В В К 56.14я73
NAp/.ANGA . ft/LA T
UNIVERSfT П
Ahborot-resurs .. arkazl
ISBN 978-9943-13-072-2
© «IQTISOD-MOLIYA*, 2008
© Toshmatov B .A , Magzumova Sh.Sh., 2008
PSIX IA T R IY A D A O LIY M A ’L U M O T L I
H A M S H IR A FAOLIYATI
I. KIRISH
Psixiatriya insonning ruhiy faoliyatidagi o ‘zgarishlami, ularni oldini
olish va davolash masalalarini o'rganadi. «Psixiatriya» atamasi, aslida,
grekcha «psixe» — ruh va «iatre* — «davolayman» so‘zlaridan tuzilgan
bo‘lib, tana va ruhni alohida davolash va o‘rganish mumkin deb hisoblangan
davrlardan buyon qo‘llaniladi.
R uhiy kasalliklar boshqa xastaliklar singari, insoniyat paydo
bo'lganidan buyon mavjud.
Psixiatriya fan sifatida XVIII asr oxirlarida, psixiatriya bo'yicha
dastlabki ilmiy ishlar paydo bo‘Igan va ruhiy kasalliklar bosh miya
kasalliklari sifatida qarala boshlagan vaqtdan rivojlana boshladi. Psixiatriyaning
fan sifatida rivojlanishiga F.Pinel, J.Eskirol, E.Bleyler, E.Krepelin,
A.Mayyor, I.P. Pavlov, I.M. Sechenov, I.M. Balinskiy, I.P. Merjeyevskiy,
V.M. Bexterev, S.S. Korsakov, V.X. Kandinskiy, V.P. Serbskiy, P.V.
Gannushkin, I.V. Kashchenko, shuningdek, vatanimizning Abu Ali ibn
Sino, Kannabix Yu.V., Preobrajenskiy S.A., Trapeznikov A.V., Blinovskiy
Yu.A., Blankfeld A.E., Afanasyev D.V., D etengoff F.F., Alimov X.A
kabi fan namoyandalari o ‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar.
Psixiatriya — jamiyatdagi hukm ron mafkuraviy qarashlar o ‘z ta ’sirini
o ‘tkazuvchi fan hisoblanadi.
Oxiigi ikki yuz yil davomida psixiatriya fan sifatida sezilarli rivojlandi.
Psixiatriyaning taraqqiyoti natijasida uning alohida tarmoqlari shakllandi:
bolalar yoshidagi ruhiy buzilishlami o ‘rganuvchi — bolalar psixiatriyasi;
haibiy psixiatriya ekspeitizasi masalalarini o ‘iganuvchi — haibiy psixiatriya;
sud psixiatriya ekspeitizasi muammolari, ruhiy bemorlarning shuursizlik
va aqli norasolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi sud psixiatriyasi; ruhiy
buzilishlarda mehnatga layoqat, nogironlami ishga joylashtirish masalalarini
o ‘ rganuvchi-mehnat psixiatriya ekspertizasi; kasallanishlardagi statistik
tadqiqotlami amalga oshiruvchi psixiatriya yordami va ruhiy kasalliklarning
oldini olish bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy psixiatriya; ruhiy kasalliklarning
oldini olish va aholining ruhiy sog‘lig‘ini mustahkamlash masalalarini
o'rganish bilan shug‘ullanadigan — psixogigiyena.
Psixiatriya ruhiy kasalliklaming sim ptom larini, ularning asosiy
sabablarini, um um iy kelib chiqish sharoitlarini o'rganuvchi — um umiy
psixopatologiya va alohida ruhiy kasalliklar ustida izlanuvchi — xususiy
psixiatriyaga b o ‘linadi. Psixiatriyaning vazifalari ju d a xilm a-xil:
patogenezning murakkab mexanizmlari ustida izlanish; ruhiy va unga
chegaradosh kasalliklar simptomotologiyasi, sabablarini aniqlash; u yoki
bu patologik ko'rinishlar orasidagi o'zaro tipik bog'liqliklarni o 'm a
tish; kasallik oqibatlarini aniqlash, davolash va profilaktika usullarini qayta
ishlash va mukammallashtirish.
Jamiyatning hamshiralik ishida mutaxassislar tayyorlashning ko'p
darajali tizimini yaratish zamriyati to'g'risidagi ijtimoiy talablari oliy
hamshira ta’limotining rivojlanishiga sabab bo'lmoqda. Oliy m a’lumotli
hamshiralaiga bo'lgan ehtiyoj kuchaydi — yaqin kelajakda ayrim lavozimlar,
masalan, katta tibbiyot hamshirasi lavozimini faqat oliy m a’lumotli
hamshira egallashi mumkin. Tibbiyot hamshirasining tashkilotchi sifatidagi
mavqeyi ham sezilarli o'sdi, bunga sabab tibbiyot yordamining yangi
shakllari rivojlanmoqda: hamshiralik parvarishi uylari, xospislar, oilaviy
shifokor amaliyotchisi va h.k. Shuning uchun o'quv jarayoni hamshiralik
tashxisini qo'yish, hamshiralik faoliyatini, qabul qilingandan boshlab
to statsionardan chiqqunga qadar hamshiralik kuzatuvini amalga oshirish,
ham shiralik faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni o'rgatishga
yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunda alohida fanlar bo'yicha olinayotgan
bilim lar psixolog-pedagogik va adm inistrativ-boshqaruv ko'nikm a,
mahoratlarining shakllanishi bilan umumlashishi zarur.
O liy m a ’lu m o tli h a m sh ira b a rc h a tibbiy ja m o a d ag i o 'z a ro
munosabatlaming asosi hisoblanadi. U shifokorning barcha tavsiyalarini
am alga oshiradi va davolash-tashxisot jaray o nining bajarilishini
tash k illa sh tira d i. Oliy m a ’lu m o tli h am sh ira shifo k o rn in g bosh
yordamchisi, davolash-tashxisot jarayonining ijro etuvchisi hisoblanib,
u in d iv id u a l- s h a x s iy y o n d a s h u v , d e o n to lo g iy a ta m o y illa r i,
p six o p ro fila k tik a, k o m m u n ik atsiy a b o 'y ic h a bilim , k o 'n ik m a ,
mahoratlarni o 'rta va kichik tibbiyot xodimlari ishiga tatbiq etishi zarur.
Oliy m a’lumotli hamshira tibbiyotning barcha yo'nalishlarida, ayniqsa,
psixiatriyada, kasalliklaming rivojlanishida ruhiy omilning ahamiyatga
ega ekanligini tushunishi kerak. Psixiatriya va tibbiy psixologiya bo'yicha
fundamental bilimlaiga asoslanib, katta hamshira tibbiyot xodimlarining
xulqlari va so'zlariga e’tiborli, qat’iy va sabrli, ham dard va tez yordam
ko'rsatish, o'zini boshqarish va ishonchni yo'qotmaslik, o 'z vazifalarini
m ahorat bilan bajarish, bem or va uning qarindoshlari bilan aloqa
o'm atish qobiliyatini egallashlariga ko'm ak berishi lozim.
4
Psixiatriya muassasalarida o ‘rta tibbiyot xodimi katta ahamiyatga ega.
Chunki bo'limda tibbiyot hamshiralarining ishi yomon tashkillashtirilgan
bo'lsa, yangi davo usullari, dori vositalari to ‘la shifobaxsh xususiyatga
ega boMmaydi. Sababi, bem orlar aynan ular bilan ko‘p vaqtni birga
o ‘tkazadilar, bo ‘limdagi tartib, parvarish, kuzatuvlar bilan bog‘liq.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi katta tibbiyot ham shirasining
rolining muhimligini baholash juda qiyin. U bo‘limdagi kichik va o ‘rta
tibbiyot xodimlarining barcha ishlarini nazorat qiladi, ular bilan doimiy
instruktaj va o ‘quv ishlarini olib boradi. Shifokorlar tavsiyalarini
hamshiralar tom onidan amalga oshirilishi, bemorlar parvarishi bo‘yicha
tadbirlarning sifatli bajarilishi, hamshiralik bayonnomalarining to ‘g‘ri
to'ldirilishi, bemordagi asosiy muammolami aniqlash va ularni o ‘z vaqtida
samarali hal etish, ovqatlanish bloki, dori vositalarini saqlashda sanitar
holatga qat’iy rioya qilishlarini doimo tekshirib boradi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olganda, psixiatriyada oliy m a’lumotli
hamshiraning malaka va mahorati katta ahamiyatga ega ekanligi tushunarli
bo'ladi.
Katta hamshira, bo'lim da uzluksiz normal ish sharoitini yaratib,
o'zining xulqi, tartibliligi, intizomi, korrektligi, takti bilan o ‘rta va kichik
tibbiyot xodimlariga o ‘rnak bolishi lozim.
Shunday qilib, oliy m a’lumotli hamshira faoliyati o ‘zining ko‘p
qirraligi, majburiyatlar doirasining kengligi bilan ajralib turadi, uning
shaxsiy sifatlari, professionalizmi va mutaxassisligiga bo'ladigan yuqori
talablarga javob berishi kerak.
Oliy m a’lumotli hamshira fakulteti ta ’limining asosiy vazifasi —
hamshiralik ishi mutaxassislarini tayyorlashda ko‘p bosqichli tizimini
shakllantirishdir. O'quv dasturlarida nafaqat bemorlarni «parvarishlash»
va «kuzatuv» kabi bo‘limlarni o'qitishga vaqt ajratilishi, balki psixologo-
pcdagogik va adm inistrativ-boshqaruv fanlariga ham yetarlicha diqqat
qaratish zarur. Fakultet bitiruvchisi davolash-tashxisot jarayonida
hamshiralik ishini tashkillashtirishi va tibbiyot xodimlarini zamonaviy
talablarga mos ravishda, hamshiralik tashxisini qo‘yish, bayonnomalami
vuritishga o ‘rgatishi va Xendersonning konseptual m odelini qo ‘llab,
bemorning hayot sifatini yaxshilash uchun uning fundam ental ehti-
yojlarini qondirishga yordam berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |