Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Gusar – Vengriyada otliq askar, suvoriy qoʻshin. Guschilar



Download 1,74 Mb.
bet59/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Gusar – Vengriyada otliq askar, suvoriy qoʻshin.
Guschilar – Yan Gus ta’limoti tarafdorlari. XV asrning 1-yarmida Chexiyada boshlangan katolik cherkovini isloh qilishga qaratilgan milliy harakat. 1419-yil bahorida ularning Tabor togʻlariga yurishlari paytida shu nomni olishgan. Ular ikki lagerga boʻlinishib, birinchisi “chashniklar” (asosan, pragaliklar) va ikkinchisi “taboriylar”. G. tarkibida mamlakat aholisining barcha tabaqalari faol ishtirok etishgan. Ular dvoryanlar, shaharliklar, cherkov va dunyoviy intellegensiya, dehqonlar va boshqalar boʻlgan. Chashniklar oʻz nomini ibodat paytida vino solingan idish – chashka nomidan olishgan. Ular ibodatni chex tilida olib borish, cherkov yerlarini sekulirizatsiya qilib, ularni teng taqsimlash kabi talablar bilan chiqishgan. Chashniklar orasida feodallar koʻpchilikni tashkil qilishgan. Taboriylar radikal qarash egalari sifatida oʻz nomini ularning yigʻinlari oʻtkaziladigan Tabor togʻi nomidan olishgan. Shu yerda ular Tabor shahriga ham asos solishgan. Ularda barcha narsa umumiy boʻlgan. Ular ruhoniylarni saylash tartibini joriy qilib, oʻzlarini “xudo askarlari” deb atashgan. Taboriylar orasida dehqonlar koʻpchilikni tashkil qilgan. 1434-yilda guschilarning magʻlub boʻlishi natijasida amalda G. harakati oʻz nihoyasiga yetgan.
Guschilar urushi – Chexiyada katolik cherkovi va guschilar lageri oʻrtasida boʻlib oʻtgan fuqarolar urushi. 1419-yilda Yan Gusning jazolanishiga javoban boshlangan. Imperator Sigizmund I guschilarni oʻz kuchi bilan yengishiga ishonmagandan keyin 1420-1431-yillarda Rim papasi bilan birga Chexiyaga besh marta (1420, 1421-1422, 1426, 1427, 1431) salib yurishlarini amalga oshiradi. Unda Germaniya feodallari emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlari feodallari ham faol ishtirok etishgan. Guschilarning asosiy kuchlari Yan Jijka boshchiligidagi taboriylar edi. Ular dushmanning otliq qoʻshinlariga qarshi kurashish uchun ishlab chiqqan yangi taktikasi yordamida koʻplab janglarda gʻolib chiqishgan. Janglar paytida ular joy tapografiyasidan kelib chiqib yangi usullardan foydalanishgan. 1424-yilda Yan Jijkaning oʻlimidan keyin guschilarga Prokop Goliy (Kiyimsiz) boshchilik qiladi. Guschilarga qarshi 3-salib yurishi tugagandan keyin guschilar Chexiyadan tashqarida ham janglar olib borishgan. Bunday janglar bosqinchilik xarakteridagi yurishlar boʻlib, ular asosan, boshqa hududlarni talash uchun amalga oshirilgan. 1431-yil Domajlis yaqinida 5-salib yurishi ishtirokchilari guschilardan yengilishi natijasida Chexiya va katolik cherkovi oʻrtasida kelishuv uchun harakat boshlanib, 1431-yil oktabr oyida Shveytsariyaning Bazel shahrida guschilarni eshitishga qaror qilindi. Bazel muzokaralari 1433-yil Pragada davom ettirildi. Muzokaralar natijasida guschilar zaiflashtirildi va 1434-yil 30-may kuni Lipan qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda taboriylar yengildi va ularning katta qismi halok boʻldi. Bu guschilarning yengilishi sifatida emas, balki taboriylarning yengilishi sifatida qaraldi. G.U. natijasida Chexiya katolik cherkoviga soliq toʻlashdan ozod boʻldi, imperator Sigizmund Chexiya taxtini tan oladi. Qirol hokimiyati seym bilan cheklanadi. Guschilar harakati Yevropada XVI asrda reformatsiyaning gʻalaba qozonishi yoʻlidagi muhim omil boʻldi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish