Tekshiruv natijalari nafaqat p o ‘stloq va po'stloqosti tizim larining
bioelektrik faolligining buzilishini, balki jarayonning joylashuvini ham
aniqlaydi. Reoensefalografiya usuli ham keng qo ‘llaniladi. Elektr toki
ta’siriga miya to‘qimalarini qarshiligini qayd etish usulidir. Miya to‘qimalarini
qarshiligi qon bilan ta ’minlanishga bog‘liq.
Shuning uchun miyada qon
aylanishi buzilganda R EG ko‘rsatkichlari ham o'zgaradi. Bu tekshiruv
usuli tom irlar patologiyasi yaqqol rivojlangan holatlarda (aterosklsroz,
gipertoniya, insult vah.k.) tavsiya etiladi. Exoensefalografiya m iya-
ning ultratovush tekshiruviga asoslangan. Bu usulda bosh miya tizimlarining
yonga siljishini ultratovush lokalizatsiyasi bo'yicha aniqlanadi. Masalan: u
voki bu yarimsharda hajmli jarayon bo‘lganda, aks etayotgan signallaming
kattaligi shikastlangan tomondan ko‘proq bo‘ladi. Atrofik jarayonlarda esa
pasayadi. Bosh miya qutisi rentgenografiyasi yordam ida miya qutisi
anomaliyasi, miya o ‘smalari, miya qutisi ichki bosimining oshishi, yot
moddalar borligini aniqlash mumkin.
Oxirgi vaqtlarda kompyuter tomografiyasi usuli keng tarqala boshladi.
Uning yordamida miya to ‘qimasi zichligi qavatma-qavat qayd etiladi. Bu
usul miyaning organik buzilishlari (jar°h atlar, o 'sm alar va h.k.)ni
tashxisotida
samaralidir, shu bilan birga, nerv tizim ining funksional
buzilishlarida xali yetarlicha sinovdan o ‘tmagan.
Klinik amaliyotga radioaktiv izotoplarni qo'llash orqali pozitron-
emission tomografiyani tatbiq etilishi diqqatga sazovor. Shuningdek,
pnevmoensefalografiya va h.k. usuliar ham qo'llaniladi.
Lekin
bem orda, haqiqatan ham , ruhiy kasallik borligini aniqlash
uchun kompleks tekshimvlarmng barcha m a’lumotlarini analiz qilish
zarur. Bular ichida yetakchi usul klinik kuzatuv va professional surishtiruv
hisoblanadi.
UM U M IY PSIXOPATOLOGIYA
Klinik kuzatuv va professional
surishtiruv usuli
Katta tibbiyot hamshirasi, bemorning asosiy muammolarini o ‘z vaqtida
to‘g‘ri aniqlash uchun uning xatti-harakati va kasallikning klinik belgilariga
e’tibor bilan qarashga tibbiyot xodimlarini o ‘rgatishi lozim. Shu sababli
asosiy ruhiy buzilishlaming tashqi ko‘rinishlarini to‘g‘ri aniqlash va baholay
olish, uning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Sezgi va idrok
buzilishlari giperesteziya, giposteziya, paresteziya,
senestopatiya, illuziya, gallutsinatsiya va psixosensor buzilishlar
ko'rinishida nam oyon b o ‘ladi. Ziyrak ham shira bu o ‘zgarishlarni
2 5
bemorning n o to ‘g‘ri,
noadekvat harakatlaridan, uning shikoyat va
so'zlaridan anglab oladi.
Sezuvchanligi oshgan bemorlarni hatto arzimas ta ’sirlovchilar ham
bezovta qiladi, obyektiv sababga ega bo'lmagan noxush, g‘alati, azoblovchi
va quyiluvchi, kuydiruvchi, tortuvchi, buraluvchi xarakterdagi sezgilarga
shikoyat qiladilar
(senestopativalar).
Ayrim bem orlar suhbat chog'ida
tez-tez chalg‘iydiiar, alanglaydilar, nim anidir tinglaydilar,
noadekvat
jilmayadilar yoki qo'rqadilar; im o-ishoralar qiladilar, pichirlaydilar,
bo‘shliqqa gapiradilar. Gallutsinatsiyalardan xalos bo‘lish maqsadida,
bem orlar quloqlarini berkitadilar, boshlarini
yostiq bilan yopadilar,
to ‘satdan atrofdagilarga «xo‘rlashni bas qilishni» talab qilib, to ‘satdan
tashlanishlari, do‘q urishlari mumkin.
Ayniqsa, imperativ gallutsinatsiyali bem orlar katta ijtimoiy xavf
tug‘diradi, chunki ular buyruq beruvchi ovozlarning ta ’sirida tajovuzkor
h a ra k a tla r qilishlari yoki o 'z la rin i o 'ld irish g a u rinish i m um kin
(shizofreniyaning paranoid shakli yoki alkogol verbal gallutsinozida).
Shunday qilib, gallutsinatsiyalar ham shiralik tashxisini q o ‘yishda,
tibbiyot hamshirasi shu kontingentdagi bem orlarni kelib chiqadigan
m uam m olarini yaxshi tushunishi va kuzatuvlar daftarida aks
ettirishi
kerak: «psixom otor qo 'zg'alish», «bezovtalik», «uyqu buzilishi»,
«ovqatdan bosh tortish», «o‘zini o ‘ldirish xavfi», «yaqinlariga nisbatan
tajovuzkor munosabat» va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: