mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami
keyin shakllanishi bilan asoslanadi.
Shuningdek, faqat mulohaza-
largina «chin», «yolg‘on» qiymatlariga ega bo‘ladi. Tushunchalarga
esa bunday qiymatni berib bo‘lmaydi. Masalan, «yo‘lbars yirtqich
hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo‘lbars» tushun-
chasini esa «chin» yoki «yolg‘on» deb ayta olmaymiz, Chunki
unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.
Demak, mulohaza chin yoki yolg‘on boiishi mumkin bo‘lgan
fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning
xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana
shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan
iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa
larning tashqi xususiyatlari
bilan birga ularning ichki, zaruriy
bog‘lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari-
miz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar
ham har xil bo‘ladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi
limlar ifodalansa, boshqalarida belgining
predmetga xosligi tax-
min qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko'ra chin, xato
va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Chinligi isbotlangan fikr-
ni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Yolg‘onligi is
botlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi.
Chinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza
yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov
chi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato-
ligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar — noaniq bo‘ladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza m an
tiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza
lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi.
Faqat darak gaplardagi-
na fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on
qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, «Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir», «Hi-
yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani
ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma’lum bir belgi
ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo-
dalovchi tafakkur shaklidir.
222
Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib
ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega —fikr qilinayotgan predmet va
hodisani bildiradi va fanda subyekt degan termin bilan ifodala-
nadi (simvolik belgisi — S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini,
munosabatini bildiradi va fanda predikat
degan term in bilan ifo-
dalanadi (simvolik belgisi — P). Mulohazaning subyekt va predi-
kati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy
elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri
bilan bog‘laydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning
simvolik ifodalanishi:
S — P (tasdiq mulohaza), S — P emas (inkor mulohaza)
Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib
bo‘lmaydigan mulohazadir yoki bir subyekt va bir predikatdan
tashkil topgan mulohazadir.
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin
bo‘lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Man
tiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi»,
degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq
ilmi tafakkur
shakllari va qonunlarini o‘rganadi» — bu murakkab mulohazadir.
Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya’ni miqdori va sifatiga
ko‘ra tasniflanadi. 1-tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar
yakka, umumiy va juziy bo‘ladi.
Oddiy
mulohazalarni
tasniflashning
ikkinchi
tamoyi-
li bu ularning sifatidir, ya’ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega
bo‘lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy boglam a belgilaydi.
«Hamma ilonlar zaharlidir» mulohazasining predikatida subyekt
haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday
mulohaza tasdiqlovchi deyi-
ladi. «Hech bir riyo amal maqbul emas» mulohazasida subyekt
haqida nim adir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mu-
lohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni
mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati
bo'yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalani-
ladi. Ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: