Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet4/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

bog‘liqligi
Biz yuqorida alohida ta’kidlaganimizdek, xalqimiz demokratiya deganda avvalo ijtimoiy adolatni tushunadi. Ushbu fikrni davom ettirib aytish mumkinki, xalqimiz adolat deganda o‘z navbatida avvalo ijtimoiy himoyani tushunadi. Mustaqillik yillarida bu holat hukumatimizning siyosatida doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.
Aslida bugungi kunda dunyoda bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati olib borayotgan mamlakatlar soni ko‘p emas. O‘zbekiston ana shu kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi. Bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish esa ko‘p jihatdan ijtimoiy himoyalash tizimini samarali boshqarishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘qqizinchi sessiyasidagi (2002-yil 29-avgust) "O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari" ma’ruzasida fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalari muttasil ravishda ijtimoiy himoya yo‘nalishida, jumladan, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining himoyaga muhtoj qatlamlari va guruhlarini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilgan holda, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligini saqlab qolishdek strategik muhim vazifalar bilan hamohanglikda amalga oshirilishini alohida ta’kidlagan edi.
Hukumatimiz bu qat’iy siyosatni mustaqillikning dastlabki davridan boshlaboq izchil amalga oshirib kelmoqda. Shu ma’noda mamlakatimizda adolatparvarlik tamoyil sifatida ongli ravishda jamiyatimiz hayotining butun
iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singdirildi va u aholi uchun muhim ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmi bo‘lib shakllandi. Bu xalqchil siyosatning samarasi sifatida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Aytish mumkinki, aholining muhtoj qatlamlari va guruhlariga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos milliy modeli ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati har bir yilni nomlab, shu asosda davlat dasturlari qabul qilish va uni izchil amalga oshirish orqali ham joriy etilmoqda. Xususan, "Inson manfaatlari yili" (1997), "Oila yili" (1998), "Ayollar yili" (1999), "Sog‘lom avlod yili" (2000), "Ona va bola yili" (2001), "Qariyalarni qadrlash yili" (2002), "Obod mahalla yili" (2003), "Mehr va muruvvat yili" (2004), "Sihat-salomatlik yili" (2005), "Homiylar va shifokorlar yili" (2006), "Ijtimoiy himoya yili» (2007), "Yoshlar yili" (2008), - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” (2009) dasturi o‘z ko‘lami, ahamiyati va mohiyati bilan bugungi kunimiz va ertangi kelajagimizning nafaqat moddiy tomonlarini, ayni paytda, madaniy va ma’naviy saviyamizni oshirishga qaratigan dasturnilari bilan ham axamiyatlidir. Masalan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Dasturi ijrosini taminlash uchun 2 trillion 612 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanganligi, va nihoyat 2010-yilni “Barkamol avlod” yili deb e’lon qilinishi jumladan ijtimoiy siyosat natijasidir. Onalar va bolalar salomatligini himoyalash maqsadida yurtimizda ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan 2010-yilda davlat byujetidan sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarga 1 trillion 700 millard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday ishlarning barchasi ijtimoiy ximoyaning davomiy qismi hisoblanadi.
Qolaversa, har yili qabul qilinadigan davlat dasturlarini maqsadli va adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili davlat budjetidan ajratiladigan maoshlar, nafaqa va stipendiyalar barqaror oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli shakllari paydo bo‘ldi va tobora takomillashib boryapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil 19- martda e’lon qilingan "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" Farmoni yuqorida so‘z yuritilgan siyosatning uzviy davomi bo‘ldi. Bu Farmon 2007- yil qabul qilingan "Ijtimoiy himoya yili" davlat dasturiga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvidir. Bu kam ta’minlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Unda ijtimoiy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda ko‘rsatilayotgan moddiy yordamning aniq yo‘naltirilishini ta’minlash, uni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berish, boqimandalikka yo‘l qo‘ymaslik, oilalar daromadi va mol-mulkini har tomonlama hisobga olish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish asosida amalga oshirish ko‘zda tutildi1.
Farmonga ko‘ra, 2007-yilning 1-sentabridan davlat budjetidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmini, ayni vaqtda uni tayinlash va to‘lash muddatini 6 oygacha uzaytirgan holda, 1,5 baravarga, "Muruvvat" bolalar internat-uylari tarbiyachilari, o‘quv-yordamchi xodimlari va sanitar-enagalari ish haqi, ayni vaqtda bir tarbiyachi uchun ish me’yorini 15-18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirgan holda, stavkalarni tarif setkasi bo‘yicha bir razryadga ko‘tarish hisobidan bolalar, qariyalar va nogironlarning "Muruvvat" va "Sahovat" internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy


1 O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning "Аhоlini ijtimоiy himоya qilish tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish vа mustаhkаmlаshgа оid chоrа-tаdbirlаr to’g’risidаgi" Fаrmоni// Хаlq so’zi, 2007, 20 mаrt.
yordam ko‘rsatish xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish fondi miqdori mehnatga haq to‘lash fondi hisobidan 25 foizgacha oshirildi.
Shunisi ham muhimki, 2007-yilning 1-iyulidan boshlab urush va mehnat faxriylari sanatoriylari xodimlarining tarif stavkalariga 15 foiz miqdorida qo‘shimcha, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda nogiron-o‘quvchilarning bepul ovqatlanishi, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati xodimlari, shuningdek, nogiron bolalarni uyda o‘qitayotgan pedagoglar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda eng kam ish haqining 1 baravari, Toshkent shahrida 1,5 baravari miqdorida oylik, yo‘l haqi kompensatsiyasi joriy etiladigan bo‘ldi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23- yanvardagi 573-qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi ijtimoiy adolatni to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun yangi bosqichni boshlab berdi. Ana shu dasturni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni esa uning amaliy isboti bo‘ldi. Farmonga ko‘ra, 28 ta "Mehribonlik" uyi, shuningdek, 86 ta sanatoriy tipidagi hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarni kapital ta’mirlash, jihozlash, ular uchun mikroavtobuslar sotib olish maqsadida davlat byudjetidan qo‘shimcha 8,2 milliard so‘m yo‘naltirilgan1. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bolalar, qariyalar va nogironlarning "Muruvvat" hamda "Saxovat" internat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarini kapital ta’mirlash, jihozlash, ularning ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha 2007- yilda ushbu maqsadlarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 5,2 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Jamiyat hayoti bir joyda to‘xtab qolmaydi, u yaxlit sotsial tizim (sotsium) sifatida doimo oldinga intiladi. SHunga mos tarzda odamlar ongi ham tinimsiz


1 Bоlа vа Zаmоn // 2007-yil 4-sоn
o‘zgarib boraveradi. Ammo ijtimoiy ongni o‘zgartirishga ehtiyoj o‘tish davrida ayniqsa seziladi.
Jamiyatni odamlar o‘zgartirar ekan va islohotlar odamlar uchun amalga oshirilar ekan, o‘zgarishlar inson va uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu esa odamlardan islohotlar mas’uliyatini bab-baravar anglashni taqozo etadi. Shu ma’noda "Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun" degan tamoyil ijtimoiy mas’uliyatli bo‘lishga da’vatdir. SHu bilan birga hamisha ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar ham bor. Bunday insonlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi tabiiydir.
2006-yilda xususan, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda homiylar ko‘magida yurtimizdagi ko‘p bolali, kam taminlangan oilalarga 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflab qora mol olib berilgani, mamlakatimizdagi sahovat va hikmatlilikning yana bir yorqin namoyishi bo‘ldi, deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz Islom Karimov o‘z nutqida.
Millionlab yurtdoshlarimiz ishtirok etkan umumxalq xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berilgani ham shunday savobli ishlar jumlasidandir.
Ayni paytda qariyb 23 ming nafar qarovchisiz qariya va nogiron kishilarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilgani, respublikamizdagi barcha “Sahovat” va “Muruvvat”, “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan 3,5 milliard so‘mlik moddiy yordam berilganini bu boradagi muhim ishlar sifatida qayd etish lozim.
Shuningdek, 2007 yilda kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim – bosh bilan ta’minlandi.
Maktabdagi ilk bor qadam qo‘ygan farzandlarimizni darslik va o‘quv qurollari bilan bepul ta’minlash ishlari davom etirilib, 521 ming nafar bolaga qarib 15 milliard so‘mlik darslik va o‘quv qurollari sovg‘a sifatida berildi.
Nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun ” jamg‘armasi tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, tug‘ma nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari amalga oshirildi1.
“Homiylar va shifokorlar yili” dasturidan ko‘zda tutilgan tadbirlar ijrosi uchun qariyb 284 milliard so‘m, jumladan, 133 milliard so‘m budjet mablag‘i,
151 milliard so‘mdan ziyod idora va tashkilotlar, homiylar mablag‘i sarflangani ham shundan dalolat beradi.
2006 yilning o‘zida 8 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 6 ta akademik litsey va 70 ming o‘rinli 124 ta kasb-hunar kolleji qurib, foydalanishga topshirildi. 8,7 milliard so‘mlik va 15 million AQSH dollari miqdoridagi o‘quv-laboratoriya jihozlari xarid qilindi. Bu jarayonlarning davomi sifatida 2007 yil "Ijtimoiy himoya yili" deb e’lon qilinishi davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-573-son qaroriga binoan ijtimoiy himoyaga daxldor ijtimoiy toifalar doirasiga quyidagilar kiritilgan:
-etim-esirlar;
-muhtoj kimsalar;
-kam ta’minlanganlar;
-ko‘p bolali oilalar;
-nogironlar (imkoniyatlari chegaralangan insonlar);
-yolg‘iz qariyalar;
-faxriylar;
-pensionerlar;
-yosh bolali oilalar;
-yosh oilalar;
- yosh kelin-kuyovlar.
Har qanday tuzum va jamiyatda aholining ayni toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Ammo bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya o‘z-o‘zidan va tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan zamon talablariga javob
beradigan asbob va uskunalar bilan almashtirishga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Kimdir oldingi ishidan ajralishi, uni o‘zgartirishga majbur bo‘lishi ham zamonning zayli hisoblanadi. Demak, jamiyatda ijtimoiy himoyaga muhtojlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham – tabiiy jarayon sifatida kechadi.
Ijtimoiy himoya tizimining amal qilishi nuqtai nazaridan, 2007-yilning alohida ajralib turadigan bir jihati borki, bu ham bo‘lsa, bu yilning maxsus tarzda "Ijtimoiy himoya yili" deb nomlanishidir. Dastur ko‘lamini to‘laroq ko‘z oldimizga keltirish va u asosida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyatini teranroq tasavvur etish uchun uning qismlari haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish joiz.
«Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturining birinchi qismi amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlash hamda amaldagilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, aholining nochor qatlamiga yordam ko‘rsatishda differensiyalashgan yondashuvni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, uch yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishni ko‘zda tutgan edi:

  1. yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

  2. amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

  3. «Ijtimoiy himoya yili» Dasturining vazifalari va uni amalga oshirish to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.

Shu maqsaddan kelib chiqqan holda 2007 yildan boshlab ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslari tubdan yangilana boshlandi. Bu vazifalarning ijrosi bo‘yicha bir necha yo‘nalishda ish olib borildi:
-bir necha yangi qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi, shuningdek, «Homiylik to‘g‘risida» hamda «Yod tanqisligi kasalliklarining
oldini olish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi, bular ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga hissa bo‘lib qo‘shildi;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi;
-ijtimoiy himoya yo‘nalishiga oid mavjud ayrim qonunlar va qonunosti hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Dasturning «Mehribonlik» uylari va ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, boquvchisini yo‘qotgan bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, «Sen yolg‘iz emassan» insonparvarlik shiorini hayotga amalda tatbiq etishni ta’minlash masalalariga oid ikkinchi qismida 2010-yilgacha davom etadigan vazifalar belgilandi. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida dastur bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
«Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturining uchiichi qismida aholining nochor qatlamlari, ya’ni muhtoj oilalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarni aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahallaning rolini oshirish masalalari ko‘zda tutildi. Bunda mahalla orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya yanada aniqlashtirildi. O‘zini-o‘zi boshqarishning milliy tizimi bo‘lgan mahallaning mavqei yanada oshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar yoki oilalarni avvalo mahalla yaxshi bilishi tufayli himoyaning asosiy yo‘nalishining mahalla orqali amalga oshirilayotgani ijtimoiy adolatga erishishning muhim omili sifatida baholandi.
Barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarini yanada jonlantirish, shuningdek, onalik va bolalik to‘g‘risida g‘amxo‘rlikni amalga joriy etish, ayollar salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarni takomillashtirish vazifalari dasturning to‘rtinchi qismida bayon qilingan edi. Bundan avvalgi yillardagi ishlar, xususan, "Sog‘lom avlod yili", "Ona va bola yili", "Sihat- salomatlik yili" dasturlari asosida qilingan amaliy ishlar davom ettirildi.
Dasturning beshinchi qismi "ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi",
«Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va munosib baholash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan edi. Bu sohada xizmat qilayotgan insonlar mehnati adolatli baholanishiga e’tibor qaratilgani dasturning insonparvarlik tabiatini ko‘rsatadi.
Dasturning oltinchi qismi yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning professional va ma’rifiy yuksalishini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqti va sport bilan shug‘ullanishini tashkil etish, shuningdek, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi. Dasturda belgilangan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, bolalar ijodiyotini rivojlantirish, bu borada turli ko‘rik va tanlovlar o‘tkazish va boshqa muhim vazifalarning amalga oshirilishi "YOshlar yili" davlat dasturini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qildi.
Dasturning yettinchi qismi faxriylar va pensionerlarga yordam ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, davlat va jamoatchilik tomonidan ularni qo‘llab- quvvatlashni ta’minlash, muhtojlarga beg‘araz yordam ajratish masalalariga daxldor chora-tadbirlarni nazarda tutgan edi. Rejalashtirilgan choralar, ya’ni pensionerlarni bepul imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlash, aholining ma’lum muhtoj toifalariga uy-joy kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash, bayramlarda insonparvarlik yordami ko‘rsatish, kam ta’minlangan keksalarni Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz shaharlariga bepul sayohatga olib borish, yolg‘iz pensioner va nogironlarni telefon aloqasi bilan ta’minlash ishlari to‘la bajarildi.
Davlat dasturi ijrosini ta’minlash uchun salkam 400 milliard so‘m sarflandi. Bu mablag‘ning bir qismi davlat budjetidan, qolgani esa tashkilotlar va homiylar hisobidan ajratildi.
Xullas, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati fuqarolik jamiyatini barpo etishda kuchli ijtimoiy siyosatning mexanizmi sifatida iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati bo‘lib kelmoqda va shu ma’noda ijtimoiy
adolat va demokratiyaning talabi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2007 yilning samarali yakunlanganligi, 2008 - yilning esa uning mantiqiy davomi sifatida "Yoshlar yili" deb nomlanishi va davlat dasturining ishlab chiqilganligi nuqtai nazaridan uning natijalarini qanday baholash mumkin?
Avvalo "Ijtimoiy himoya yili" davlat dasturi istiqlol yillarida izchil amalga oshirib kelingan ijtimoiy himoya siyosatini davom ettirish imkonini berdi. Qolaversa, 2007 - yilda ijtimoiy himoyaga har qachongidan ko‘ra ko‘proq e’tibor berildi. Mamlakat xalqining butun diqqat-e’tibori shu muhim masalaga qaratildi, bu boradagi boy merosimiz o‘rganildi, shu yo‘nalish bo‘yicha milliy fazilatlarimiz ro‘yobga chiqarildi.
Muhim natija shu bo‘ldiki, ijtimoiy himoya tizimi yanada qat’iylashadi, uning doimiylik tabiati mustahkamlandi.
Albatta, ijtimoiy adolat va demokratiyaning qaror topishi ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishlari misolida ijtimoiy himoya tizimi bilan hamohang taraqqiy eta boradi. SHu ma’noda bu mexanizmni tahlil qilib ko‘ramiz.
Odamlarning farovon hayoti aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Uy-joy kommunal xo‘jaligi odamlarning hayot tarzini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun ham Respublikamizda kommunal xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Oxirgi o‘n yillik ichida yurtimizning kommunal xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga talaygina sarmoyalar kiritildi, bu esa bevosita toza ichimlik suvi va tabiiy gazdan foydalanish hamda yuqori sifatli xizmatlar imkoniga keng ega bo‘lgan uy-joy xo‘jaligiga va ishlab chiqaruvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Hozir yurtimizda kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga, energiya va resurslarni tejashga qaratilgan bir qator sarmoya loyihalari, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 65,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari suv ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihasi, Jahon tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida 6,3 mln. AQSH dollarlik "Buxoro va Samarqand shaharlari suv
ta’minoti" loyihasi, 15,6 mln. AQSH dollarlik "Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining foizsiz va imtiyozli kreditlari hisobidan gaz o‘lchagichlarni xarid qilish" loyihasi, 166,2 mln., AQSH dollarlik "Buxoro viloyati suv ta’minotini yaxshilash" loyihasi, 73,3 mln. AQSH dollarlik, "Toza suv, sanitariya va aholi sog‘lig‘i" loyihasi, 19,8 mln. AQSH dollarlik "Nukus va Urgench shahar suv ta’minotini yaxshilash" loyihasi, 12,5 mln. AQSH dollarlik "Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati ichimlik suvi ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihalari amalga oshirilmoqda155.
Ma’lumki, ijtimoiy adolat qishloqlarda aholi yashash joylarini rivojlantirish masalalarini hal etishni nazarda tutadi. shu ma’noda qishloq infratuzilmasi rivojini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi.
XX asrning oxirlarida Orol mintaqasining ekologik inqirozi O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suv ta’minotining manbalari hisoblangan chuchuk suv zahiralarining 30% ga yaqini ishdan chiqishiga olib keldi. Suv havzalarining sug‘oriladigan yerlardagi zovur suvlari, yaxshi tozalanmagan sanoat va kommunal-maishiy oqova suvlarning tashlanishi natijasida daryolarning o‘rta hamda quyi oqimlari suvi tarkibida minerallar ko‘paydi, uning qattiqligi ortdi, u fenol va pestitsidlar bilan ifloslandi. Ushbu daryolar va sug‘orish kanallari suvining sizib chiqishi hisobiga yuzaga keluvchi yerosti suvlari tarkibida tuzlarning miqdori va suvning qattiqligi ortib ketdi. Natijada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining g‘arbiy tumanlarida, shuningdek, Navoiy, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida sifati O‘zbekiston Respublikasi standartlariga javob beradigan mahalliy suv ta’minoti manbalari deyarli yo‘qolib ketdi. Bundan tashqari, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining ayrim tumanlaridagi suvning sifati va qattiqligi yuqorida aytilgan viloyatlardagidan ham birmuncha yomondir.
O‘zbekiston hududida chuchuk suv zahiralarining notekis taqsimlanganligi suv ta’minotini rivojlantirishning dunyodagi boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladigan an’anaviy usulidan farqli bo‘lgan o‘ziga xos
usulini yaratish zaruratini keltirib chiqardi. Xususan, O‘zbekistonda mahalliy suv ta’minoti manbalari bilan bir qatorda mintaqalararo suv ta’minoti usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Bu usul bir manbadan sifatli ichimlik suvini magistral suv quvurlari tizimi orqali bir necha tuman, hatto bir necha viloyatlar aholisiga yetkazib berishga asoslangan. Hozirda respublikamizda Tuyamo‘yin- Taxtako‘pir-Qo‘ng‘irot, Urganch - Mang‘it, Damxo‘ja - Navoiy -Buxoro, Dehqonobod–Guliston-Yangiyer, Xonobod-Yangiyer, Xonobod- Andijon, Uchqo‘rg‘on - Namangan, Shahrisabz-Qarshi - 42 - Muborak, Xojaipak- Termiz mintaqalararo suv quvurlari ishlab turibdi. Mazkur viloyatlar suv ta’minotiing umumiy tizimida ushbu mintaqalararo suv quvurlarining ulushi
40% dan oshiqdir.
Qishloq aholisining ichimlik suv bilan eng ko‘p ta’minlangan Sirdaryo viloyatida 92,7%, Toshkent viloyatida 91,7%, Andijon viloyatida 87,6%, Farg‘ona viloyatida 88,5% va Namangan viloyatida 70,2% kuzatiladi. Buxoro viloyatida bu ko‘rsatkich 48,2%, Xorazm viloyatida 65,1%, Navoiy viloyatida 64,4% va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 79,1% bo‘lgani bois, qishloq aholisining ichimlik suv bilan ta’minlanish darajasi hamon pastligicha qolmoqda.
Tahliliy natijalar respublikaning ayrim mintaqalaridagi qishloq aholisining ichimlik suvi bilan kam ta’minlanganligining asosiy sababi mahalliy hokimliklar tomonidan ana shu tadbirlarga yetarlicha mablag‘ ajratilmayotganligi ekanini ko‘rsatadi va bu ijtimoiy adolat masalasining dolzarblashuviga sababchi bo‘lishi mumkin.
Shuni alohida aytib o‘tish joizki, mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimida 2007-yildan boshlab yangi bir samarali ish boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25 avgustdagi PQ-451-sonli "Milliy g‘oya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi va 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-sonli "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorlarining ijrosini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi
mamlakatimizning barcha viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shahrida bo‘lib, bevosita aholi vakillari bilan uchrashdi, ijtimoiy muammolarning holatini chuqur o‘rgandi. Shu asosda monitoring rejimida sotsial soha muammolarining joylarda hal etib borilishi uzluksiz kuzatuv va nazoratga olindi. Bu chora-tadbir davlat idoralari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish sohasidagi amaliy ishlardan biri bo‘ldi deyish mumkin. Fuqarolik jamiyatining bu kabi institutlaridan oqilona tarzda foydalanish o‘z samarasini bermasdan qolmaydi, albatta.
Kuchli davlatdan-kuchli jamiyatga o‘tishdagi ijtimoiy siyosat dunyo davlatchiligi tizimiga jiddiy o‘zgarishlar kiritmoqda. Mustaqillikning birinchi kunidanoq O‘zbekistonda islohot- islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi Prezident Islom Karimov tomonidan olg‘a surilgan edi. Uning mazmun-mohiyati yil sayin takomilashmoqda. Butun dunyoda “o‘zbek modeli” sifatida tan olingan ushbu tizimning asosiy tamoyillaridan biri-kuchli ijtimoiy siyosat. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan ijtimoiy siyosatning naqadar adolatli ekanligini rivojlangan davlatlar ham e’tirof etmoqda. Ijtimoiy sohadagi bunday izchil siyosat sohadagi sotsial muammolarni bartaraf etish maqsadida “ijtimoiy ish” xodimlari mutaxassislarni mahsadli tayyorlashni taqoza etdi. Agar XX asr boshlarida dunyo davlatchiligida totalitarizmining kuchayishi kuzatilgan bo‘lsa, XXI asr boshlariga kelib butunlay teskari hol, ya’ni davlatning jamiyat ijtimoiy taraqiyoti uchun mas’ul bo‘lishga intilishi oshganligi ko‘zga tashlanadi. Bu avvalo, jamiyat rivojining ob’ektiv qonuniyatlari davlat tomonidan e’tirof etilishida ko‘zga tashlanmoqda.
Ijtimoiy siyosat tizimi ham jamiyatning yashash qonuniyatlari doirasiga kiruvchi jarayon bo‘lib, u hozirgi zamon davlatchiligining o‘ziga hos demokratlashuvidagi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Taraqqiyotning asosiy tamoyillaridan biri-jamiyatning barcha nochor tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish edi. Bu hol dunyo davlatchiligidagi mutlaqo yangi hodisa. O‘zbekiston o‘zi tanlab olgan yo‘l erkin bozor iqtisodiyotiga
asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan bosqichma – bosqich olg‘a borish g‘oyasini ochiq e’lon qildi. Agar diqqat qilinsa, ijtimoiy taraqqiyotning ushbu besh tamoyili jamiyatning barcha tabaqalari taraqqiyotiga yo‘naltirilgan, ya’ni jamiyatda keskin tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaslikka, mamlakatning umumiy ijtimoiy taraqqiyoti barqaror rivojlanishiga qaratilgan.
Tamoyillardagi “Jamiyatning kam ta’minlangan tabaqasini ijtimoiy himoya qilish” masalasiga e’tiborni qaratsak. Uni taraqqiyot va demokratiyaga erishgan bugungi Yevropa mamlakatlari ham o‘z vaqtida chetlab o‘tgan edilar. Biroq, O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat, avval boshdanoq davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun aniq dasturlar ishlab chiqilib amalga oshirila boshladi.
Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning ijtimoiy rivojlanish kontseptsiyasini e’lon qilib, unga ko‘ra, ijtimoiy taraqqiyotni uch yo‘nalishda amalga oshirish zarurligini ko‘zda tutgan edi:

  1. jamiyat hayotini demokratlashtirish;

  2. iqtisodiyotda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor tizimiga o‘tish;

  3. shahs ma’naviyatini takomillashtirish.

Bu jamiyat taraqqiyotining butunlay yangicha tamoyillarga asoslangan kontseptsiyasi, ya’ni mustaqillik davrida mamlakatdagi siyosiy o‘zgarishlarga mos ravishda ihcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy tizim yaratishga qaratilgan aniq dastur edi.
Shu maqsad yo‘lida istiqbolni belgilashda barcha fuqarorlarning hamkorligiga, umummilliy yakdilligiga erishish, shu tariqa islohotlarning har tomonlama chuqurlashishi uchun qulay sharoitni vujudga keltirish va uni barqaror saqlab turish talab etildi. O‘zbekiston ijtimoiy siyosatda ana shu aniq natijaga asosan erishdi. Bu real yo‘nalishga ega bo‘lgan amaliy bosqichdir. Ijtimoiy islohotlar kontseptsiyasi, O‘zbekistonda ularni amalga oshirishning asosiy bosqichlari jamiyatda aynan barqarorlik va havfsizik kafolatlari mustahkamlanishga qaratildi. Natijada O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida barqaror
o‘zgarishlarga erishildi. Bu avvalo, inson omilini faollashtirishiga asoslanganligi bilan o‘ziga xosdir. Jahon ekspertlarining xulosalariga ko‘ra, aynan ushbu kontseptsiya O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga jadal kirib qolishiga asos bo‘ldi. Xususan, yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan turli davlatlar ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha e’lom qilgan qiyosiy tadqiqot natijalari fikrimizni tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarish jamiyat tabaqalarining manfaatlarini himoya qilishda amaliy ahamiyat kasb etishi zarur. Aynan ushbu ijtimoiy talab bajarilsagina O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri-ijtimoiy totuvlik saqlanadi. Ijtimoiy totuvlik jamiyat va inson taraqqiyotining muhim jihatidir. Shu jihatdan, ijtimoiy siyosat o‘z barqaror yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Uning O‘zbekistonda quydagi jihatlari namoyon bo‘lmoqda:

  • Iqtisodiy rivojlanish;

  • Ma’naviy va madaniy rivojlanish;

  • Aholi sog‘ligining yaxshilanib borishi;

  • Huquqiy muhitning yaratilganligi;

  • Atrof muhit muhofazasi;

Inson omilini tashkil qiluvchi ushbu yo‘nalishlar, oxir oqibatda fikrimizcha, O‘zbekistonda qaror topayotgan demokratik tartibot va ijtimoiy barqaror taraqqiyotga asos bo‘layotir.
Ijtimoiy totuvlik bo‘lgan jamiyatdagina kuchli ijtimoiy siyosat yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. Ammo ijtimoiy totuvlik o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi. Zero, har qanday jamiyatda turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida ma’lum ma’noda ijtimoiy “qutblashish” mavjud bo‘ladi. O‘zbekiston jamiyatida ular quyidagilar:

  • Boylar va kambag‘allar orasida;

  • Ko‘pmillatli aholining etnik guruhlari orasida;

  • Aholining diniy guruhlari orasida;

  • Markaz va mintaqalar orasida;

  • Erkaklar va ayollar orasida;

  • Turli avlodlarga mansub fuqorolar orasida.

Bu tafovutlar O‘zbekiston jamiyatiga ham xos. SHu sababli ushbu tafovutlarni qisqartirish chora-tadbirilarini ko‘rish, jamiyatda adolatli mulkiy munosabatlarni o‘rnatish ijtimoiy siyosatning tub maqsadlaridandir. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham shular jumlasidandir. Jamiyatning keskin tabaqalanib ketishiga yo‘l qo‘maslik lozim. Bulardan qilinadigan xulosa shuki, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik qat’iy boshqaruv siyosatini taqozo etadi. Ayrim hollarda bunday siyosat demokratik jarayonni bo‘g‘ish, deb noto‘g‘ri talqin qilinadi. Lekin, O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkinki, boshqaruv tizimining qat’iyligi ijtimoiy totuvlikning bosh manbai sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng quyidagi sohalarda qat’iy intizom o‘rnatildi:

    • iqtisodiyotda ishlab chiqarishning keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    • islohotlar davrida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash;

    • jamiyat umummanfaatlariga mos ijtimoiy siyosat yurgizish.

Jamiyat bir holatdan boshqa bir yangi holatga o‘tayotgan paytda bunday ijtimoiy siyosat yurgizish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun ijtimoiy taraqqiyotning strategik yo‘nalishlari to‘g‘ri belgilab olinishi zarur.
Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy kafolatlar tizimining yuzaga kelishidagi omillardan yana biri huquqiy islohotlarning amalga oshirilishidir. O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida bu masala doimo kun tartibida turibdi. Huquqiy islohotlarni o‘tkazmasdan turib, jamiyatda kuchli ijtimoiy kafolot tizimini yuzaga keltirish mushkul. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning asosiy vazifalari quyidagilar qilib belgilandi :

      • yangi iqtisodiy sharoitlarga mos kuchli davlat boshqaruvini amalga oshira borish;

      • qonun himoyasida turuvchi va uning tadbiq etilishini ta’minlovchi huquq-tartibot organlarining samarali tizimini yaratish va uni takomillashtirish;

      • fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

      • inson va fuqaro huquqlarini himoyalash, umumfuqaro va millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlik himoyasini ta’minlab borish.

Huquqiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan O‘zbekiston hukumati kuchli ijtimoiy siyosat uchun poydevor hozirladi. Natijada ijtimoiy siyosatning o‘zida ham barqarorlik va izchillik yuzaga keldi.
Ijtimoiy kafolat tizimi shakllantirildi va iqtisodiy islohotlar bosqichma- bosqich, olib borildi. Bunda quyidagi yo‘nalishlar e’tiborda turdi:

      • korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish;

      • demonipoliyalashtirish va raqobatni imkoni boricha kengaytirish;

      • milliy iqtisodning barcha tarmoqlari va sohalarida xususiy ishbilarmonlikni tiklash va rivog‘lantirish;

      • davlat korhonalarining faoliyatini takomillashtirish;

      • bozor infrastrukturasini shakllantirish;

      • ichki iqtisodiyot va tashqi tijoratni erkinlashtirish sharti sifatida narx-navolarni erkinlashtirish;

      • davlat mulkchiligi va uning qurilmalarini isloh etish;

      • dehqon fermer xo‘jaliklarini yiriklashtirish va ularning huquqiy bazasini yanada takomillashtirish.

Iqtisodiy islohotlarning rejali olib borilishi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining jahon andozalari darajasiga yetishiga va ayni vaqtda o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishiga olib keldi. Nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi va zamon talabiga muvofiq keladi. Bu ijtimoiy siyosatning tadrijiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan jihatlar quyidagilar:

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish