Birinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda aholi soni jihatdan eng yirik mamlakatdir.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda sanoat va makroiqtisodiyot rivojlanmagandi.
Uchinchidan, O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi biryoqlama xususiyatga ega.
36 Qarang: Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.:Sharq, 1996. B. 24
Bu murakkabliklar jamiyat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasa-da, ma’lum ma’noda undan chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekistondagi yer usti va yer osti boyliklari, intellektual salohiyat bunga imkon berdi. Undan unumli foydalanildi. Natijada, nisbatan qisqa muddatda jamiyatni isloh qilishning o‘zbek modeli o‘z natijasini bera boshladi. Shunisi e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy siyosat tizimini yaratish o‘zaro bog‘liq jarayon sifatida rivojlandi.
Mamlakat bozor iqtisodiyoti jarayonlarini boshdan kechirarkan, bunda birinchi navbatda inson omili masalasiga alohida e’tibor qaratishni dolzarb vazifa sifatida ilgari suradi. Mavjud qonunchilikdan kelib chiqib, o‘tish davri qiyinchiliklari sharoitida aholi daromadini hisobga olish va ularning ta’limga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirish hukumat tomonidan ijtimoiy himoyaning bir turi sifatida e’tirof etilmoqda. Negaki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir fuqaroning ta’lim olishiga bo‘lgan huquqi kafolatlanadi.1
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda yoshlar ko‘rsatkichini demograf va sotsiologlar 16-30 yosh oralig‘ida olishni taklif etadilar. Shundan kelib chiqqan holda Respublika aholisining 50 % ga yaqinini 16 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishi ahamiyatga molikdir. 18-30 yoshgacha bo‘lganlar 35 % ni tashkil etib, umumiy hisobda olganda, yoshlar O‘zbekiston aholi tarkibining 65 % ni tashkil etadi.2
Bugungi sharoitda ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar jarayonida kadrlar tayyorlash konsepsiyasini amalga oshirish uchun, bevosita mutaxassis kadrlar salohiyatiga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasining 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda ta’lim tizimi istiqbolini belgilashga doir me’yoriy hujjatlarning aksariyatida mehnat bozorlarini shakllantirish va ta’lim uchun sarflanayotgan byudjet mablag‘laridan
1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2001. – 13 bet.
2 Upravlenie, sennosti i obraz jizni molodyoji v stranax Sentralnoy Azii. T. 1.
foydalanishning samaradorligini oshirishning yangi usullarini izlash zarurligi vazifa qilib qo‘yildi. Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy talim bilan birga, zamonaviy kasb-xunarlarga ega bo‘lish imkonini beradigan 12 yillik talim tizimiga o‘tish yakunlanmoqda.
2009-yilda inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi xaqida gapirganda, ularning, avvalo, eng muxim masalalarga yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo‘naltirilganini alohida qayd etish bilan birga, o‘tgan yili ko‘rilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi, ularning 500 mingga yaqini qishloq joylarda tashkil etildi. Kichik biznis sohasida 390 mingdan ziyod shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasida 270 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari ochilganligini ta’kidlagan edi1.
Tabiiyki, jamiyatning kelajakdagi mavqeyini belgilab beradigan soha vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, malakasini oshirib borish ijtimoiy himoyalash taraqqiyotining garovidir.
O‘zbekistonda ham xalqaro tajriba va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi asosida ta’lim tizimini moliyalashtirish muhim strategik vazifa sifatida ilgari surilgan. Shu boisdan ham ta’lim xarajatlari so‘nggi yillarda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 7-8 % ni, davlat byudjeti umumiy xarajatlariga nisbatan esa 25-29 % ni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisob- kitoblari bo‘yicha “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni moliyalashtirish uchun ilk vaqtlarda 65000.0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.2
Mutaxassis va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, ta’lim tizimini isloh qilishning taraqqiyoti uchta holat bilan izohlanadi. Bular: a) ta’lim sohasini isloh qilish, b) ta’lim tizimiga davlat xizmatlaridan tashqari xususiy sektorni keng jalb etib borish, d) islohotlar jarayonida davlat va xususiy sektor o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirishga erishish.3 “Kadrlarni tayyorlash va o‘qitish uchun
1 Karimov I.A. Аsosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.//
Хаlq so’zi. 2010 yil 30 ynvar
2 Qosimova G. “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ni moliyalashtirish manbalari. // Jurnal “Iqtisodiyot va ta’lim”. 2004. № 3. – 118 bet.
3 O‘sha joyda.
sarflangan mablag‘ mehnat bozorida ishchi kuchi qiymatini oshirish va korxonalarning tovar hamda xizmat ko‘rsatish bozoridagi faoliyatini yaxshilash orqali qoplanadi. Ta’limga, malaka oshirishga, inson kapitaliga qilingan investitsiyalar – mashina va uskunalarga qilingan investitsiyalar kabidir. Baho muvozanati modeliga ko‘ra individ, toki bu qo‘yilmalarga foyda normasi pasaymagunga qadar “Malakaga investitsiya” kelaveradi”.1 Shuningdek Respublika Prezidenti ta’kidlab o‘tganidek, “Moliyaviy ahvol qanchalik murakkab bo‘lmasin, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur mablag‘ qidirib topilishi shart”.2 Shu sababli ham mamlakatda qabul qilingan ta’limga oid barcha qonun va hujjatlar amaliyotda to‘plangan amaliy tajriba va rivojlangan mamlakatlar yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqildi.
O‘zbekiston sharoitida ta’limni moliyalashtirish uchun byudjet va turli xil investitsiyalardan tashqari muhim dalil sifatida tabiiyki, to‘lov kontrakt tizimining ham ahamiyati kattadir. Shunday bo‘lsa-da, mazkur mablag‘ni ijtimoiy holati tadqiqotchida qiziqish uyg‘otishi tabiiy.
To‘lov-kontrakt tizimida ta’lim oladigan talabalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Biz birinchi navbatda ularning demografik ahvoliga murojat qilishni lozim topdik. Negaki, O‘zbekistonning mental sharoitida bu xususiyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, to‘lov kontrakt tizimida ta’lim olayotgan talabalarning jinsi, yosh ko‘rsatkichi, ijtimoiy ahvoli va hududiy holati sotsiologiyada muhim hisoblanadi. Ikkinchidan, kasb tanlash jarayonida demografik munosabatlarning taqsimlanish jarayoni ham o‘zbeklarning tafakkur tarzida alohida o‘rin tutadi. Masalan: pedagogika, tibbiyot, madaniyat va san’at, jurnalistika yo‘nalishlariga ayniqsa qiz bolalarda yoshlikdan jins ko‘nikmasi shakllantirib boriladi. O‘g‘il bolalarda esa injener- texnik, qishloq xo‘jaligi, huquqshunoslik, ko‘p hollarda iqtisodiyotning ayrim yo‘nalishlari (masalan, menejment, boshqaruv, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga
1 Abdurahmonov , Mamarasulov F. Mehnat iqtisodiyoti. – T.: “Mehnat”, 1996. – 104 bet.
2 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – T.: “O’zbekiston”,1996. – 143 bet.
– qiz bolalarda esa buxgalteriya, bank-moliya va shu kabilar), shuningdek sharqshunoslik sohalariga (qizlarda esa roman-german fakultetlariga, to‘g‘ri so‘nggi yillarda ingliz filologiyasi bo‘yicha ta’lim olishda bu ikki jins o‘rtasida tenglik (balans) ta’minlandi, ammo boshqa g‘arb tillarini o‘rgganishda hamon o‘g‘il bolalarning ishtiroki pastligicha qolmoqda) hujjatlar topshirildi. Bu holat esa o‘z-o‘zidan qaysidir bir jins vakillarini tanlagan o‘quv yurtlariga qarab to‘lov-kontrakt tizimini taminlaydi. Hududiy holat esa kasb munosabatlarini belgilab beradi. Masalan, shaharlarda tug‘ilgan yigit-qizlar ko‘pincha o‘z hujjatlarini tillarni o‘rganish, informatika, iqtisod va tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishni afzal ko‘rishlari kuzatiladi. O‘z navbatida qishloq yoshlari esa mavjud ijtimoiy hamda muammoli imkoniyatlardan kelib chiqib ko‘pincha “Bo‘sh qolgan” o‘rinlarga tavakkal qilib hujjat topshiradi va talaba maqomini qo‘lga kiritadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, nufuzli yuqori oliy o‘quv yurti yoki fakultetlarda to‘lov-kontrakt shartnomalarini bajarish o‘z vaqtida amalga oshirilsa, qolgan oliy o‘quv yurtlarida bu masala ko‘pincha o‘z muddatidan kechiktirib bajaraladi (2.1- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |