Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti


-mavzu: Kuchli ijtimoiy siyosat va rahbarlik faoliyati



Download 180,82 Kb.
bet9/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

7-mavzu: Kuchli ijtimoiy siyosat va rahbarlik faoliyati


Prezident Islom Karimov tomonidan kam ta’minlangan olilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risidagi bir qancha Farmonlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini olib qaraydigan bo‘lsak, Respublikamiz aholisining ijtimoiy turmush darajasini yaxshilashga qaratilganligini ko‘ramiz. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarni davlat nafaqa ta’minoti to‘g‘risidagi qonuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi kunda pensionerlar uch turga bo‘linadilar:

  1. Yoshga doir pensionerlar (nafaqalar).

  2. Nogironlik bo‘yicha pensionerlar.

  3. Boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensionerlar.

Birinchi turdagi toifa bo‘yicha yoshiga doir nafaqa olish huquqi erkaklar 60 yoshga to‘lganda va staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi. Ayollar esa 55 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda nafaqa olish huquqiga ega. Imtiyozli nafaqa yoshi 5 yilga qisqartirilgan. Ayollar yili munosabati bilan ayollarga nafaqaga chiqish yoshi yana bir yilga kamaytirilgan.
Ikkinchi turdagi nogironlik nafaqalari mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan hollarda qonun boyicha tayinlanadi.
Uchinchi turdagi boquvchisini yo‘qotgan odamlarga mehnatga yaroqsiz holda qonun bo‘yicha nafaqa tayinlanadi. O‘zbekistonda nafaqalar pensionerlarga aloqa (pochta) xizmati xodimlari orqali uylarga yetkazib beriladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy yordam oluvchilarning ulushi juda yuqori va bu tizim Germaniya tizimiga juda yaqindir. Bizning qonunchiligimizda jismoniy shaxslarning nafaqa jamg‘armasiga zarur badallarning faqat 4 foizini to‘laydilar,
96 foizi esa yuridik shaxslar zimmasiga tushadi. SHu bilan bir qatorda nogironlarga ta’lim tarbiya berish, salomatligini muhofaza qilish, mehnatga qobiliyatli bo‘lgan nogironlarni esa ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor kuchaytirilgan.31 Tarixdan ma’lumki, mehnatga yosh chegaralari ijtimoiy va




18 Qarang: O’sha manba.
31 Qarang: “O’zbekiston Respublikasining Davlat pensiya to’g’risida”gi Qonuni. –T., 1993. B. 42
iqtisodiy sabablarga ko‘ra qonunlar asosida o‘zgarib turgan. CHunonchi 1929- 1933- yillarda 14 yosh mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo‘lgan, 1937-yilga kelib, u 15 yoshga ko‘tarilgan. Urush yillarida yosh chegarasi yana
14 yoshga tushirilgan. Urushdan keyingi yillarda esa toki 1995-yilning oxirigacha 16 yoshni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi 16 yoshdan 15 yoshga tushirilishi taklif etilgan, lekin me’yor hali O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunda o‘z aksini topmagan. Hozirgi vaqtda mehnatga layoqotli yoshning quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh, ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi.
Yosh chegarasi erkaklar 60 yoshga, ayollar esa 55 yoshga yetgandan so‘ng nafaqa olish huquqi bilan belgilanadi. Biroq bu qoidada istisno ham bor. Organizmga yuksak ruhiy fiziologik bosimlar bilan bog‘liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun nafaqa chizig‘i sezilarli ravishda 5-10 yilga, ba’zan undan ham ko‘proq qisqaradi.
O‘zbekiston hozirgi kunda 20 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan va 54 yoshga yetgan barcha ayollar, 25 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan va 60 yoshga to‘lgan erkaklar qarilik nafaqasiga chiqish huquqiga egadirlar.
O‘zbekistonda 2000-yilda nafaqaga chiqqan ayollar o‘rtacha 73,5 yil, erkaklar esa 68,2 yil umr ko‘rishar ekan.32 2007-yilgi statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘rtacha umr ko‘rish ayollar o‘rtasida 74 yosh, erkaklar esa 72 yil umr ko‘rishi keltirilmoqda. O‘zbekistomda boshqa xorijiy mamlakatlar fuqarolariga nisbatan ayollar 8 yil, erkak esa 4,5 yil oldin nafaqaga chiqadilar. Xorijiy davlatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda barcha toifadagi harbiy, ichki ishlar va havfsizlik xizmatchilaridan nafaqa jamg‘armasining daroamd qismida qatnashuvi umuman talab qilinmaydi. Bundan tashqari ba’zi bir og‘ir, sog‘liqqa zararli sohada ishlaydigan kasb egalari, ko‘p bolali ayollar,


32 Qarang: Naseleniye Respubliki Uzbekistan (1991-2001 gg.). T., 2001. C 198
o‘qituvchi va tibbiyot hodimlari, Ichki ishlar vazirligi xodimlari ham imtiyozli nafaqaga chiqish huquqiga egadir.
Bolalarga nafaqa ularning yoshiga, ota-onalar toifasiga va oila daromadiga qarab belgailanadi. Ishlovchi ota-onalarning bolalariga nafaqa ish joyidan, ishlamayotgan ota-onalarning bolalariga mahallalar tomonidan, ota- onasiz va vasiylikdagi bolalarga Xalq ta’limi idoralaridan belgilanadi. Bolalar uylari va internatlari, nogironlar va yakka yolg‘iz qariyalarning “Mehribonlik” uylari va “Qariyalar oromgohlari” davlat byudjeti hisobidan ta’minlanmoqda.
Respublikamizda hozirgi paytda 30 xil turdagi imtiyozlardan 15 toifadagi fuqarolar foydalanmoqdalar. Imtiyozlar birinchi navbatda nogironlarga, urush qatnashchilariga, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga, yolg‘iz keksalarga, Respublika xalq xo‘jaligini, fan va madaniyatni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan, respublika oldida alohida xizmatlari bo‘lgan fuqarolarga berilmoqda.
Imtiyozlardan yana biri-yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironlarga uylarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishdir. Bu ish O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot idoralarining maxsus xizmat bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilgan davlat ijtimoiy yordamlaridan tashqari, respublikamizda norasmiy ijtimoiy yordam ko‘rsatishning merosiy, an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo‘shnichilik, mahallladoshlik, yor-birodarchilik yordamlari, ya’ni xalqimizning milliy urf- odatlari tashkil etadi.
Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo‘jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar nafaqaga qo‘shib berilayotgan qo‘shimchalar, muhtojlarga ko‘rsatilayotgan otaliq yordamlari, bayram va Hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, yolg‘iz muhtoj keksalar uchun tekinga uyushtirilayotgan tushliklar kabi hayr-ehsonlar esa milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko‘rinishidir.
Bundan tashqari, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda davlat xizmati idoralari hamda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda.
Shu bilan birga mihim o‘zgarishlarni talab etadigan muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozim. Xususan, kasaba uyushmalari (profsoyuzlar) rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy muhofaza qilish uchun korxona egalariga – ish beruvchilarga doimo bosim, ta’sir o‘tkazib keladi. Bizda unday emas.
Demak, nodavlat jamoat tashkilotlari, xususan kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchga aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lishi lozim.
Biz barpo etayotgan demokratik jamiyatda uning asosiy boyligi – insondir. O‘tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog‘liq. Bu haqda Prezident Islom Karimov shunday ta’kidlaydi: “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. 45 Albatta, bu g‘oyani amalga oshirish uchun “Kuchli siyosiy tizim va omili lozim” edi. O‘zbekiston “Adolatli demokratik huququqiy davlat qurishni o‘zining eng birlamchi va muhim vazifalaridan biri sifatida belgiladi”. 46
Shunisi ham borki, jamiyatda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni ta’minlash o‘tish davrining eng muhim va asosiy vazifasidir. Ammo siyosiy barqarorlikning o‘zi yetarli emas. Bu haqdagi qarashlarga e’tibor beraylik. Jumladan, R.Z.Jumayev shunday yozadi: “Siyosiy tizimda barqarorlikni ta’minlashda katta ijtimoiy guruhni hisobga olish lozim bo‘ladi. Agar sobiq SSSR da bunday guruhni “Inqilobchi ishchilar sinfi” tashkil qilgan bo‘lsa… demokratik jamiyat qurish sharoitida esa bu guruhni o‘rta sinf tashkil qiladi. Davlat shunday kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo‘ladi, o‘rta sinf esa jamiyat taraqqiyotining texnologik, texnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omili sifatida namoyon
bo‘ladi ”.47 Demak, o‘rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy – siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchdir. SHu ma’noda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamiyat manfaatlarini ifodalovchi omildir. YUqorida keltirilgan fikrga ko‘ra jamiyat manfaatlari to‘rt jihatdan qondirilgan taqdirda ijtomoiy-siyosiy barqarorlik keng ildiz otadi. Bular:

  1. texnologik yangilanish;

  2. texnikaviy taraqqiyot;

  3. ilmiy kashfiyotchilik;

  4. ma’naviy-psixologik omil.

Bu to‘rt masala bugungi dunyo ilg‘or jamiyatlarining rivojlanishida 60-80 yillarda muhim rol o‘ynaganligini eslash kerak. XX asrning II yarmidan boshlab rivojlangan mamlakatlar bu omillar vositasida barqaror tizimga aylana bordi va kuchli muxolifatchilik o‘rnini kuchli hamkorlik egalladi. Bu hol YEvropa mamlakatlari va AQSH tajribasida ko‘zga tashlanadi.
O‘z navbatida, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’sirchan vositalari nimalardan iborat degan savol tug‘iladi. O‘zbekiston jamiyatida bu omillardan biri ijtimoiy himoyalashdir. Ijtimoiy himoya jamiyat negizini saqlab qolish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Unda milliy va siyosiy birlikning saqlanishidek omil mavjud. Zero, rivojlanayotgan jamiyatda barqarorlik xavfi paydo bo‘lishi tabiiy. Hozirda O‘zbekistonda jamiyat rivojlanishining muhim bosqichi davom etmoqdaki, bunda uning xavfsizligini ta’minlash ham zaruriyat hisoblanadi. Prezident Islom Karimov: “O‘zbekistonda ozod va obod Vatan taraqqiyoti uchun quydagi xavflar mavjud48”,-deb takidlagan edi.


  1. Download 180,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish