3. Ongning delirioz buzilishi.
Deliriyni payqashga ko'maklashuvchi m a’lumot: qo'rquv, qo ‘rqoq-
likning paydo bo‘lishi, gallutsinatsiyalar obyektiv belgilari, atrofga no-
to ‘g‘ri oriyentir olish.
1. Bemorni kuzatish palatasiga o ‘tkazish.
2. Shifokomi chaqirish.
3. Lozim b o ‘lsa, shifokor bilan kelishilgan holda, qochishni,
tajovuzkorlikni, o ‘ziga shikast yetkazishni oldini olish maqsadida, mexanik
siquvga olish choralarini qo‘llash.
4. Shprits va ninalar tayyorlash.
5. Kerak bo'lsa, shifokor y o'q bo'lsa — tom ir ichiga 2 ml 2,5%
tizersin - sutkaga 2 mahal.
6. Kordiamin 1,0 teri ostiga sutkaga 1 mahal.
VIII.
HAMSHIRALIK ARALASHUVINI BAIIО LASH
HAMSHIRALIK JARAYONINING IV BOSQICHI SIFATIDA
H am shiralik jarayonining yakunlovchi, am m o eng m urakkab
bosqichi, hamshiralik aralashuvi va hamshiralik parvarishi reja bo‘yicha
amalga oshiriladi. Q o‘yilgan maqsadga qarab, protokol rejasida — qisqa
m uddatli yoki uzoq muddatli, ham shiraning ishini baholash shunday
bo'lishi kerak. T o‘g‘ri, adekvat va o ‘z vaqtida professional malakali
aralashishda hamshira qisqa m uddatli maqsadga erishishga qodir. Uzoq
m uddatli maqsadlarni har doim ham amalga oshmasligining sabablari,
haqiqiy qiyinchiliklar, qarindoshlar va tibbiy xodim lar o ‘rtasidagi
121
kelishmovchiliklar va bular natijasida kasallikning xavfli tus olishi, patologik
jarayonni (total aqli zaiflik, o ‘ta namoyon bo'lgan hissiyot-irodabuzilishi
va boshqalar) tezlashgan progrediyentligi.
Ruhiy kasalliklar m uassasalarida parvarishlash va kuzatishning
asosan ikki tendensiyasi mavjud:
1. Tibbiy xodimlar va bemorlar xavfsizligini ta ’minlash.
2. Bemorlami maksimal darajada siquvga olmaslikka intilish.
Ushbu tendensiyalarni qo'shilishi natijasida qaram a-qarshilik
o ‘zgaradigandek tuyilishi m um kin, am m o yangi psixiatrik amaliyot
shuni nam oyon qilm oqdaki, siquvga olmaslik prinsiplarini yanada
kengroq qoMlash, n afaqat xavfsizlikni t a ’m inlash p rin sip la rin i
buzmaydi, balki bem orning ahvolida yaxshi tomonga o'zgarishga olib
keladi. Shu bilan bir vaqtda, siquvga olmaslik tizimi rivojlanishning
har bir davrida o ‘z chegaralariga ega. Ruhiy bem orlarni davolash va
parvarishni tashkillashtirish yangi prinsiplarga asoslangan b o ‘lishi
kerak. Masalan, psixofarmakoterapiyaga yangi psixotrop dorilarning,
faol ta ’sir qiluvchi vositalarning kiritilishi tashqi belgilar ko'rinishini
tez o ‘zgartiradi. Insoniylik fazilatlami yo‘qolishi sekinroq kechadi, bular
esa tibbiy xodimlami bemorlarga hurmatliroq va mas’uliyatliroq bo'lishga
chorlaydi.
Shu kunga qadar jamiyatda quyidagi noto‘g‘ri fikr mavjud:
- Ruhiy bem orlar hech narsa tushunmaydilar;
- Ruhiy bem orlar tuzalmaydilar;
- Ruhiy kaslxonalarda bemorlami kamsitishadilar va do‘pposlashadilar
va boshqalar;
- Ruhiy shifoxonalarda ishlash juda xavfli;
- Agar bem or og'ir ruhiy bemorni ko‘rsa, uni ahvoli og‘irlashadi;
- Bemor ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqqanidan so'ng, unga
hamma mensimas munosabatda bo'ladi.
Ushbu fikrlar xatodir va tajribali tibbiy xodim yaxshi biladiki, ruhiy
bemor og‘ir ong xiralashuvi holatida, gallutsinator-vasvasali qo‘zg‘alish
holatida va h.k. bo‘lishiga qaramasdan xodimlaming unga bo‘lgan iliq
munosabatini yaxshi eslab qoladi va keyinchalik ularga nisbatan ishonch
tuyg'usi uyg'onadi.
Tibbiy xodimning ruhiy bemorga nisbatan har bir noto‘g‘ri qadami,
har bir noto‘g‘ri harakati jinoiy jazolanadi, shuning uchun siquvga olish
choralari aniq asoslangan boMishi va bem or holatiga qarab qo‘llanilishi
kerak. Buni nafaqat bo‘lim katta hamshirasi yoki bosh hamshira, navbatchi
shifokor yoki b o ‘lim mudiri kuzatadilar, balki aldab bo‘lmaydigan
bo‘limdagi barcha bemorlar ham.
122
M uassasaning nomiga, panjaralar, qulflar, og'ir ruhiy bem orlar
bilan so'zlashishning qiyinligiga qaram asdan, odatda, bem orlar shifo-
xonada ahvoli ancha yaxshilanib chiqishadi va ma’lum bir shart-sharoitlarda
sog'lom inson singari yashashga imkoniyat yaraladi.
Psixiatrik statsionarlar va dispanserlar yopiq m uassasalar deb
hisoblanadi. Faqatgina sud organlari yoki boshqa psixiatrik muassasalarga
bem orlar sog‘lig‘i va tashxisi haqidagi m a ’lum otlarni berish m um kin.
Shuning uchun shifokorlik sirini saqlash butun tibbiy jam oa uchun
q at’iy shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |