A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Birinchi
tushuncha qanday shartlar asosida, o‘lchamlar, chegaralanishlar hamda 
qanday talablar bilan yerlardan foydalanish amalga oshirilishini aniqlaydi. 
Ikkinchisi
esa bunday shartda qanday to‘liq samara olinishini aniqlaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, yerdan foydalanish “samaradorligi” ushbu jarayoni amalga oshirish uchun 
aniq shartlarni oldindan belgilash asosida erishiladi, “oqilonalik” esa yerdan 
foydalanishda amalga oshiriladi hamda samaradorlik ko‘rinishida namayon bo‘ladi. 
Shunday hulosa S.A.Tkachukning ishida ham qilingan. U yerda qayd qilinadiki
.........yerlardan oqilona foydalanish mohiyatini aniqlash asosida “samaradorlik” 
singari umumiy toifa yotadi. Demak, birinchi navbatda, aynan ushbu toifaga har 
tomonlama tavsif berish, uning mazkur qirralarini ajratish talab qilinadi. Aynan 
ushbu qirralari yerlardan oqilona foydalanish tushunchasi (mohiyati)ni aniqlashda 
tadbiq qilinishi zarur”[32]. 
Yerlardan samarali foydalanish iqtisodiy toifa hisoblanadi, ammo bu tushuncha, 
qoidaga binoan, faqatgina qishloq xo‘jalik yerlariga dahldor bo‘lgan iqtisodiy yoki 
xo‘jalik mazmuni bilan chegaralanmaydi. U ijtimoiy, rekreatsion hamda tabiatni 
muhofazalash samaradorligi tushunchalarini ham o‘z ichiga oladi. Yerdan 
foydalanishning har bir qirrasiga shuncha mos tarzdagi, belgilangan tiplardagi: 
ijtimoiy, iqtisodiy, eklogik va boshqa samaradorliklar mos keladi. Agarda yerdan 
foydalanishni faqatgina qandaydir bitta qirrasi bo‘yicha qarasak, amalda ham ushbu 
qaralayotgan qirrasiga mos keluvchi samaradorlikni aniq turi bo‘yicha eng yuqori 
natijaga erishish mumkin bo‘ladi. Bunda aniq bir tur bo‘yicha eng yuqori 
samaradorlikka boshqa turlar bo‘yicha samaradorlikning pasayishi evaziga erishiladi, 


123 
negaki yerdan foydalanishning boshqa (qolgan) qirralarining talablari birlamchi, 
boshlang‘ich shartlar sifatida qabul qilinmagan.
Ammo yerdan foydalanish bir necha omillarning talablariga rioya qilingan 
sharoitda amalga oshiriladi. Bunday majmuali sharoitni tadbiq qilish yerdan 
foydalanish samaradorligining barcha (bir necha) bir vaqtdagi turlarining eng yuqori 
darajalariga ta’sir etishlari bilan emas, balki yalpi samaradorlik bilan bog‘liqdir. 
Bunday samaradorlik yalpi maqbul samaradorlik hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, maqbullashtirilgan samaradorlik yerlardan oqilona foydalanishga (barcha 
qirralari shartlarini bir vaqtda bajarilishi nuqtai nazardan) mos keladi. Demak, 
yerlardan foydalanishning “oqilonaligi” samaradorlikni qabul qilingan mezonlari 
nuqtai nazaridan eng ma’qul yakuniy natijasini ko‘zda tutadi, ya’ni bir vaqtning 
o‘zida u, qoidaga binoan, iqtisodiy, rekreatsion, sog‘lomlashtirish hamda ekologik 
yoki qandaydir bir boshqa birikmalarda, ammo Yerdan foydalanishning qabul 
qilingan shartlarida kutilishi mumkin bo‘ladigan eng yuqori, albatta yangi 
samaradorlikdir. Bunday yerlardan oqilona va samarali foydalanish bir vaqtning 
o‘zida tizimli yerdan foydalanishning ham shartli natijasidir, ya’ni uning ikkitalikdagi
yagona vazifasidir.
Yerlardan oqilona va samarali foydalanish tushunchasiga maxsus adabiyotlarda 
keltirilgan qoidalarning asosiy kamchiliklari shundan iboratki, ular qoidaga binoan 
juda tor ma’noda qaralgan, asosan Yerlardan texnologik foydalanish nuqtai 
nazaridan, ya’ni yer resurslarini qayta tiklash siklining ikkinchi bosqichida qaralgan. 
Ammo ushbu tushunchani anchagina keng ma’noda, aynan yer resurslarini qayta 
tiklash sikli bo‘yicha qarash zarur, ya’ni faqat bittasi bo‘yicha emas,balki barcha 
uchta bosqichini baravariga qarash zarur. Yerlardan foydalanishning “oqilonaligi” va 
“samaradorligi”nainki undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish bosqichida, shu bilan 
birga, eng avvalo, uni taqsimlash va qayta tiklash bosqichlarida ham mavjud bo‘ladi 
(shakllanadi, “vujudga keladi”). Taqsimlash bosqichida qanday shartlarda, 
cheklanishlarda, o‘lchamlarda mamlakat yer resurslarining har bir tarmog‘ida, har bir 
korxonada foydalanish ko‘zda tutishi bo‘yicha qarorlar qobul qilinadi. Aynan shu 
shartlar mamlakat, tarmoqlar, korxonalarning shakllantirilgan manfaatlari nuqtai 
nazaridan ko‘zda tutilayotgan yerdan foydalanishning “oqilonaligini” zaruriy 
darajasini aniqlaydi. Negaki “oqilona” tushunchasi yerdan ko‘p maqsadli foydalanish 
uchun xarakterli ekan, demak, bunday holda yerdan foydalanishning qandaydir bitta 
qirrasi eng yuqori emas, balki berilgan shartlar yoki cheklanishlardan eng maqbul 
bo‘lgan yerdan foydalanishning yangi samaradorligi vujudga keladi.
Yerlarni qayta tiklash bosqich ham ulardan oqilona va samarali foydalanishga 
ma’lum tasir ko‘rsatadi. Qayta tiklash bosqich yerlarni yangidan taqsimlash (qayta 
taqsimlash) hamda yer resurslaridan keyingi foydalanishlar uchun manbaa yaratadi. 
Qanday qayta tiklash – kengaytirilgan yoki oddiy qayta tiklash qabul qilinganiga 


124 
qarab, shunga mos ravishda keyingi qayta tiklash siklida yerlardan foydalanish 
samaradorligi vujudga keladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish