Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Savdogar-avantyuristlar kompaniyasi, savdogar-tadbirkorlar kompaniyasi



Download 1,74 Mb.
bet157/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Savdogar-avantyuristlar kompaniyasi, savdogar-tadbirkorlar kompaniyasi – mamlakat tashqarisiga (Niderlandiya, Germaniya, Skandinaviya davlatlariga) movut chiqarish bilan shugʻullanuvchi Angliyadagi eng qadimiy kompaniyalardan biri. Genrix IV ning xartiyasi (1406-y) bilan markazi London boʻlgan kompaniyaning mustaqil faoliyati boshlangan. Kompaniyada asosiy rolni londonlik savdogarlar oʻynagan. Kompaniyaining asosiy omborxona bazasi Antverpenda boʻlgan. Yevropadagi savdo-sotiqda kompaniya Ganzaning asosiy raqobatchisi boʻlgan.
Savoyya – XI asrdan 1416-yilgacha Burgundiya qirolligi tarkibida boʻlib kelgan graflik. 1032-1034-yillarda “Muqaddas Rim imperiyasi” tarkibida boʻlgan. 1416-yildan gersoglikka aylangan. Uning oʻrta asrlar tarixi davri Pemont bilan bogʻliq boʻlib, bir necha marta u bilan birlashgan.
Sekstariy – Buyuk Karl davrida amal qilingan oʻlchov birligi boʻlib, suyuqlik va mayda (qum, urugʻ va boshqalar) narsalarni oʻlchash uchun ishlatilgan. 1/16 modiya yoki 3,2 litrga teng boʻlgan.
Sekta (lot. ta’limot, yoʻnalish) – hukmron cherkovdan chetlashgan diniy jamoa.
Sekulyarizatsiya (lot. secularis – dunyoviy) – davlatlar tomonidan cherkov yerlarining dunyoviy tartibda xususiylashtirish. VIII asr 1-yarmida Karl Martell tomonidan birinchi marta amalga oshirilib, shuning hisobiga benefitsiy yerlari fondi koʻpaytirilgan. Vizantiyada butparastlikka qarshi kurash sharoitida cherkov yerlari ochiq musodara qilingan. Fransiyada tampliyerlar ordeni bekor qilingandan keyin ham ma’lum miqdordagi cherkov yerlari musodara qilingan edi.
Selestinslar – 1254-yilda qalandar Pyotr (1294-yildan papa Selestin V) tomonidan asos solingan katolik rohiblik ordeni. Ordenning qat’iy nizomi boʻlib, u asosan papaning cherkov ustidan mutloq hukmronligini ta’minlashga intilgan. XIV-XV asrlarda mashhur boʻlgan.
Selibat (lot. caelebs – uylanmaslik) – katolik dindorlarining papa Grigoriy VII (IX asr) boʻyrugʻiga binoan nikohga kirmaslik majburiyati. Amalda XII asrda mustahkamlangan. 1967-yilda papa Pavel VI selebatning oʻzgarmas shaklini tasdiqladi.
Semiz xalq” – XIII-XV asrlarda italyan shahar kommunalaridagi boy qatlam vakillari. Bankirlar, yirik tadbirkorlar, savdogarlar va katta mol-mulkka ega boʻlgan boshqa qatlam vakillari kirgan. Florensiyada XIV asrda “S.X.”ga bankirlar, savdogarlar va tadbirkorlar bilan birga ziyoli kasb egalari – shifokorlar, notariuslar va huquqshunoslar kirgan.
Sen Deni – Parij yaqinidagi benediktchilar abbatligi. Shu bilan uni Parijning sharqiy tashqi shahri deb ham nomlangan. Oʻrta asr Fransiyaning bosh monastiri boʻlib, 625-yilda tashkil qilingan. Uning gullab–yashnashi Sugeriyning abbatlik davriga toʻgʻri kelib, 1137-1144-yillarda monastir va cherkov qurilgan. Monastir gotik uslubda qurilgan boʻlib, u Fransiyada gotik uslubda qurilgan eng mashhur inshootlardan biridir. S.D. Fransiyada XVIII asr oxirlarida boʻlib oʻtgan inqilob davrida vayron qilingan. Bugungi kunda u milliy yodgorlik hisoblanadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish