Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Gofmarshal – Germaniyada soʻnggi oʻrta asrlar davrida saroy amaldori. Saroy xoʻjaligini boshqargan. Gofmeyster



Download 1,74 Mb.
bet56/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Gofmarshal – Germaniyada soʻnggi oʻrta asrlar davrida saroy amaldori. Saroy xoʻjaligini boshqargan.
Gofmeyster, xofmeyster – Germaniyada XIII-XIV asrlarda saroy amaldori. Imperator va knyazlarning saroylarida saroy xoʻjaligi, saroyda xizmat qiluvchilarni boshqargan. Shu bilan birga, saroyda tashkil qilinadigan saroy tantanalarini boshqargan.
Gonfalonyer (ital. gonfaloniere – bayroqdor) – XIII asr oʻrtalarida Florensiya va Italiyaning boshqa shaharlarida popolanlarning yetakchilari. 1289-yilda Florensiyada G. lavozimi joriy qilinib, ular senorlarning boshliqlari sifatida tushunilgan. Uning asosiy vazifasi konstitutsiya va qonunlarni himoya qilish boʻlgan.
Goliard (frans.) – oʻrta asrlarda Fransiyada qoʻshiq kuylovchi va oʻtkir satirik asarlar ishtirokchisi boʻlgan daydi aktyorlar. Vagantning sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi.
Gonzaga – Italiyadagi feodallar sulolasi. Mantu tiranlari sifatida 1328-1708-yillarda hukmronlik qilishgan. Sulola asoschisi Luidji I (1278–1360) boʻlib, 1433-yildan boshlab G. sulolasi vakillari markiz unvoniga ega boʻlishgan.
Gorj – oq matodan tikilgan ayollar koʻylagi. XIII-XV asrlarda Yevropaning barcha tabaqa ayollari kiyishgan. Ularni oddiy shaharliklar bilan birga gersoginalar ham kiyishgan.
Gospitlar (lot. mehmon) – oʻrta asrlar Frantsiyada dehqonlar toifasi. XI-XIII asrlarda domenlarda yangi yerlarni oʻzlashtirish va tarqatish jarayonlarida bu yerlarga kelib joylashgan dehqonlar G. nomini olgan. G. villan va servlar orasidan chiqqan. Yangi yerga kelgan vaqtida ularning feodal majburiyatlari nomigagina boʻlgan. Aksariyat G. muayyan shaxsiy erkinlikka ega boʻlgan. G. tomonidan keng oʻrmon va oʻtloqlar oʻzlashtirilib, ekin maydonlari va tokzorlarga aylantirgan.
Gotika, gotika usuli (ital. gotika – germanlarning got qabilalari nomidan olingan) – me’morchilikdagi badiiy uslublardan biri. Oʻrta asrlar Yevropada XII asrdan XV-XVI asrlarga qadar ustun mavqega ega boʻlgan. XIII-XIV asrlarda mazkur uslubdan keng foydalanilgan. Uslub Fransiyada vujudga kelgan. Fransuzlar G. u.ni “choʻqqili” deb nomlashgan. G.U.dagi inshootlar roman uslubidagi inshootlardan ajralib turgan. Bunda baland va davomli zallar alohida oʻrin egallagan. G. ibodatxonalarning asosiy belgisi choʻqqili tomlar va imkon qadar xochni eslutuvchi belgilarning koʻproq koʻrsatilishidir. Bunday inshootlarning devorlari imkon qadar yengil, ulkan oynalar va ularning xilma–xil vitrajlar bilan bezatilishi bilan ajralib turgan. Shu bilan birga, diniy mazmundagi haykallar, ornamentlar, ximerlar (afsonaviy hayvonlarning haykallari) va boshqalar bilan bezatilgan. Soborlar shaharlar kommunalari va yirik ibodatxonalar, ayrim paytlarda shahar aholisining tashabbusi bilan qurilardi. Sobor odatda shahar markazidagi eng koʻrkam inshoot boʻlishi talab qilinardi. G.U.dagi eng mashhur inshootlarga Fransiyadagi Sen-Deni cherkovi, Shartr sobori, Lyudovik IX kapellasi, Germaniyada Freyburgdagi Ulm, Kyoln soborlari, Angliyada Solsberidagi Kenterberi sobori, Vestminster abbatligidagi sobor, Italiyada Milan sobori, Chexiyadagi Muqaddas Vita sobori va boshqalarni koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu uslubda bunyod etilgan ibodatxonalarni savodsizlar uchun “toshdan kutubxona” deb atashgan.
Goxshtetterlar – XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Janubiy Germaniyadagi bankirlar va savdogarlar oilasi. Firmaning asoschisi Ambroziy Goxshtetter boʻlib, uning aylanma mablagʻi 1 mlrd frankkacha yetgan. Asosan, yogʻoch, metallar, bugʻdoy, vino va boshqalar bilan savdo qilgan. 1486-yildan firma faktoriyasi Antverpenda ochilgan. 1505-yilda Ost-Indiya kompaniyasi bilan tashkil qilingan ekspeditsiyani moliyalashtir-gan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish