Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan hovlili kompozitsion tuzilishga EGA turar-joylar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi0,63 Mb.
#885835
1   2   3   4
Bog'liq
3782-Article Text-7416-1-10-20220624

Nurullaboy saroyi majmuasi. 
Xiva shahrida joylashgan
 
Nurullaboy saroyi 
kompozitsiyasida o’zbek uy joy qurilishi, xovlilar tuzilishiga doir an’anaviy 
hususiyati: ichkari va tashqari xovlilar tuzilishi kabi, o’zining murakkab ifodasini 
topgan va murakkab me’moriy majmuaga aylangan.
 
Bu saroy Xivani so’ngi xonlaridan biri Muhammad Raximxon II (Feruz) 
tomonidan o’z valiahdi 1871 yilda tug’ilgan Asfandiyorxonga atab 1901-1908 
yillarda qurilgan. 1912 yilda Moskva arxitektori Roopning bevosita ishtiroqi bilan 
Asfandiyorxonning rasmiy qabullar saroyi qurilgan. Aynan shu yili Nurullaboy 
saroyining shimoli-g’arbiy burchagida 17 xonali va ayvonli imorat qo’shib quriladi, 
bog’-hovli burchagida esa ho’jalik xonalari qurilgan.
 
Saroy Xiva xoni Feruz tomonidan qurilgan bo’lsada, uning nomi “Nurullaboy 
saroyi” deb ataladi. Sababi, saroy qad ko’targan joyda, avval Nurullaboy bog’i nomi 
bilan mashhur katta bog’ bo’lgan. Bu bog’ni Nurullaboy ismli boy barpo qilgan va 
unda turli hildagi mevali hamda har hil manzarali daraxtlar, o’simliklar va gullar o’z 
joyini topgan holda, chiroyli qilib ekilgan va bog’ o’rtasida sakkiz burchakli xovuz 
joylashgan. Hovuzning janibi-g’arbida Nurullaboy turar joylari joylashgan bo’lgan. 
Bu bog’ga ishqi tushgan Muhammad Rahimxon II Nurullaboydan bog’ni unga 
sotishini so’raydi va shu joyda o’g’li Asfandiyorxon uchun saroy qurish niyati 
borligini aytadi. Shunda Nurullaboy agar sotadigan bo’lsa, shu joyda uning nomi 
saqlanib qolsagina sotishini bildiradi. Xon bunga rozi bo’ladi. Shu bilan bu joy 
Nurullaboy saroy-bog’i deb atalib kelgan. Xon esa, bu bog’ni sotib olgach, birinchi 
navbatda saroy qismini qura boshlaydi.
 
Nurullaboy saroy-bog’i katta majmuani tashkil etadi. Unda yirik binolardan 
tortib, oddiy binolargacha bor. Majmuada to’qqizta katta va kichik binolar mavjud. 
Bular: asosiy bino bo’lmish - saroy, qabulxona, arzxona, madrasa, hizmatkorlar va 
soqchilar uchun turar joy, gulxona, xolis xovlilardan va darvozaxonadan iborat. Saroy 
majmuasi tashqi dunyodan tepasi qo’ng’ira qilib ishlangan, burjli baland g’ishtin 
devorlar bilan ajratilgan. U to’rtta hovlili bo’lib, ular perimetral qurilgan binolar va 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
300


ustun-to’sinli ayvonlardan tashkil topgan. SHu bilan inshootlar kompozitsion 
yahlitlikga ega bo’lgan. 
 
Nurullaboy majmuasiga tegishli turar-joy hovlisi umumiy ko’rinishi 
Nurullaboy saroyi kompozitsiyasida o’zbek uy joy qurilishi, xovlilar tuzilishiga 
doir an’anaviy hususiyati: ichkari va tashqari xovlilar tuzilishi kabi, o’zining 
murakkab ifodasini topgan va murakkab me’moriy majmuaga aylangan.
 
Saroyda Xiva monumental arxitekturasi tamoyillari va ovrupo arxitekturasining 
ta’siri uyg’unlashtirib qurilganligi ko’zga tashlanadi. 
Saroy ichki inter’eri 
Saroy qurilishda mahalliy ustalar bilan bir qatorda, rus injenerlari, Xiva yaqinida 
turuvchi olomon kolonistlari ham qatnashgan. Lekin asosiy ishlar xorazmlik ustalari 
tomonidan bajarilgan. Ular orasida: g’isht teruvchi Quryoz Bobojonov, ganch 
o’ymakorlari: usta Nurmat, Xudoybergan Xoji, Ro’zmat Masharipov, yog’och 
o’ymakorlari: Bobojon Qalandarov, Ismoil Abduniyozov, Ota Shixov va boshqalar 
bor edi. Shuning uchun saroy kompleksi quruvchi ustalar mahorati, ularning 
umumlashuvi natijasining Xiva me’morchiligidagi ko’zga ko’ringan mahsuloti 
sifatida namoyon bo’ladi. 
Nurullaboy saroy majmuasi umumiy xajmi; - 185,6 x 143m, qabulxona o’lchami 
- 27,8x32,1m, arz xona - 52x71 m, saroy - 87,1x65m, saroyning tashqi devor 
balandligi - 7,5m, asosiy peshtoq balandligi - 10 metr. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
301


Nurullaboy saroy majmuasi tarkibiga kiruvchi Asfandiyorxon saroyi 
umumiy ko’rinishi 
Nurullaboy saroy majmuasi tarkibiga kiruvchi Asfandiyorxon saroyi tarxi.
1-soqchilar uchun xona; 2- tadbirlar o’tkaziladigan xona; 3-mexmonlarni qabul 
qilish xonasi; 4-kutish xonasi; 5-musiqa eshitish xonasi; 6-dam olish xonasi. 
Chodra hovli. 
XIX asrlarda Xiva tumanida qurilgan to’rt qavatli “Chodra hovli” 
dam olish uyi hovli-saroy andozasida qurilgan bo’lib, shahar tashqarisidagi xon 
avlodlarining turar joy binosi vazifasini ham bajargan. Hovli-saroy Xivadan 11 km 
sharqda Yangiariq yo’li bo’ylab joylashgan. Noyob shaklga ega bino 1871 yilda 
Muhammad Raximxon tomonidan yozgi qarorgoh sifatida qurilgan. 
Inshoot ko’p qavatli sidirg’a turar joy binolarining yo’q bo’lib ketgan noyob 
namunalaridan hisoblanadi. Tuzilishi jihatidan yodgorlik xom g’isht va paxsa 
konstruktsiyasi asosida to’g’ri burchak minorasimon istehkom shaklida hovli-bog’ 
kompozitsiyasining namunasidir. Qariyalarning aytishicha hovli ikki yuz yil ilgari 
qurilgan, ayrim manbalar inshootni XIV - asr boshlarida qurilganligi to’g’risida 
dalolat beradi. Olloqulixon (1825-1842) va Muhammad Rahimxon Feruz davrida 
qayta ta’mirlangan. 
Balandligi 30 metrga yaqin bo’lgan bu bino tashqi ko’rinishidan minoraga ham 
o’xshab ketadi. Chodra hovli maydoni 8 gektarga ega bo’lgan xonning Sayot bog’i 
hududida joylashgan. Chodra hovli binosi yuqoriga dinamik ravishda torayib borishi, 
hamda proportsiya jihatidan gormonik asosda qurilishi bilan Xorazmliklar uy-joy 
qurilishining noyob turi sifatida qiziqarlidir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
302


Bugungi kunda yuqoridagilardan tashqari hovli atrofida an’anaviy uslubdagi 
zamonaviy choyxona va mehmonxona joylashgan. 
Chodra hovlining xozirgi holatidagi ko’rinishi 
Chodra xovlining arxitekturaviy-rejaviy va konstruktiv yechimlari to’g’risida 
to’xtalib o’tadigan bo’lsak, hovli to’rt qavatli qilib 24 qator paxsa devor bilan 
tiklangan. Uning barcha qavatlaridagi xonalari to’rt tamonga (derazalari orqali) 
ochilib, har bir xona yonida ayvoncha bo’lgan. Ayvonchalarning fasadlari shimol va 
sharqka qaragan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish