A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

huquqiy qirrasi
yerdan oqilona 
foydalanishni ta’minlashning manbasi, o‘ta muhim sharti hisoblanadi. U zamonaviy 
yer munosabatlari hamda ularni qayta tiklash nuqtai nazardan yerlarni berish 
(tarmoqlararo yer taqsimoti, yerdan foydalanishni tarkiblash), yerdan foydalanishni 
tashkil etishni ko‘zda tutadi. Shu sababli, huquqiy qirraning asosiy mazmuni 
mamlakatning yagona fondidan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash 
maqsadida zamonaviy yer munosabatlarini rivojlantirish, ularni muvofiqlashtirish va 
faol ta’sirining xususiyatlari hamda xarakterini keyingi o‘rganishdan iboratdir. 


116 
Yer munosabatlari ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga xos muhim sohadir. 
yer munosabatlari-bu umumiy mehnat sharti va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi 
yerlarga egalik qilish hamda foydalanish bo‘ycha turli jamiyat qatlamlari, ijtimoiy 
guruhlar va alohida shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan jamiyat ishlab chiqarish 
munosabatlarining o‘ziga xos sohasidir. Uning o‘ziga xos xususiyati boshqa turdagi 
ishlab chiqarish vositalariga nisbatan yerni ishlab chiqarish vositasi sifatidagi o‘ziga 
xos xususiyatlari, shuningdek jamiyatning iqtisodiy munosabatlari tizimida uning 
o‘ziga xos roli bilan tushuntiriladi. Bunday o‘ziga xoslik ikki tomonli xarakterga ega: 
siyosiy va iqtisodiy. 
O‘zbekiston Respublikasida yer munosabatlarining asosi bugungi kunga qadar 
yerga davlat mulkchiligi hisoblangan, 2007 yildan boshlab qonunchilik hujjatlarida 
yerga mulkchilikning ikkinchi shakli-xususiy mulkchilik kiritildi. Mulkchilik shakli 
yer munosabatlarini ijtimoiy xarakterini belgilaydi hamda butun jamiyatning 
manfaatlari uchun yerdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Yangi sharoitda yer 
munosabatlarining eng muhim afzalligi shundan iboratki, bunda yerlardan 
foydalanish qayta tiklashga yirik miqdorlarda investitsiyalar jalb qilish yo‘li bilan 
yaxlit jamiyat manfaatlarida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini tubdan 
oshirish uchun zaruriy manbaa yaratadi. 
Yerga mulkchilik huquqi birinchidan, yerga mulkchilik vakolatlari va hajmini, 
hamda ikkinchidan, undan foydalanishni boshqarish tartibini aniqlovchi me’yorlar 
vositasida yerning huquqiy rejimiga ta’sir ko‘rsatadi. Yerdan foydalanishning 
huquqiy rejimi vositasida huquq ikkita funksiyani bajaradi: muvofiqlashtiruvchi va 
muhofaza qiluvchi. Birinchi holda huquq me’yorlari yer munosabatlari jarayonida 
vujudga keladigan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va 
majburiyatlarining mazmunini, yer munosabatlarini o‘zgarish sabablarini, ularni 
muvofiqlashtirish yoki to‘xtatish yo‘llarini aniqlash. Qaysi bir tomondan noqonuniy 
harakatlar evaziga egaliklari yoki yerdan foydalanuvchilarning huquqlari buzilgan 
hollarda ular huquqlari davlat tomondan kafolatlanadi, ya’ni huquqni muhofaza qilish 
funksiyasini o‘taydi. 
Mamlakatda yer munosabatlarini muvofiqlash bo‘yicha yer qonunchiligining 
vazifasi O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi bilan aniqlanadi. Uning birinchi 
moddasida aytiladiki, “Yer qonunchiligining asosiy vazifalari bugungi hamda kelgusi 
avlodlar manfaatlarini ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini muvofiqlashtirish, 
yerlardan ilmiy asoslangan, oqilona foydalanish va muhofaza qilish, tuproq 
unumdorligini qayta tiklash va oshirish, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarining 
huquqiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish, yer uchastkalariga yuridik va jismoniy 
shaxslarning huquqlarini muhofaza qilish, shuningdek ushbu sohada qonunchilikni 
mustahkamlashdir” [2,1b]. Yerlarni huquqiy muhofaza qilish, birinchidan, yer egalari 
va yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini, ikkinchidan esa yerlardan oqilona 


117 
foydalanish bo‘yicha qonuniy belgilangan talablarga qat’iy rivoya qilishni 
ta’minlashga yo‘naltirilgan, ya’ni huquqiy rejimni muhofazalash yer egalari va 
Yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishga, shu bilan birga yer 
egalari va Yerdan foydalanuvchilarning o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun 
sharoit yaratishini ko‘zda tutadi. 
Davlat tomonidan yerni egalik, foydalanish, ijara va mulk asoslarida berish 
O‘zbekiston Respublikasining yer qonunchiligiga mos tarzda amalga oshiriladi. 
Davlat jamiyatdagi bosh iqtisodiy islohotchi sifatida, shu jumladagi munosabatlarda 
yer uchastkasi bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday huquq turiga vakolatlidir. 
O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida mamlakatda yer uchastkalarini yuridik 
va jismoniy shaxslarga berish tartibi va shartlari, ularning huquqiy va majburiyatlari, 
yer uchastkalariga huquqiy kafolatlari, Yerda xo‘jalik yuritishning rang-barang 
tashkiliy-huquqiy shakllarini yaratish shakllari aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi 
yer kodeksining 90-moddasida yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik 
ko‘zda tutilgan. 
Yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashning 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish