Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet54/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Geraldika (lot. heraldus – jarchi, xabarchi) – oʻrta asrlar davrida gerblarning mazmunini bildiradigan qisqacha jumlalar, uni madh etuvchi soʻzlar. G.ga oid dastlabki ma’lumotlar XIII asrda yozila boshlagan, XIV asrda Bartolo di Sassoferratoning "Gerblar va belgilar haqida" nomli traktati nashr qilingan. XIX asrning 2-yarmidan boshlab tarixiy fan sifatida gerblarni oʻrganishni bildira boshladi.
Gerb (nem. erbe – meros) – ma’lum bir mazmunni bildirgan va tartib bilan tashkil qilingan belgi. XII asr oxirlaridan ritsarlarning qalqonlariga hamda dubulgʻalariga chizilib, uning nasl va nasabini bildirgan. Faqatgina juda mashhur feodallar va knyazlargina oʻzlarining shaxsiy G.ga ega boʻlishi mumkin edi. Oddiy ritsarlar qalqonida oʻz senorining G.ni koʻtarib yurgan. Faqat keyinroq ritsarlar oʻz G.lariga ega boʻla boshlagan. XIV asrdan boshlab G.lar qalqon va dubulgʻaga albatta chiziladigan boʻldi va ular toj, mantiya hamda devizi (qisqacha mazmuni) bilan birga boʻlishi talab qilingan. XVI asrdan boshlab odamlar va hayvonlar tasviri bilan bezatiladigan boʻldi. Shu bilan birga, nikoh G.lari ham mavjud boʻlgan. Ayrim paytlarda yarim afsonaviy maxluqlar – yarim burgut va yarim arslon tasvirlari keng tarqalgan. G.larni chizish uchun faqat 6 ta rang – tillarang, kumushrang, qizil, sariq, qora va yashil ranglardan foydalanish mumkin boʻlgan. Shaharlar ham keyinroq oʻzlarining G.lariga ega boʻlishgan.
Geriot (ingl.) – oʻrta asrlar Angliya va Shotlandiyada shaxsan qaram dehqonlarning oʻz feodaliga otasining oʻlimidan keyin merosga ega chiqishi uchun toʻlaydigan toʻlovi. Koʻpincha chorvadagi eng yaxshi mol toʻlov tarzida berilgan. Kelib chiqishi anglo-saksonlar davriga borib taqaladi. Oʻsha paytlarda G.ni harbiy-xizmatchilar qatlami ham toʻlaganlar. M: qirollik tenlarining G.i qirolga 4 ta ot, 2 ta qilich, 4 ta nayza va qalqon, dubulgʻa, hanjar va 50 kumush mankus koʻrinishida boʻlgan.
Germaniyadagi shaharlar ittifoqlari – Germaniya shaharlarining harbiy va siyosiy ittifoqlari boʻlib, 1376-yilda Shvabiya, 1381-yilda Reyn shaharlari ittifoqlarini koʻrsatish mumkin. Ularning ikkalasi 1381-yilda birlashgan. Ular qirol Venselning (1376-1400) birlashtirish siyosatiga qarshi birlashgan. 1387-1389-yillardagi Buyuk shaharlar urushida ittifoq qoʻshinlarining magʻlub boʻlishi natijasida ittifoqning ta’siri yoʻqolib borgan.
Gerold (lot. heraldus – jarchi, xabarchi) – qirol, yirik feodallar saroylaridagi jarchi, xabarchi, tantanali marosimlarni tashkil qiluvchilar. Asosan, tantanalarda, ritsarlar turnirlarida gerblarni koʻtarib chiqishgan, gʻoliblarni e’lon qilishgan, ritsarlarni ta’riflashgan va boshqa shu kabi vazifalarni bajarishgan.
Gersog (nem. herzog – askarlarni boshlab boruvchi) – qadimgi germanlarda jangchilar orasidan saylab olingan harbiy yoʻlboshchi. Urugʻchilik munosabatlari davrida vujudga kelgan. Feodallashuv davrida vorisiy boʻla boshlagan. Franklar imperatori Buyuk Karl G.lar hokimiyatini vujudga keltirgan. IX asr 2-yarmi va X asr boshlarida Fransiya, Italiya va Germaniyada kuchaygan. Feodal tartiblarning kuchayib borishi bilan G.lar qirollarning asosiy tayanchiga aylanib borgan. Keyinroq Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida oliy dvoryanlik unvoniga aylangan. Germaniyada esa, feodal tarqoqlik davrida mustaqil knyazliklarni bildirgan.
Getto (ital. ghetto – dastlab zambarak quyuvchi zavod, keyinroq, Venetsiyadagi alohida kvartallar) – G. shaharlarning alohida qismi boʻlib, asosan, yahudiylar istiqomat qilgan. Yevropaning koʻplab mamlakatlarida tashkil qilingan. XIV-XV asrlarda yahudiylar yashaydigan joylar ajratilib, ularning atrofida shaharlarning yuqori tabaqasi yoki boy kishilari yashay boshlashgan. G.lar XIX asrning 1-yarmidan boshlab yoʻqola boshladi. Yangi va eng yangi zamonda negrlar uchun ajratilgan joylar ham G. deb atalgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish