Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Aporlar – Vizantiyada “Dehqonchilik qonuni” ga koʻra kambagʻallar toifasi. Apostoliklar



Download 1,74 Mb.
bet12/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Aporlar – Vizantiyada “Dehqonchilik qonuni” ga koʻra kambagʻallar toifasi.
Apostoliklar – Shimoliy Italiyada XIII asr 2-yarmi va XIV asr boshlarida keskin ijtimoiy norozilik sharoitida vujudga kelgan xristian dehqon-plebeylar sektasi. A. katolik ruhoniylari va Rim kuriyasni tanqid qilishgan, dunyoviy yer egalariga qarshi chiqqanlar, ilk xristianlik davridagi apostollar vaqtiga qaytishni (nomlanishi shundan kelib chiqqan) talab qilishgan, mol-mulkdan voz kechishga, qashshoqlikka va ijtimoiy tenglikka chaqirishgan. Sektaga Sigerelli (tax.1260) asos solgan, 1300-yildan Dolchino boshchilik qilgan. Katolik cherkovi tomonidan daxriylik harakati deb tan olingan. 1304-yildan qurolli qoʻzgʻalonga aylandi, 1307-yilda bostirildi.
Apostollar (yunon.apostolos–elchi) –xristianlikning ilk bosqichida sayyor va’zxonlar. Isoning 12 shogirdi dastlabki A. hisoblangan.
Aragon – IX asrda Pireney yarim orolida vujudga kelgan graflik. XI asrning boshlarida Navarra tarkibiga kirgan. 1035-yilda Sancho Buyuk hukmronligi tugashi bilan A. qirollik huquqiy maqomiga ega boʻldi. 1037-yilda Barselona grafligi (Katoloniya) bilan imzolangan uniyaga koʻra A. toji Barselona grafi qoʻliga oʻtdi. 1238-yilda Valensiya mavrlar qoʻlidan tortib olingach, A. Katolonyai va Valensiya bilan oʻziga xos konfederatsiyaga aylandi. 1282-1302-yillarda Sitsiliyada, 1326-yilda Sardiniyada, 1442-yilda Neapolitan qirolliklarida A. qirollari hokimiyati oʻrnatilgan. A.ning Kastiliya bilan sulolaviy uniyasidan soʻng (1479-yilda Ferdinand Aragonskiy va Izabella Kastilskayasining nikohi) Yevropa hududida yangi davlat – Ispaniya paydo boʻldi.
Aragon sulolasi – 1282-yilda Sitsiliyada Aragon qiroli Pedro III (Sitsiliyada Pedro I) tomonidan, Neapolitan hududida 1442-yilda Alfons V (Neapolitanda – Alfons I) tomonidan asos solingan sulola.
Arbalet (frans. arbalete; lot. arcus–yoy va ballista–irgʻitmoq) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qoʻllanilgan mexanik otish quroli; yogʻoch asosga mahkamlangan poʻlatdan yasalgan kamondan iborat. A.dan kalta oʻq-yoylar otilgan. Kamon bilan solishtirganda A.da oʻq uzoqroq masofaga va moʻljalga aniqroq yetib borgan, ammo oʻqlash jarayoni vaqt talab qilgan. Ildizi qadimgi Yunonistonga borib taqalsada, lekin Yevropa davlatlari qoʻshinlarida asosan ilk oʻrta asrlardan keng qoʻllanilgan. A. Xitoyda ham XIX asrgacha keng foydalanilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish