125
va temiryo‘llarini rekonstruksiya qilish va boshq.). Demak, yer resurslaridan oqilona
samarali foydalanish iqtisodiy toifa sifatida uni to‘la qayta tiklash siklining barcha
bosqichlarida
tadbiq qilinadi, shuning uchun ham ushbu tushunchalarni belgilashda
ularni qayta tiklash siklining qandaydir bittagina bosqich bilan emas, balki bir
vaqtning o‘zida barcha bosqichlari bilan bog‘liqligidan kelib chiqish zarur.
Qator maxsus adabiyotlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer
kodeksida “Yerlardan oqilona va samarali foydalanish” tushunchasi yerdan
foydalanish yoki yer tuzishining tamoyillaridan bittasi sifatida qaraladi.
Masalani
bunday qo‘yilishini to‘g‘ri deb hisoblamaymiz. O‘zining mohiyati, roli va ahamiyati
bo‘yicha ushbu tushuncha yerdan foydalanishning qandaydir bir asosiy tomonlarini
tavsiflaydigan har bir alohida tamoyillardan yuqori va keng tushunchadir. Bunda
yerdan foydalanishning barcha tamoyillarini amalga oshirilishi yerdan
foydalanishning asosiy vazifasi-jamiyatni moddiy va boshqa turdagi boyliklariga
doimiy o‘sib borayotgan talablarini qondirish maqsadida yer resurslaridan oqilona va
samarali foydalanishni ta’minlashni amalga oshirishga bo‘ysundirilgan.
Yerlardan oqilona foydalanish darajasini oshirishning muhim masalasi-bu
yerdan
foydalanishning
ijtimoiy,
iqtisodiy,rekreatsion
hamda
ekologik
samaradorligini baholash metodikasini hamda zaruriy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab
chiqishdir.
Ijtimoiy sohada, sanoat va transportda, xalq xo‘jaligining qator boshqa
tarmoqlarida yerlardan foydalanish samaradorligini baholash masalalari kam
o‘rnatilgan. Bunday ko‘rinadiki, ushbu sohalardan foydalanish samaradorligini
baholash metodikasi yerlardan foydalanishning jadallashganlik darajasini oshirishni
ko‘zda tutadigan hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablari uchun yer
ajratishning ilmiy asoslangan me’yorlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan bozor va
me’yoriy uslublarga asoslanishi zarur. Qishloq xo‘jalik
yerlaridan foydalanishni
iqtisodiy va ekologik samaradorligini baholash masalalari anchagina yirik
miqiyoslarda o‘rganilgan, baholashning ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan. Shu
bilan birga, noqishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi
masalalari kam o‘rganilgan masala bo‘lib qolmoqda, boshqa turlardagi
samaradorliklar esa amaliy jihatidan tadqiq qilinmagan. Jamiyatning o‘sib borayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy talablarini ta’minlash yerlardan jadal foydalanish asosida
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini
doimiy ravishda oshirib borishni talab qiladi.
Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish butun bir majmuali muammo
bo‘lib,uni hal qilish
uning barcha qirralarini, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy,
rekreatsion, ekologik, huquqiy, axborotli, texnologik,
resursli, tashkiliy-hududiy va
tadbirkorlik qirralarini tadbiq qilish asosida erishiladi. Bunda birinchi to‘rtta qirrasi
yerdan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishni tavsiflaydi, qolganlari esa undan
foydalanishning oqilonaligini va samaradorligini ta’minlaydi. Ularning hech bittasi
126
alohida tarzda, boshqalaridan ajralgan holda yerlardan oqilona foydalanishni
ta’minlay olmaydi.
Shunday
qilib,oqilona
yerdan
foydalanish
tushunchasini
yerlardan
foydalanishning butun bir majmuidagi qirralari bilan aniqlangan yagona maqsadlilik
nuqtai
nazardan qarash zarur, ya’ni-bu ulardan foydalanishda oldinga qo‘yilgan
shartlar va chegaralanishlarda jamiyatning umumiy talablarini bir vaqtda
ta’minlovchi yer resurslaridan foydalanishning ko‘p maqsadli, birlashtirilgan
variantidir. Bunda shu bilan birga maqbul majmuali samaradorlik ta’minlanadi. Shu
munosabat bilan yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish modelini ishlab
chiqish usullarini, har bir qirrasi bo‘yicha tadqiqot predmetini o‘z ichiga olishi zarur.
O‘zining to‘la qayta tiklanish sikliga asoslangan (taqsimlash,yer resurslaridan
foydalanish va qayta tiklash) va yerdan foydalanishning barcha qirralarini majmuali
amalga oshiradigan tizimli yerdan foydalanishgina oqilona va samarali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: