valentli ionlaming Fe3+, Cr3+, Ti4+, V5+ va boshqa elementlaming
bo‘lishi minerallar sindirish ko‘rsatkichini birmuncha kattalashtiradi.
Izostruktura birikmalarda, masalan NaCl va KC1 da kationlaming
kattaroq kationlar bilan almashinishi (Na1+0,98 va K l+1,33) zichroq
joylanishga
xalaqit berib, hattoki К atom ogMrligining (39,0) Na
atom ogMrligidan (23,0) katta boMishiga qaramay, birikma
solishtirma ogMrligining kamayishi bilan mos ravishda sindirish
ko‘rsatkichini ham kichiklanishiga olib keladi (NaCl uchun N=1,544
boMgan paytda KC1 uchun N=1,490). NaF bilan NaCl birikmalari
sindirish ko‘rsatkichi lari uchun aks holni ko‘ramiz, bunda
1
'tor
anioni (atom ogMrligi (19,0) xlor anioni (atom ogMrligi (35,5)
bilan
almashinadi: NaF uchun N=1,328, NaCl uchun esa N=1,544, ya’ni
NaF solishtirma ogMrligining (2,79), NaCl solishtirma ogMrligiga
(2,16) qaraganda katta boMishiga qaramay birinchi birikma sindirish
ko‘rsatkichi birmuncha kichik boMadi. Bu ftor refraksiyasining juda
past ekaniigi bilan tushuntiriladi. Shunisi o‘z-o‘zidan tushunarliki,
kristall strukturasining qayta tuzilishida kationlar koordinatsion
sonining
o'zgarishi
ham
yuqorida
ko'rsatib
oMganimizdek
(Polimorfizmga qaralsin), kristall moddaning solishtirma ogMrligida,
binobarin, sindirish ko‘rsatkichida ham o‘z ifodasini topadi.
Minerallaming ulanish tekisligi va sinish yuzalari
Kristailar va kristall donalarining
haqiqiy yoki boMishi
mumkin boMgan yonlariga parallel muayyan kristallografik
tekisliklar bo‘yicha ajralishi yoki sinishi natijasida hosil boMgan
tekis yuzalarga ulanish tekisligi deb aytiladi. Kristallangan
muhitning bu xususiyati ularning faqat ichki tuzilishi bilan bogMiq
boMib, bir mineralning o‘zi uchun. o‘sha mineralning tashqi qiyofasi
bilan bogMiq bo‘lmagan ravishda namoyon boMadi (masalan,
kalsitning
romboedrik kristallarida ham, skalenoedrik, prizmatik
kristallarida yoki mutlaqo notocg‘ri shaklli donalarida ham ulanish
tekisligining doimo faqat birgina romboedr yonlariga parallel o‘tgan
shaklini ko‘ramiz). Shuning uchun har bir kristallangan moddaning
o‘ziga xos ana shu belgisi minerallami aniqlashda yordam beradigan
muhim diagnostik belgilarning biri boMib xizmat qiladi. Kokpgina
minerallaming shpatlar deb aytilishi ham tasodifiy emas (dala
shpati,
ogMr shpat, plavik shpat, island shpati va h.k.). Ortoklaz
61
(ulanish tekisligi to‘g‘ri burchak hosil qiladi), plagioklaz (qiyshiq,
to‘g‘ri burchak hosil qilmaydi) va boshqalar kabi minerallaming
nomi shu mavjud ulanish tekisliklari orasidagi munosabatni
ko‘rsatadi.
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon bo‘lishini
ko‘rsatish amalda muhim ahamiyatga ega. Quyidagicha besh
bosqichli shkala shu maqsadda qabul qilingan.
1. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal (masalan, slyudalarda va
xloritlardagi
kabi)
kristallar
yupqa
varaqchalarga
ajralish
qobiliyatiga ega . Ulanish tekisligidan boshqacha yo‘nalish bo‘yicha
sindirish juda qiyin.
2. Ulanish tekisligi mukammal (masalan, kalsit, galenit, tosh
tuz va boshqa minerallar kristallaridagi kabi).
Shunday minerallarni
bolg‘a bilan urib sindirganda doimo ulanish tekisligi bo'yicha
ajralib, ko‘rinishdan haqiqiy kristallami eslatuvchi bo'laklar hosil
qiladi. Masalan, galenitning sindirganda mayda to£g‘ri kubchalar,
kalsitni maydalayotganda to‘g‘ri romboedrlar hosil qilinadi. Boshqa
yo'nalish bo‘yicha (ulanish tekisligidan boshqacha) sindirish ancha
qiyin.
3. Ulanish tekisligi o‘rtacha (masalan, dala shpatlari,
magniy-
kalsiy, silikat va boshqa minerallar kristallari). Mineral bo‘laklarida
ulanish tekisligi ham tasodifiy yo‘nalishlar bo‘yicha notekis yuzalar
ham aniq ko‘rinib turadi.
4. Ulanish tekisligi nomukammal (masalan, apatit, kassiterit,
sof tug‘ma oltingugurt va boshqa minerallar). Ulanish tekisligi
yaqqol ko‘rinib turmaydi, uni mineral parchasi sirtidan qidirib
topishga to‘g‘ri keladi. Singan joylari
odatda notekis yuzalardan
iborat bo‘lad i.
5. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal bo
4
lmagan, ya’ni
haqiqatda ulanish tekisligi yo‘q (korund, oltin, platina, magnetit va
boshqalardagi kabi). Bu hoi juda kamdan-kam paytlardagina
bilinadi. Bunday jismlar ko‘pincha shlak yoki vulqon shishasi -
obsidianning singan joylarida bo‘lgani kabi chig‘anoqqa o'xshash
yuzalar
hosil
qilib
sinadi.
Ko'pgina
sulfidlaming
mayda
chiglanoqsimon yuzalar hosil qilib sinishi xarakterlidir. Ba’zi sof
tugcma metallar uchun (mis, kumush va boshqalar) zirapchasimon,
ilmoqsimon yuzalar bo‘yicha sinish xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: