ekologik qirrasi
undan foydalanish jarayonida tabiiy
majmuaning bosh komponenti sifatidagi yerlarni sifat holatini (yaxshilanishi yoki
yomonlashuvi) aniqlaydi. Yerdan foydalanishning ushbu qirrasi tabiat va jamiyatning
o‘zaro ta’sirini namoyon qiladi. Materiya harakatining eng oliy shakli sifatidagi
jamiyat tabiatning organik qismi hisoblanadi hamda u bilan doimiy o‘zaro
harakatdadir. Agarda tirik organizmlar tabiatga o‘zlarini biologik tur sifatida
qatnashishlari hisobiga ta’sir ko‘rsatishsa, insonlar o‘zlarini mehnati bilan tabiatga
ta’sir ko‘rsatadilar. Jamiyat o‘zining rivojlanish jarayonida o‘z zaruriyatlari uchun
rang-barang takomillashgan predmetlarni, shu bilan bir qatorda tabiat uchun
umuman yangi bo‘lgan predmetlarni yaratib, asta-sekin uning to‘g‘ri bog‘lanishidan
ozod bo‘lgani holda mehnat qurollarini takomillashtirish asosida tabiatga kuchli ta’sir
ko‘rsata boshlaydi.
Tabiiy resurslarni iste’mol qilish yoki ajratib olish hamda ishlab chiqarish
chiqindilarini tabiatga chiqarib tashlash jamiyat rivojlanishining obyektiv
jarayonidir. Tabiiy resurslar o‘z ichiga o‘zlarining moddiy, ilmiy va madaniy
113
talablarini qondirish maqsadida o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarida kishilar
foydalaniladigan tabiiy obyektlar, sharoitlar va jarayonlarni oladilar. Tabiiy
resurslardan doimiy o‘sib borish tarzida foydalanish ularni miqdoriy jihatidan hisob
qilishni,sifat holatini o‘rganishni va baholashni talab qiladi. Ammo odamni tabiatga
aqlsiz, iste’molli hamda samarasiz munosabati atrof muhitga yirik salbiy oqibatlari
bilan xavflidir.
Tabiatni birinchi marta yirik miqyoslarda buzilishini (tuproqlarni buzilishi,
hamda hayvonlarni tartibsiz o‘tlash natijasida o‘simlik resurslarini yo‘q qilishi,
o‘rmonlarni kesish va yerlarni haydash) yer massivlarini, xavzalarini, o‘rmonlarni,
tuproqlarni himoya qilish bo‘yicha qonunlarni kiritish zaruriyatiga olib keldi. Fan va
texnikani keyingi rivojlanishi insonni tabiatga ta’sir ko‘rsatish darajasini oshirdi-
hayvonot dunyosi, landshaftlar yer yuzidan yo‘qola boshladi. SHu munosabat bilan
XIX asrning oxiri-XX asirning boshlarida “tabiatni muhofaza qilish” tushunchasi,
30-yillarda-tabiiy resurslarni navbatdagi charchashi va izdan chiqishi natijasida-
“tabiiy resurslarni muhofaza qilish” tushunchasi, 50-60 yillarda esa yer biosferasini
radioaktiv yog‘ingarchiliklar bilan yirik miqdorlarda ifloslanishi munosabatlari bilan-
“atrof-muhit muhofazasi”tushunchasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunda tabiatni
muhofaza qilish tushunchasining asosiga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
atrof muhitni isroflanishidan himoya qilish, biosferani o‘zini yo‘q bo‘lib ketishidan
saqlash muammolari qo‘yilgan. Tabiatni muhofaza qilish muammosi murakkabdir
hamda o‘z ichiga iqtisodiy, sog‘lomlashtirish - gigiena, estetik, tarbiyaviy, ilmiy
xarakterdagi qator qirralarni oladi, ularni hal qilishda tabiat va jamiyatni o‘zaro
munosabatda ekanlik tamoyiliga asoslangan ekologik yondoshuv yirik ahamiyatga
egadir.
Tabiatni muhofaza qilish nazariyasiga V.I.Vernadskiyning biosfera to‘g‘risidagi
ta’limoti yirik hissa qo‘shgan. Ushbu ta’limotga binoan insonning kuch-qudrati
materiya (biomassa)da emas, aksincha miyasi, aqli va maqsadli mexnatidadir. Inson
faoliyatining natijasi sifatidagi antropogen almashish ekologik nuqtai nazardan
takomillashmagan jarayondir. Biosferaning “hayotni aylanishi”dan farqli o‘laroq, u
yopilmagan, achiqdir, qaysiki unda tabiiy resurslar kirish holatida, ishlab chiqarish va
maishiy chiqindilar-chiqish holatida bo‘ladilar. Agarda kirish holatida o‘ziga xos,
yirik xavf-xatar bo‘lmasa bir tabiiy resurslar amaliy jihatdan tugamaydigan,
boshqalari esa, ohir-oqibatda almashtirilishi mumkin, chiqishda esa inson ishlab
chiqarish faoliyati davomida tabiatga ta’sir etish natijalari jiddiy salbiy oqibatlar bilan
bog‘liq.
Yer resurslaridan foydalanish va umuman boshqa tabiiy resurslardan
foydalanish masalasiga ilmiy asoslangan yondoshuv zarur, bunda yer resurslarini va
umuman tabiatni muhofaza qilish ulardan foydalanish jarayonida amalga oshirishi
zarur. Mamlakatda yer resurslarining miqdori anchagina, ammo shu bilan bir vaqtda
114
ular chegarasiz emas, albatta. Masalan, agarda 1940 yilda mamlakatning bir
kishisiga 0,31ga sug‘oriladigan ekin yeri to‘g‘ri kelgan bo‘lsa,1960 yili-0,26ga, 1970
yili-0,20ga, 1980 yili-0,19ga, 1990 yili-0,17ga, 2000 yili esa-0,17ga, 2014 yilda-0,14
gadan kamroqni tashkil etgan [36]. Sug‘oriladigan ekin maydonlarining miqdorlarini
qisqarishi noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun qishloq xo‘jalik yerlarini, shu
jumladan ekin yerlarini ajratish natijasida, shuningdek aholini o‘sishi natijasida ro‘y
beradi. Bunday holat yerni muhofaza qilishga juda jiddiy munosabatda bo‘lishni talab
qiladi. Suv hamda shamol eroziyalari tuproqqa yirik zarar etkazadilar, ushbular
jarayonida tuproqning ustki unumdor qatlami yuvilib ketadi. Sug‘oriladigan
dehqonchilik rayonlarida sug‘orish eroziyasi kuzatiladi. Shamol eroziyasi o‘rtacha va
kuchli shamol esadigan mintaqalar uchun xarakterlidir. Agarda tabiiy sharoitda 1-
3sm unumdor qatlamli tuproq yaratishi uchun 200dan 1000yilgacha muddat talab
qilinsa, eroziya jarayonida uni buzilishi 20-30 yilda ro‘y berishi mumkin.Dunyo
bo‘yicha har yili eroziya jarayonlarining oqibatida 3,0mln.ga ekin yerlari qishloq
xo‘jalik oborotidan chiqib ketadi. O‘zbekistonda 1,5mln. gektarga yaqin ekinzorlar
suv va shamol eroziyalariga uchragan, ularning yarmi ushbu jarayonlarga qarshi
tizimli kurash olib borishni talab qiladi. Eroziya jarayonlariga uchragan yerlarda
qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi, qoidaga binoan, 20-40%ga pasayadi, bu
yerlarda mexanizimlarni ishlashi qiyinlashadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini
etishtirishning ishlab chiqarish-iqtisodiy shartlarini yomonlashuvidan tashqari
biogeotsenozlarni yemirilishi ro‘y beradi, natijada tabiatda biologik barqarorlik
buziladi.
Yerlarni sho‘rlanishi ulardan foydalanish samaradorligini pasayishiga olib
kelishi bilan birga tabiiy sharoitlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani xolda biogeotsenozlarni
buzilishiga olib keladi. Tuproqning ushbu kamchiligiga qarshi samaradorli
kurashlardan biri-bu turli melioratsiyalarni o‘tkazishdir. Qishloq xo‘jalik ekinlarini
asosli sug‘orish rejalari, sug‘orish kanallarini filtratsiyasi bilan kurashish,
yomg‘irlatib sug‘orish, tuproq ostidan sug‘orish, tomchilatib sug‘orish, drenajlar
tizimi yordamida minerallashgan yer osti suvlarini olib chiqib ketish, tuzlarni
yo‘qotish maqsadida yerlarni sho‘rini yuvish va boshqalar sho‘rlanishga qarshi
samarali kurash choralari hisoblanadi.
Tuproqlarni va umuman atrof-muhitni ifloslanishi tabiatni muhofaza qilish
talablariga unchalik to‘la javob bermaydigan inson ishlab chiqarish faoliyatining
oqibatidir. Tuproq sanoat chiqindilari bilan, issiqlik elektrostanitsiyalarining kullari,
qurilish ahlatlari, neft oqishi natijasida, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan va
yadroximikatlardan noo‘rin foydalanishi natijasida, xo‘jalik-maishiy oqava suvlar
bilan, shahar axlatlari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanadi. Atmosfera sanoat
chiqindilari bilan ifloslanishi ham oxir-oqibatda ularni cho‘kishi oqibatida tuproqni
kimyoviy ifloslanishiga olib keladi. Yadoximikatlar, barqaror gerbitsidlar va
115
sintezlanadigan kimyoviy moddalar tuproqda to‘planganlari holda tuproq
mikroorganizimlarini halok bo‘lishiga olib keladi, o‘simlik tanasiga kiradi va ularga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat tuproq paydo bo‘lish jarayonini buzilishiga olib
keladi, tuproq unumdorligini pasaytiradi va umuman biosferada moddalarni biologik
aylanishini buzadi.
Tuproqlarni eroziyadan, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan zararlanishidan
muhofaza qilish, yer resurslarini qayta tiklash, qishloq xo‘jaligi oborotidan yer
ajratishni minimum miqdorlargacha qisqartirish yoki umuman to‘xtatish, asoslangan
chegaralarda yangi yerlarni o‘zlashtirish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni
rag‘batlantirish mexanizimlarini ishlab chiqish, yerlardan foydalanishni ekologik
qirralarini ayniqsa muhim masalalari hisoblanadi. Qaralayotgan qirrada yerlardan
oqilona foydalanish bo‘yicha asosiy tadbirlarga quyidagilar kiradi: tuproqlarni suv va
shamol eroziyalaridan muhofaza qilish, yerlarni sho‘rlanishidan va botqoqlanishidan,
ifloslanish va zaharlanishidan, ko‘chib yuruvchi qumlardan himoya qilish,
shuningdek yerlarni rekultivatsiyalash. Bunda yerdan foydalanish samaradorligi
yerlarni sifat holatini bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomonlashishini bartaraf qilish va
tabiat kuchlarini hamda inson faoliyatini salbiy ta’sirlari oqibatida kamroq qimmatli
yer turlariga o‘tishi, qishloq xo‘jalik oborotidan yerlarni chiqib ketishini bartaraf etish
va tuproq unumdorligini pasayishini to‘xtatish, tuproq qatlamini saqlash,
rekultivatsiyalash natijasida tiklangan yerlarning hamda qishloq xo‘jalik oborotiga
jalb qilingan yerlarni miqdorlari bilan aniqlanadi ya’ni:
E
ekol
= S
dox
– Z
ekol
– S
dox
– P
dox
(4)
bu Yerda: S
dox
- ekologik holati yaxshilanish oqibatida yerlardan foydalanish
samaradorligini oshirish;
Z
ekol
- ekologik holati yaxshilanishiga sarflangan harajatlar;
S
dox
- yerlar ekologik holatini yomonlashuvi va oqibatida yerdan
olinadigan foydaning kamayishi;
P
dox
- ekologik holati bo‘yicha xo‘jalik oborotidan chiqib ketadigan
yerlardan yo‘qotilgan daromad
Yerdan foydalanishni ta’minlashning
Do'stlaringiz bilan baham: |