Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Senz – Fransiyadagi pul rentasi. Dehqon-senzitariylar har yili yer – senziva, ijarasi uchun toʻlanadigan renta soligʻi. Senzitariy



Download 1,74 Mb.
bet159/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Senz – Fransiyadagi pul rentasi. Dehqon-senzitariylar har yili yer – senziva, ijarasi uchun toʻlanadigan renta soligʻi.
Senzitariy – Fransiyada shaxsan ozod boʻlgan sinziva egalari. XII-XIII asrlarda keng tarqalgan.
Senziva (lot. census – mulkni birovga xatlab berish) – yer maydoni, Fransiyada dehqonlar ijaraga olgan yer. Ijaraga olgan shaxs (senzitariy) har yili pul bilan renta (senz) toʻlagan. S. XII-XIII asrda keng tarqalgan. Bu hol dehqonlarning shaxsiy qaramlikdan ozod boʻlishi bilan bogʻliq edi. S. va boshqa feodal majburiyatlar buyuk fransuz inqilobidan soʻng Konventning 1793-yil 17-iyuldagi qaroriga koʻra bekor qilingan.
Serpantina – otlar yordamida tortilgan artilleriya quroli. Zambarak ikkita gʻildirak yordamida harakatlangan. S.lar XV asrda keng tarqalib, ular harakatlanadigan dala toʻplarining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan.
Servaj (lot.servus – qul) – Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlar davri feodal qaramligining bir koʻrinishi boʻlib, ular shaxsan erkin boʻlishi bilan birga ularning shaxsiy va fuqarolik huquqlari cheklangan. M.Blokning koʻrsatishicha, S. Fransiyada X-XI asrlarda vujudga kelgan.
Servlar (lot. servus – qul) – 1) Fransiyadagi erkin dehqonlar. Ular oʻz yeriga ega boʻlishib, senorga jon soligʻi (shevaj), nikoh soligʻi (formalyaj), oʻlim soligʻi va S.ga senor tomonidan qoʻyiladigan talya yoki mahsulot soligʻini toʻlashi majburiy boʻlgan. Ular villanlardan erkin nikohdan oʻtish va buyumlarini meros qoldirishi bilan farq qilgan. Yer egasi sifatida S.barshinani bajarishi, soliqlarni pul yoki mahsulot sifatida toʻlashi shart boʻlgan. Ular ham senorga sud jarimalari, bozorlar, yoʻllar, koʻpriklar va boshqalardan foydalanganliklari uchun soliq va toʻlovlarni toʻlashgan. XII-XIII asrlardan boshlab S. oʻz erkinliklarini sotib ola boshlagan. XIII-XIV asrlarda bu jarayon juda kuchayib, erkinlikning narxi senor va serv oʻrtasida belgilangan. XVI-XVIII asrlarda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qaramlikdan ozod boʻlgan, deyarli erkin (nikoh qurish, bir joydan boshqa joyga koʻchish huquqlariga ega boʻlgan) dehqonlar tushunilgan; 2) Vengriyada yerga biriktirib qoʻyilgan qullar avlodi.
Sex (nem. Zёche) – savdogar-hunarmandlar korporatsiyasi, bitta yoki bir necha kasb egalarining birlashmasi yoki oʻrta asrlar hunarmandlarining ittifoqi. S. ishlab chiqarishni rivojlantirish va tayyor mahsulotni sotishga yordam berish maqsadida yuzaga kelgan. Uning asosiy vazifasi S. a’zolarini, ustalarni sexga kirmagan hunarmandlardan, doimiy ishlab chiqarish raqobatidan va “sotish inqirozi”dan himoya qilish boʻlgan. Ishlab chiqarishni tartibga solib turish maqsadida ustalarning sonini cheklab turgan, shuningdek, dastgohlar va shogirdlarni sonini ham nazorat qilib borgan. S. nizomi mahsulot sifatini, ish vaqtini, ustalar sonini, tayyor mahsulotlarning narxini tartibga solgan. S. ustalarni xoʻjalikdan tashqari boʻlgan faoliyatini ham qamrab olgan. U hunarmandlarning butun hayotini – shaxsiy, oilaviy faoliyatini qamrab olgan. Har bir S.ning oʻz himoyachisi boʻlgan. Italiyada sexlar IX-X asrlarda, Fransiya XI asrda, Germaniya va Angliyada XII-XIII asrlarda yuzaga kelgan. Gʻarbiy Yevropaning bir qator davlatlarida S. tartibi XIII-XIV asrlarda rivojlangan. Ustalar sexi uch ijtimoiy qatlamdan iborat boʻlgan: usta, usta yordamchisi (xalfa) va shogird. Xalfa – bu oliy toifali pulga ishlovchi ishchi. Shogird – bu ustaga hunar oʻrgatgani uchun pul toʻlashi kerak boʻlgan shaxs. Xalfalar oʻzlarining manfaatlarini himoya qilish, oʻzaro yordam berish va ustalarga qarshi kurashish maqsadida oʻz tashkilotlari – kompanonaj va birodarliklarini tuzishgan. XIII-XV asrlarda Yevropaning bir necha shaharlarida S.larning shahar patrisiylariga qarshi kurashi boʻlgan. Shunday qilib shaharda hokimiyat uchun “S.” inqilobi boshlandi. Bir qator shaharlarda Kyoln, Florensiya, Bazel va boshqalarda S.lar gʻalabaga erishgan. XIV-XV asrga kelib ishlab chiqarish sekinlashdi. S.lar bir qadar boy va katta (“katta” yoki “keksa” deb nom olgan) va bir qadar kambagʻal (“kichik”, “yosh” deb nomlangan) S.larga boʻlinib ketdi. Bu asosan katta shaharlar – Florensiya, Perudja, Parij, London, Bazel va boshqa shaharlarga xos edi. Keksa S.lar yosh S.lar ustidan hukmronligini boshladi va oxir oqibat ular mustaqilligidan ajralib qoldi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish