110
zamonaviy uslubiyatlar asosida qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jalik yerlari
sifatini ishonchli tarzda baholash (tuproq bonitirovkasi, yerni iqtisodiy va qiymat
baholash);
tabiiy-iqtisodiy omillar yordamida hududlarni qishloq xo‘jalik rayonlashtirish
hamda undan amaliyotda foydalanish;
ma’lum yer birligidan maksimal foydani ta’minlovchi yer turlari hamda ekin
turlari tarkibini maqbullashtirish;
yer uchastkalari hududini samarali tashkillashtirish;
dehqonchilikning zamonaviy tizimlarini hamda qishloq xo‘jalik
ekinlarini
etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
yer resurslarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishini ta’mirlaydigan,
yangidan yaratilgan mahsulotni obyektiv taqsimlash, ekvivalent almashish va
iste’moli;
axolini ishlab chiqarish va boshqa (ijtimoiy, rekreatsion, ekologik) sharoitlari
va talablarini qondirishda yer maydonlarini imkoni boricha kamroq talab qilinishini
ta’minlovchi sanoat va boshqa obyektlar loyihalarini YER iste’moli nuqtai nazardan
takomillashtirish;
noqishloq xo‘jalik yerlarining sifati (yer bonitirovkasi) hamda qiymat
baholash;
yer solig‘i va yer ijarasi haqlari miqdorini asoslash;
yerdan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish;
yer resurslarini muxofaza qilish va qayta tiklash.
2.Yerdan foydalanishga bozor munosabatlarini tadbiq
qilish yer uchastkalari
bilan yoki bo‘lmasa ularga bo‘ladigan huquqlar bilan bozor harakatlarini (oldi-sotdi,
ijara, sovg‘a qilish, garov, meros,), shuningdek yerdan foydalanishga to‘lovlarni
amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Birinchi holatda yerning bozor bahosini hamda ijara haqini o‘rnatish muhim
masalalar hisoblanadi. Yerning bahosi irratsional tushuncha bo‘lsa-da, shunga
qaramasdan bozor harakatlarini amalga oshirishda ular yer uchastkalarini oldi-sotdisi
to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida belgilanadi va amalda kapitallashtirilgan
renta sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni renta qiymati kapitalga bank foizini me’yori
sifatidadir. Davlat mulkchiligida saqlab qolingan yer uchastkalari uchun ruxsat
etiladigan harakatlar quyidagilardir: yer ijarasi,
uy-joy qurilishi uchun yer
uchastkalarini umrbod egalik huquqi asosida realizatsiya qilish, umrbod merosiy
egalikdagi yerlarni meros qilish,yer uchastkalariga ijara huquqini garovga berish.
Qayd qilish zarurki, bu shartlarda yerning kadastrli me’yoriy qiymati hamda ijara
haqining miqdori belgilanadi. Agarda qishloq xo‘jalik yerlarining kadastrli me’yoriy
qiymati respublikada o‘rnatilgan bo‘lsa, noqishloq xo‘jalik
erlari uchun bunday
111
uslubiyat bugungi kunda ishlab chiqilmagan. Syu jumladan ijara xaqini hisoblab
chiqish uchun ham shunday uslubiyat mavjud emas.
Soliq siyosatining umumiy tizimida davlat byudjetini shakllantirish maqsadida
yer solig‘ini kiritish, jamiyatda vujudga kelgan daromadni qayta taqsimlash,
yerlardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, tuproq unumdorligini qayta tiklash
bo‘yicha ishlarni moliyalash va boshqalar davlat vakolatidagi masalalardir. Bu holat
yerga solinadigshan soliqni ijara haqidan
farq qiluvchi alohida manba, yer uchun
to‘lovlarning tarkibiy qismi sifatida qarash zarurligi tushunchasiga olib keladi.
Yer solig‘i yer resurslaridan foydalanishning fiskal tomonini tashkil etadi.
Ma’lumki, mulk va jismoniy hamda yuridik shaxslarning daromadlari soliqqa tortish
obyektlari
hisoblanadilar.
Yerga
davlat
mulkchiligi
sharoitida
yerdan
foydalanuvchilar (ijarachilar) yer uchastkasidan foydalanganliklari uchun ijara haqini
to‘lashlari zarur. Bugungi kunga qadar yerga ijara haqi miqdorlarini belgilash
masalasi kam o‘rganilganligi sababli, u amaliyotda yer solig‘i (qishloq xo‘jaligi
yerlari uchun, boshqa yerlar uchun ijara haqining miqdori yer solig‘i miqdorining 1-
3 barobariga teng deb qabul qilingan) miqdoriga tenglashtirilgan. Shu bilan birga yer
solig‘ining miqdori ham hozirgi kunga qadar zaruriy ilmiy asosga ega emas.
Maxsus imtiyozlarga ega bo‘lganlardan tashqari (yerlarni soliqqa tortish
bo‘yicha yo‘riqnomada aniqlangan) barcha yuridik va jismoniy shaxslarning yer
uchastkalari yersolig‘iga tortiladi. yer solig‘idan, ijtimoiy
mohiyatdagi va tabiatni
muhofaza qilish obyektlari ozod qilinganlar. Imtiyozga ega bo‘lganlar tomonidan
to‘lanadigan yer to‘lovlarining mexanizmi, yerlardan oqilona va samarali
foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida anchagini takomillashgan bo‘lishi zarur.
3. Qishloq xo‘jaligi oborotidan yerlarni ajratib olinishida qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishi ko‘radigan zarar va yo‘qotishlarni o‘rnini qoplash mexanizmi bir
necha elementlarni o‘z ichiga oladi: yerlarni sug‘orishga tayyorlash va o‘zlashtirish,
ularni madaniylashtirish harajatlari;
hududni tuzilishini buzganlik, shuningdek ko‘p
yillik daraxtzorlarni yo‘q qilinganlik zararlari; joriy qishloq xo‘jalik yilida hamda
istiqboldagi qator yillar uchun boy berilgan foyda. Yerlarni o‘zlashtirish harajatlarini
o‘rnini qoplash yerlarning qiymat baholashga, shuningdek yangi o‘zlashtirilgan
yerlarda tuproqlarni zaruriy bonitet balliga erishishini hisobga olgan holda boy
berilgan foydani hisoblashga asoslanishi zarur.
Xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yerdan foydalanuvchilardan yerlarni
ajratib olishda zararni o‘rnini qoplash teng hisoblangan
maydonli yangi yer
uchastkasini berishni, shuningdek hududni tuzilishi buzganligi sababli keltiriladigan
zararni o‘rnini qoplashni o‘z ichiga oladi. Davlat va jamoat maqsadlari uchun yer
egasidan yerni ajratib olishda o‘rnini qoplash miqdorlari yer ajratilayotgan regionda
yerni mavjud bozor qiymati asosida hisoblanadi.
112
4. Yer resurslarini qayta tiklash yerdan foydalanishda ikki tomonlama iqtisodiy
mohiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: