Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet55/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Geylbronn dasturi – Germaniyada 1525-yilgi dehqonlar qoʻzgʻalonida Frankoniyada 1525-yil 9-12-mayda tuzilgan dastur. Jami 14 moddadan iborat.
Gibellinlar – nemischa Vayblingen deb ataluvchi Gogenshtaufenlar qasrining lotinlashgan talaffuzidan kelib chiqqan nom. Italiyada german imperatorlari tarafdorlari. Gvelflarga qarshi turgan.
Gildiya (nem. gilde – birlashma, sex) – ilk oʻrta asrlarda turli xil birlashmalar. Ular diniy, siyosiy, birodarlik, savdo, hurarmandchilik va boshqa mazmunda boʻlgan. Koʻproq savdo va hunarmandchilik G.lari sifatida mashhur. Dastlab VII-VIII asrlarda Angliyada G.lar mavjudligi tilga olingan. XI va XII asr boshlarida Angliya, Germaniya, Flandriya va Fransiyada savdo mahsulotlarini himoya qilish, tashish, bozorlarni egallash, boj soliqlarida yengilliklarga ega boʻlish maqsadida koʻplab savdo G.lari tashkil qilingan. G.lar oqsoqollar (prevolar, oldermenlar), ularning bir necha yordamchilari (eshevenlar) va saylangan kengash tomonidan boshqarilgan. Bozor munosabatlari paydo boʻlishi bilan yirik savdo kompaniyalari shakllanishi sharoitida savdo G.lari oʻz mavqeyini yoʻqotgan. Hozirda ijodiy uyushmalarga nisbatan G. qoʻllaniladi.
Gildiya maktablari – XIII-XIV asrlarda tashkil qilingan boshlangʻich maktablar. Shaharlardagi savdo gildiyalari cherkov maktablaridan farqli ravishda diniy bilimlar emas, balki savdo sirlari, grammatika, matematika, ritorika kabi fanlar oʻqitilgan. Ta’lim pullik boʻlib, faqat iqtisodiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarning farzandlari oʻqishgan. XV-XVI asrlarda G.M. sex maktablariga qoʻshilib ketgan. Cherkov maktab ustidan nazorat oʻrnatish uchun gildiya maktablari cherkov ta’limotiga qarshi chiqishda ayblab, ularni yopish uchun kurash boshlagan.
Gistrion (lot. histrio – aktyor, tragediya ustasi) – oʻrta asrlar davri aktyorlari. Bir vaqtning oʻzida shoir, hikoyachi, qoʻshiqchi, musiqachi, musiqa asboblari ustasi, raqqos, hayvon oʻrgatuvchi, sirkchi va boshqa shunga oʻxshash vazifalarni bajargan. Ular Germaniyada – shpilman (raqsga tushayotgan odam), Fransiyada – jonglyor, Italiya va Ispaniyada – goliard kabi nomlar bilan nomlangan.
Glaford (ingl. “non beruvchi”, “boquvchi”) – homiylar ma’nosida boʻlib, yeridan ajralgan dehqonlar koʻpincha ulardan (odatda yirik yer egalari) oʻzlariga homiylar topishga majbur boʻlgan. Kommendatsiyaning bir koʻrinishi. Vaqtlar oʻtishi bilan G.larga ilgari qirol va uning mulozimlariga tegishli funksiyalar – soliq yigʻish, sud kabilarni amalga oshirganlar. X asr birinchi yarmida – XI asrlarda yirik feodallar endi G. emas, “a land senor” deb atala boshlangan. Oʻz mulkida immumitet huquqiga ega boʻlgan. G. soʻzidan “Lord” soʻzi kelib chiqqan.
Glossa (yunon.kam qoʻllaniladigan yoki eskirgan soʻzlar) – tushuntirish yoki tarjima qilish talab qilinadigan tushunarsiz soʻzlar yoki qadimgi qoʻlyozmalardagi yoki diniy qaydlardagi bitiklarni izohlash.
Gnomlar – Yevropa xalqlari mifologiyasida kichik, odamga oʻxshash mavjudodlar. Asosan, yer osti, oʻrmon va togʻlarda yashagan deb koʻrsatilgan. Ularning boʻylarini chaqaloq boʻyidek va hatto barmoqdek keladi deb koʻrsatilgan. Rivoyatlarga koʻra, G.lar yer ostida uzoq yashab oʻz boyliklarini (qimmatbaho toshlar, oltin) qoʻriqlab yotishadi. Shu bilan birga ular mohir hunarmandlar boʻlib, sehrli uzuk va qilich yasay olganlar. G.lar ayrim paytlarda insonga doʻst sifatida koʻrsatilsa, ayrim paytlarda dushman sifatida koʻrsatilib, goʻzal qizlarni oʻgʻirlab ketishlari haqida ham ertaklarda aytib oʻtilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish