118
mavjud axborotlarni yangilash eng muhim muammoga aylanadi, negaki bu ulardan
foydalanishda amaliy natijalarni ma’lum darajada buzilishiga olib keladi.
Shu bilan birga, noqishloq xo‘jalik ahamiyatidagi Yerlardan oqilona va samarali
foydalanishini tashkil etishda yer kadastr axborotlari
bilan bir qatorda bino va
inshoatlar kadastri hamda shaharsozlik kadastrining axborotlari ham zarur.
Axborotning ushbu turi shahar va posyolkalar yerlarini baholash, sanoat va
tadbirkorlik yerlarini baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish, ko‘chmas mulk
obyektlarini shakllantirish, yer va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish, ipoteka
instituti uchun zarurdir.
Qayd qilish zarurki, bugungi kunda mamlakatda yer egalari
va yerdan foydalanuvchilar bo‘lgan 4,5 mln.ga yaqin yuridik va jismoniy shaxslar
mavjud. Yerning miqdori va sifat holati to‘g‘risidagi yirik xajmlardagi axborotlarni
to‘plash va qayta ishlash ancha yirik mehnat sarfini talab qiladi. “Yergeodezkadastr”
davlat qo‘mitasining barcha bo‘linmalari bo‘yicha axborotlarni tezkor ravishda
to‘plash, ularni qayta ishlash, tizimlash,
saqlanishini tashkil etish, manfaatdor
foydalanuvchilarga berish va o‘z vaqtida yangilab turish maqsadida yer axborotlarini
respublika avtomatlashtirilgan tizimini yaratish talab qilinadi.
Yerlardan oqilona foydalanishning
texnologik qirrasi
yer resurslaridan samarali
foydalanish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’mirlaydigan ilmiy-texnik
jadallashtirishni rivojlantirish sharoitida undan foydalanish texnologiyalarihamda
yerga ta’sir ko‘rsatish usullari va usullarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. yerga texnogen
ta’sir ko‘rsatishining usullari va uslublari jamiyat ilmiy-texnik jadallashtirishning
funksiyasi hisoblanadi hamda uni rivojlantirishning turli bosqichlarida ular
takomillashadilar va o‘zgaradilar. Yerdan oqilona foydalanishning
ushbu qirrasi
asosan qishloq xo‘jaligi uchun nihoyatda muhimdir.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish dehqonchilik tizimi (yerlarni
ishlash usullari), almashlab ekish tizimi bilan (tuproqlar unumdorligini qayta tiklash
va ekinlar kasalligi bilan kurash), qishloq xo‘jaligini industriyallashtirish bilan
(ekinlarni o‘stirish bo‘yicha texnologik operatsiyalarni mexanizatsiyalash), yerlarni
sug‘orish usullari, yerlarni melioratsiyalash bilan bog‘liqdir. Tuproqni unumdorligini
oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlarga tuproqlarni bonitirovkasi bo‘yicha tasniflash,
regional tabiiy-iqlimiy sharoitlarni hisobga olish, o‘g‘itlar tizimi, yerlarni kimyoviy
va boshqa turlaridagi melioratsiyasi kiradi. Ushbu
vazifalarni amalga oshirish
o‘simliklar biologiyasi, tuproqlar va tuproq paydo qiluvchi omillar hamda jarayonlar,
ular unumdorligi, dehqonchilik qonunlari, tuproqlarni ishlash usullari, tuproqlar
unumdorligini qayta tiklash uslublari sohalarida zaruriy bilimlarni talab qiladi.
Qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanishni texnologik ta’minlash
obyektning ma’lum bir birlik ishlab chiqarish quvvatiga yoki u tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotiga eng kam maydonini ta’minlovchi ishlab chiqarish va boshqa
obyektlarni loyihalashni yangi usullarini qo‘llash vositasida amalga oshiriladi. Bunda
119
yer resurslariga va atrof muhitga salbiy ta’sirlarni mumkin qadar kamaytirish zarur.
Turli maqsadli obyektlarni qurishda yerni
unumdor qatlamini saqlash, buzilgan
yerlarini navbatdagi rekultivatsiyasi majburiy shart hisoblanadi.
Yerlardan oqilona foydalanishning
Do'stlaringiz bilan baham: