur mo‘g‘ullar bilan o‘troq dehqonchilik tarafdorlari o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz to‘qnashuvlardan so‘ng ularga xizmatga kiradi.
U talon-tarojlarning oldini shu yo‘l bilan olmoqchi bo‘ladi.
Temur hokimiyatga kelgan vaqtidan boshlab Samarqand, so‘ngra Kesh atrofida qal’alar quradi va shaharni mustahkamlay boshlaydi. U dastlabki qadamlaridanoq tarqoqlikni tugatish, movaraunnahr xalqini birlashtirish siyosatini yurgiza boshlaydi.
Mamlakatda avvalo kuchli harbiy hokimiyat barpo etilishi aholini ko‘chmanchilardan himoya qilgan, iqtisodiyotning barqarorlashuviga yordam bergan.
Osoyishtalikning kafolatlanishi nafaqat siyosiy, balki muhim sotsial tadbir ham edi. Bu tadbir iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam berdi.
Temur Movarounnahr aholisini uch yilga soliqlardan ozod qildi, natijada hayot darajasi ko‘tarilib ishlab chiqarish kengaya boshladi.
Yangi yerlarni o‘zlashtirganlar, sug‘orish kanallarini qurganlar bir necha yillarga daromad solig‘idan ozod qilindilar.
Hunarmandchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qilindi. Temur turli mamlakatlardan hunarmandlarni, quruvchilarni, qurolsozlarni o‘z mamlakatiga olib keldi. Movaraunnahr shaharlarida tinchlik, osoyishtalik bo‘lganligi sababli aholi ham ko‘paya bordi.
Bularning hammasi shahar iqtisodiyotining gullab-yashnashiga yordam beradi. Kulolchilik va shishasozlik, metallurgiya va metalni qayta ishlash, qurol- aslaha tayyorlash, mudofaa yaroq-aslahalari, ot abzali va boshqa o‘sha davrda qo‘shinlarning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish rivojlangan. Ustalarni, ayniqsa, qurolsoz ustalarni Amir Temur alohida sinf yoki maxsus tabaqa sifatida o‘z saroyiga taklif qilar edi. U shunday deb yozgan “tinchlik va urush vaqtida qo‘shin uchun qurol-yaroqlarni yaxshi holatda, tartibda saqlash kerak”
Ayni paytda zargarlik hunarmandchiligi ham taraqqiy etdi. Oltindan, kumushdan va bronzadan naqsh tushirilgan idishlar, badiiy tasvirlar bilan bezalgan qurollar va kamarlar ishlab chiqarish rivojlangan. Amir Temur qurilishga, quruvchi-hunarmandlarga ahamiyat bergan.
Monumental yodgorliklar, machit va maqbaralar, saroylar, madrasalar va xonaqohlar, shahar va shahar tashqarisida bog‘lar barpo qilish taraqqiy qilgan. Hashamatli binolar, bog‘lar loyihasini tuzgan me’morlar va naqqoshlarni Amir Temur o‘z tuzuklarida bemorlarga shifo beradigan tabiblarga tenglashtirgan.
Amir Temur olim va shoirlarga, faylasuflarga, ma’naviy-ma’rifiy soha namoyandalariga, din peshvolariga, targ‘ibotchilarga alohida e’tibor qilib, ularga xonaqohlar qurgan, turli xil yordamlar ko‘rsatgan, ularning ijodiy faoliyati uchun hamma shart-sharoitni yaratgan. O‘zi olimu ulamolar majlislarini tez-tez tashkil etib, ular bilan munozaralar va bahslar o‘tkazgan.
Amirning ilm-fanga, ma’rifatga homiyligi tabaqalarning sotsial sharoiti farovonlashuviga yordam bergan. Amir Temur o‘z tuzuklarida g‘urur bilan “men qonunga rioya qilar edim, adolat va insof bilan ish yuritar edim, ma’zlum xalqlarni zulmdorlardan ozod qilar edim” deb yozib qoldirgan. “Men xalqning ahvolini bilar edim, men taniqli odamlarga ukalarimga qaraganday, oddiy odamlarga esa bolalarga qaraganday qarar edim... Men yangi fuqarolarni, ularning ichidagi yuqori lavozim egallab turganlarni hurmatini qozondim... Men har bir viloyat aholisining ahvolini bilar edim… Mening baxtimni shu’lasi hech kimni esidan chiqarishga olib kelmadi... Men askarlarga ular kim tomonidan
jang qilishidan qat’i nazar, doimo hurmat bilan qaradim... Men musulmonlarga Qur’oni Karim va shariatning asosiy qonunlarini o‘rgatish uchun har bir shaharga iymonli, insofli din namoyandalari vakillarini qo‘ydim”.
Shunday qilib, “Tuzuklar”da Amir Temurning jamiyatning barcha tabaqalariga munosabati, turli kategoriyalarning moddiy va ma’naviy farovonligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosati ko‘rsatilgan. Bu faqat orzu, istak emas edi.
Amir Temur olib borgan sotsial-iqtisodiy siyosatni uning nabirasi Mirzo Ulug‘bek davom ettirdi. U faqat fan bilan shug‘ullanmadi, balki yirik pul va soliq islohotini o‘tkazdi. Bu mamlakatni iqtisodiy hamda sotsial jahatdan mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Amir Temurning butun faoliyati “kuch—adolatdadir” degan o‘z tamoyilidir. Sadoqat bilan xurmat qilish va izchil sotsial iqtisodiy siyosatining yaqqol tasdig‘idir.
Uning yurgizgan sotsial siyosati hozirgi kunda suveren O‘zbekiston uchun muhim tarixiy tajriba bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning 2- chaqiriq 8-sessiyasidagi (4-5 aprel, 2002 yil) ma’ruzasida Amir Temur davriga murojaat qilishni va bu tajribadan hozirgi kunda ham ijodiy foydalanish, uni qo‘llash lozimligi to‘g‘risidagi gaplari fikrimizning tasdig‘idir.

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish