A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tayanch tushunchalar: 
aql, tafakkur, mantiq, tafakkur shak­
li, tafakkur qonuni, nom, termin, tushuncha, oddiy tushuncha, 
murakkab tushuncha, jins, tur, tushunchani chegaralash, tu ­
shunchani umumlashtirish, tushunchani ta’riflash, tushunchani 
bo‘lish.
Takrorlash uchun savollar
1. Bilish jarayoni qanday amalga oshadi?
2. Tafakkur nima va u qanday xususiyatlarga ega?
3. Mantiq atamasi qanday ma’nolarni ifodalaydi?
4. Fikrdagi izchillik deganda nim ani tushunasiz?
5. Tafakkur qonunlarini bilmasdan ham to‘g‘ri fikrlash mum- 
kinmi?
6. Tushunchaning mazmuni va hajmining ta’rifini ayta ola- 
sizmi?
7. «E’tiqod» tushunchasiga ta’rif bering. 0 ‘z ta’rifingizni gu- 
ruhingiz a’zolarining ta’riflari bilan solishtiring.
11-mavzu. Mulohaza va xulosa chiqarish
Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi,
chinlik qiymati, turlari. 
Klassik formal mantiqda mulohaza ta­
fakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o‘rganiladi. 
Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining ba’zilarida esa tafak­
kur shakllarini o‘rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bi­
lan bog‘liq masalalar doirasida tushunchalarga oid ma’lumotlar 
beriladi. Xulosa chiqarish alohida 
0
‘rganiladi1. Tafakkurlash ja­
rayonini bunday tartibda o‘rganish insonning bolaligidan boshlab
1 Morris R .C ohen Ernest N agelan introduction to logic and scientific
m ethod N ew D ehli. 2007. Restall G . Logic. An introduction. Published in the
Taylor & Francis e-Library, 2006.
221


mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami 
keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza- 
largina «chin», «yolg‘on» qiymatlariga ega bo‘ladi. Tushunchalarga 
esa bunday qiymatni berib bo‘lmaydi. Masalan, «yo‘lbars yirtqich 
hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo‘lbars» tushun- 
chasini esa «chin» yoki «yolg‘on» deb ayta olmaymiz, Chunki 
unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.
Demak, mulohaza chin yoki yolg‘on boiishi mumkin bo‘lgan 
fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning 
xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana 
shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan 
iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa­
larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy 
bog‘lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari- 
miz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar 
ham har xil bo‘ladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi­
limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax- 
min qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko'ra chin, xato 
va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Chinligi isbotlangan fikr- 
ni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Yolg‘onligi is­
botlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. 
Chinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza 
yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov­
chi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato- 
ligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar — noaniq bo‘ladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza m an­
tiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza­
lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi- 
na fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on 
qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, «Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir», «Hi- 
yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani 
ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma’lum bir belgi­
ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo- 
dalovchi tafakkur shaklidir.
222


Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega —fikr qilinayotgan predmet va 
hodisani bildiradi va fanda subyekt degan termin bilan ifodala- 
nadi (simvolik belgisi — S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, 
munosabatini bildiradi va fanda predikat degan term in bilan ifo- 
dalanadi (simvolik belgisi — P). Mulohazaning subyekt va predi- 
kati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy 
elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri 
bilan bog‘laydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning 
simvolik ifodalanishi:
S — P (tasdiq mulohaza), S — P emas (inkor mulohaza) 
Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. 
Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib 
bo‘lmaydigan mulohazadir yoki bir subyekt va bir predikatdan 
tashkil topgan mulohazadir.
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin 
bo‘lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Man­
tiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», 
degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur 
shakllari va qonunlarini o‘rganadi» — bu murakkab mulohazadir.
Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya’ni miqdori va sifatiga 
ko‘ra tasniflanadi. 1-tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar 
yakka, umumiy va juziy bo‘ladi.
Oddiy 
mulohazalarni 
tasniflashning 
ikkinchi 
tamoyi- 
li bu ularning sifatidir, ya’ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega 
bo‘lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy boglam a belgilaydi. 
«Hamma ilonlar zaharlidir» mulohazasining predikatida subyekt 
haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyi- 
ladi. «Hech bir riyo amal maqbul emas» mulohazasida subyekt 
haqida nim adir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mu- 
lohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni 
mantiqiy tahlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati 
bo'yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalani- 
ladi. Ular quyidagilardan iborat:

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish