18.12.2021, 16:52
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – rivojlanish garovi! | infoCOM.UZ
uz.infocom.uz/2020/10/08/raqamli-ozbekiston-2030-strategiyasi-rivojlanish-garovi/
2/5
Yangi O‘zbekistonni zamon talabi bo‘lgan raqamlashtirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta. Yangi
bosqichga qadam qo‘yib, oldimizga shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishni
maqsad qilganmiz.
Buni oldindan ko‘ra bilgan davlat rahbarimiz joriy yil boshida Parlamentga qilgan Murojaatnomasida
taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va
shartligini, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishini, zero, bugun dunyoda
barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini
talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi, shu bois raqamli
iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida belgilab berildi. Chunki
raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita
bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat
qilishi bilan birga odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi.
Raqamlashtirish bu – hayotning turli sohalariga, jumladan, iqtisodiyot, ta’limning barcha bosqichlari,
madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli
texnologiyalarni joriy qilishdir.
Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili – bu uning huquqiy asosini
yaratishdir. Shuning uchun kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur strategiyaning maqsadi nima va u nimaga xizmat qiladi?
— “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini joriy etish, …“aqlli”, “xavfsiz” shahar, “Internet buyumlar”
texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish. Ushbu asosda
mamlakat YaIMning 30 foizga o‘sishi hamda “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi”
xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash;
— mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa
tizimini olib kirish…;
— aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirish,
ortiqcha sansalorlik va byurokratizmni oldini olishga qaratilgan “Elektron hukumat” kontseptsiyasini izchil
amalga oshirish.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining oxirgi saylovoldi Dasturiga raqamlashtirish
bo‘yicha qator rejalar kiritilgan, jumladan:
— milliy iqtisodiyotga “raqamli iqtisodiyot”ni keng joriy etish, mamlakatda raqamli texnologiyalarni keng
miqyosda o‘tish mexanizmini ishlab chiqish;
18.12.2021, 16:52
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – rivojlanish garovi! | infoCOM.UZ
uz.infocom.uz/2020/10/08/raqamli-ozbekiston-2030-strategiyasi-rivojlanish-garovi/
3/5
— mamlakatimizni yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmog‘i bilan ta’minlash;
— iqtisodiyotni barcha sohasida onlayn savdo, elektron xizmatlar, raqamli televideniye va mobil internet,
masofaviy o‘qitish, sanoat interneti (3D bosib chiqarish) va BigData texnologiyalarini jadal rivojlantirish
uchun AKT infratuzilmalarini yaratish va boshqalar.
Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6079-sonli Farmonining qabul qilinishi ham partiyamiz saylovoldi Dasturiga mos va hos desak, to‘g‘ri
bo‘ladi.
— “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, …“aqlli”, “xavfsiz” shahar, “Internet
buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish.
Ushbu asosda mamlakat YaIMning 30 foizga o‘sishi hamda “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT
rivojlanishi” xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash;
— mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa
tizimini olib kirish;
— aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirish,
ortiqcha sansalorlik va byurokratizmni oldini olishga qaratilgan “Elektron hukumat” konsepsiyasini izchil
amalga oshirish.
Partiyamiz ilgari surgan yuqoridagi g‘oyalarning talay qismi hozirda amaliyotda o‘z aksini topdi. Jumladan,
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish,
sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalar hamda “Raqamli
Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqdа.
Shuningdek, joriy yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston —
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli
Farmonining qabul qilinishi ham partiyamiz g‘oyalariga hamohang, desak yanglishmaymiz.
Mazkur Farmon bilan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlanib, birgina 2020-2022 yillarda
hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash
darajasi, shu jumladan, keng polasali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik
tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga
yetkazish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari,
elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etish, 587 ming kishini kompyuter dasturlash
asoslariga o‘qitishni tashkillashtirish, hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining
raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha
o‘qitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalarini biriktirish hamda ularning 12 ming nafar xodimini axborot
texnologiyalari sohasida o‘qitish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, 13 ta namunaviy tumanlarda IT-infratuzilmasini yaratish, kompyuter uskunalari bilan
jihozlashni nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta’lim maktablari hamda sog‘liqni saqlash
muassasalarini raqamlashtirishni yakunlash bo‘yicha choralar ko‘rish belgilandi.
Endilikda 2020-yil 1-noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar vakolatlari
yuklatiladi hamda ularning oylik maoshiga har oyda 30 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2021-yil 1-sentabrga qadar raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha barcha
tuman va shaharlarda o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganishi uchun
mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib
o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Ko‘rinadiki, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyani tasdiqlanishi mamlakatimiz rivojlanishining barcha
jabhalariga juda dolzarb omil bo‘ldi. Endi ish qanchali uni soha rahbarlari tushunishiga va amalga oshirishga
18.12.2021, 16:52
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – rivojlanish garovi! | infoCOM.UZ
uz.infocom.uz/2020/10/08/raqamli-ozbekiston-2030-strategiyasi-rivojlanish-garovi/
4/5
tayyorligiga qolgani. Ishonamizki, mazkur muhim strategiyani hammamiz to‘g‘ri tushunib, uni qo‘llab-
quvvatlaymiz va natijalarga qarab intilamiz.
Maniyazov Baxtiyor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi va
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi.
Manba
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun
Telegramda infoCOM.UZ
kanaliga
obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq
«
TATUda Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosini tatqiq etishga bag‘ishlangan xalqaro
konferensiya o‘z ishini boshladi
Matbuot xuddi darslik kabidir
»
Qidiruv
Qidiring
Ruknlar
Aloqa va telekommunikatsiyalar
(113)
Internet
(527)
Intervyu
(136)
Kompyuter o‘yinlari
(122)
Mobil aloqa
(2 044)
Qiziqarli fAKTlar
(70)
Sharh va fikr-mulohazalar
(1 005)
Tadbirlar
(1 251)
Tanlovga yuborilgan maqolalar
(62)
Texnologiya
(658)
Yangiliklar
(3 316)
Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar
(267)
Bosmadan chiqdi № 12
18.12.2021, 16:52
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – rivojlanish garovi! | infoCOM.UZ
uz.infocom.uz/2020/10/08/raqamli-ozbekiston-2030-strategiyasi-rivojlanish-garovi/
5/5
№ 12, 2018 y.
Jurnal arxivlari
Oyni tanlang
infoCOM.UZ arxivlari PDFda
«Kompas» jurnali
Statistika
Teglar
Huawei
© 2002 — 2021. infoCOM.UZ
16+
Barcha huquqlar himoyalangan. Internet-OAV 0626-raqamli O‘zAАA litsenziyasi. Sayt materiallaridan
foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
Hamjamiyatlar
Telegramda kanal
Biz Facebookda
Biz Twitterda
RSSga obuna bo'lish
Forumda muhokama qilish
WordPressda ishlaydi