Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan hovlili kompozitsion tuzilishga EGA turar-joylar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi0,63 Mb.
#885835
  1   2   3   4
Bog'liq
3782-Article Text-7416-1-10-20220624



Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan 
hovlili kompozitsion tuzilishga ega turar-joylar 
 
Nazokat Jumanazarovna Kariyeva 
nazokatkarieva679@gmail.com 
TAQI 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Xorazm vohasidagi turar-joy me’morchiligiga 
oid bo’lgan bir qancha me’moriy yodgorliklar haqida so’z yuritiladi. 
 
Kalit so’zlar: 
hovlili kompozitsion yechim, hovli-saroy, turar-joy, CHodra 
hovli, Nurullaboy saroyi, Tosh hovli, Ulli hovli, minorasimon istehkom, ayvon. 
Housing with a courtyard composite structure formed in 
Khorezm in the late XIX and early XX centuries
 
 
Nazokat Jumanazarovna Karieva 
nazokatkarieva679@gmail.com 
TAQI 
Abstract: 
This article discusses a number of architectural monuments related to 
residential architecture in the Khorezm oasis. 
Keywords:
courtyard composition solution, courtyard-palace, dwelling, Chodra 
courtyard, Nurullaboy palace, Stone courtyard, Ulli courtyard, tower fort, porch. 
Xorazm vohasida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida hukmronlik qilgan 
Muhammad Rahimxon II davrida Xiva har tomonlama rivojlangan. Qo’rg’on shahar 
Ichan qal’ada ulug’vor binolar, hashamatli saroylar, osmon o’par minoralar, ko’plab 
madrasa va masjidlar bilan bir qatorda shahardan tashqarida Deshan-qal’adagi bog’-
rog’larda, shahar atrofida saroylar bilan bir qatorda xon va beklarning dala hovlilari, 
uylari qurilgan. Ular bir-biridan kompozitsion yechimlari va xilma xilligi bilan ajralib 
turgan. 
Hovlili turar joy binolari Xorazm vohasida xon va zodagonlarning bahor, yoz va 
kuz oylarida xordiq chiqarish va yashashga mo’ljallanib, katta bog’ o’rtasida qurilgan 
binolardir. Hovlilarda xon va beklarning o’zlari va oilalari hamda xorijdan kelgan 
elchilar yashab ketishgan. Dala hovlilarda erkaklar va ayollar yashaydigan tomonlar 
ajratilib, maxsus ayvon va supalar bo’lgan. Bog’larida esa manzarali daraxtlar, ta’rifi 
yetti iqlimga ketgan totli mevalar yetishtirilgan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
298


Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarda shakllangan turargohlarni 
quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 
1.
Hovli-saroy sifatidagi turar-joylar - rezidentsiya va yashash uchun 
foydalanishga mo’ljallangan. 
2.
Mavsumiy turar-joylar - yilning turli vaqtlarida yashash va dam olish uchun 
foydalanishga mo’ljallangan. 
3.
Qo’rg’on-uy sifatidagi turar-joylar - mudofaa va yashash uchun foydalanishga 
mo’ljallangan.
Misol tariqasida Xorazmda hovli-saroyli kompozitsion yechimdagi turar 
joylarga Ichan qal’ada joylashgan Ollaqulixon “hovli-saroy” uyi - Tosh hovlini
Deshan-qal’ada joylashgan Nurullaboy saroy majmuasi yodgorligini, mavsumiy 
turargoh sifatida Xiva tumanida joylashgan CHodra hovli dam olish uyini va 
qo’rg’on-uy sifatida shakllangan Ulli hovli majmuasini keltirish mumkin. 
Xorazmda bunday tipdagi hovli uylarning ko’pchiligi urushlarda, inqilob 
yillarida yo’q bo’lib ketgan. Qolganlari tariximizning tirik guvohi sifatida hamon 
xizmat qilib kelmoqda. 
Tosh hovli saroyi.
Nurullaboy saroy majmuasi kompozitsiyasidan keskin farq 
qiladigan yana bitta hovli-saroy tipidagi majmua Ichan qal’ada joylashgan Tosh hovli 
saroyidir. Bu saroy Ollaqulixon tomonidan bunyod etilgan bo’lib, u bir qancha 
funktsiyaviy vazifalarni bajargan: davlat hukmdori va oilasi uchun yashash, 
xukmronlik qilish, mehmonlarni kutib olish va davlat kuch-qudratini ko’rsatish 
maqsadida qadimiy muhtasham saroylar bunyod etish an’anasi asosida shakllangan. 
Saroy xon va ularning yaqinlari yashaydigan, davlat xizmatlari bajariladigan joy 
hisoblangan. Shu boiski, yaxlit me’moriy holda bizgacha etib kelgan. 
Hovlili kompozitsiya tipidagi bu obida me’morchilik ornamenti va monumental 
amaliy san’at sohasida xalq ustalari erishgan eng yaxshi yutuqlari haram devorlari 
bezagida o’z ifodasini topgan. Ayvon devorlaridagi katta sirkor pannolarning 
o’simliksimon gireh naqshlari, ulardagi bezaklar bir biriga uncha o’xshamaydi. 
Ustunlardagi va eshiklardagi yog’och o’ymakorligi esa ayniqsa nafis bajarilgan. 
Serhasham hovliga bo’ylab joylashgan qaznoq, dolon va bolaxonalar 
joylashgan. Xotinlar ayvonini xon turar joyi bilan birlashtiruvchi dolon faqat tepadagi 
tuynuklar bilan biroz yoritilgan. Ko’rinishxona yoki arzxonaning xovlisiga borish 
uchun bir qancha yarim qorong’i dolon-xonalarni bosib o’tish kerak bo’lgan. 
Saroyning navbatdagi qurilgan joyi mehmonxona binosidir. Uning tuzilishi Tosh 
hovlidagi arzxonaga va Ko’hna Arkdagi ko’rinishxonaga o’xshab ketadi. Tosh hovli 
saroyi yillar natijasida bir necha bor ta’mirlangan. Tosh hovli saroyining 
mehmonxona va arzxona qismlari 2001 yili qayta ta’mirlanib, sayohatchilarga 
namoyish qilish maqsadida ochildi. Ushbu hovlilarda “Devonbegi”, “Mirzo” va 
“O’tov” interьerlari joylashgan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
299


Tosh hovli saroyi tarxi (1830-1832 yillar) 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish