Bulajak yuqori malakali kadrlarni yunalishiga qarab, har bir yunalishda
mutaxasisslik fanlari o‘qitiladi. Texnologiya ta’limi yunalishini magistraturasida
o‘qitishga muljallangan mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fani oliy
ta’limda texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarini o‘qitishning
amaliy saviyasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yunalishi buyicha magistraturada o‘qitishga
muljallangan mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanini maqsadi
magistrlarni texnologiya ta’limi bakalavr yunalishidagi mutaxassislik fanlarini
o‘rganishda mutaxassislik fanlarini o‘qitishning mazmuni, didaktik tamoillari,
qo‘llaniladigan an’anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o‘z
faoliyatlarida qo‘lash va yangi usullarni yaratishni, mutaxassislik buyicha amaliy-
nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o‘rgatishdan iboratdir.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fani oldiga qo‘yilgan maqsadga
quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishadi:
• ta’limni olib boruvchi
subektlardan boshlab, butun uzluksiz ta’lim miqyosida
uzluksiz kuzatish olib borish, ta’limiy ma’lumotlar, ta’limiy axborotlar to‘plashni
naqadar zarurligini lar ongiga etkazish;
qo‘yilgan maqsadga ko‘ra to‘plangan mutaxassislik buyicha axborotlarni tuplash
va qayta ishlash, taqqoslash, qiyosiy xarakteristika berish, tahlil qilishga
magistrlarni o‘rgatish;
mutaxassislik buyicha ta’limiy jarayonlarni chuqur o‘rgatish, mutaxasislik fanlarini
rivojlanish tendensiyalariga baho berish va xulosalar chiqarishni magistrlarga o‘rga
tish;
mutaxasislik buyicha fikrlay bilish, mustaqil fikr yuritish, o‘z nuqtayi nazarini asos
lashga o‘rgatish;
mutaxasislik fanlarni o‘rganish uchun tatbiq etiladigan dars o‘tish metodlari bilan
tanishtirish;
mutaxassislik fanlarining predmetini o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar bilan
dars o‘tish metodlarini to‘g‘ri bog‘lay bilish;
Dars mashg‘ulotini barcha turlarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish asoslarini o‘rgatish;
fanning mavzulariga ko‘ra dars o‘tish metodlarini to‘g‘ri tanlay bilish o‘z faoli
yatida mohirlik bilan foydalanishni o‘rganish kabilardan iborat.
O‘qituvchi-pedagog kasbini tanlagan texnologiya ta’limi yo‘nalishidagi bo‘lajak
mutaxassislar o‘z oldilariga qo‘yilgan talablarga javob berishi uchun mutaxassislik
fani bilan bog‘liq holda:
texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlaridan chuqur bilim va
kunikmalarni bilishi;
huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishi va mafkuraga oid fanlarni mukammal
bilishi;
yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun — pedagogik mahorat va tajribaga ega
bo‘lish uchun intilishi;
dars berish metodlarini yaxshi o‘rganib, ularni fanning yo‘nalishi va mavzusi
bo‘yicha qo‘llay oladigan bo‘lishi;
o‘zbek xalqining tarixini, milliy xalq hunarmandchiligini, utmish ta’lim tizimi,
xalq pedagogikasini bilishi, milliy g‘urur, madaniyatga ega bo‘lishi;
mutaxassislik fanlari buyicha bog‘liq yangiliklarni o‘rganishga in-tiluvchan
bo‘lishi;
fan-texnika yutuqlariga qiziquvchan bo‘lishi;
fanni o‘rgatishda tasdiqlangan dastur asosida fanga qiziqish uyg‘ota olish, har bir
o‘rganuvchini saviyasi, individual xususiyatiga ko‘ra vazifa, topshiriq berish va
talab qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim.
Magistrlar texnologiya ta’limi yunalishi buyicha barcha mutaxassislik fanlarini
o‘qitish shakllarini
samarali tashkil qilish, o‘qitishni usul va formalarini
takomillashtirish metodlariga ega bo‘lishi kerak.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining predmeti, bu oliy ta’ limda
texnologiya ta’limi yunalishi buyicha barcha mutaxassislik fanlar dan dars berish
(o‘qitish) jaryonining o‘zidir. Ilmiy bilish faoliyatining shakllari va formalari
haqidagi fan bo‘lgan metodika nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga etish,
haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki ama liy bilish, o‘rganishning usullari
yoki operatsiyalari majmuidir.
Umuman olganda o‘qitish metodikasi tushunchasi qo‘yidagicha izohlanishi
mumkin:
a)
pedagog o‘qituvchining o‘qitish usullari va o‘rganuvchining o‘qish usullari
hamda o‘rganuvchining pedagog o‘qituvchi bilan o‘zaro bog‘langanligini;
b)
o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadga erishish bo‘yicha hamkorlikda ishlashning
o‘ziga xosligi, ya’ni o‘qitish metodlari belgilangan maqsadga etishu chun ta’lim
vazifalarini hal etishda pedagog o‘qituvchi va o‘rganuvchining hamkorlikdagi
faoliyatidir. Oliy ta’limda o‘rgatuvchi pedagog o‘qituvchilar metodika va
metodologiyani yaxshi tushunib egalab olishlari kerak.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar.
1. Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxasislik fanlarini qanday
salohiyati bor?
2.Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi qaysi fanni tarmog‘i?
3.Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanini qanday mazmun mohiyatga
ega?
4. Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarni o‘qitish
metodikasi fanida qanday maqsad va vazifalar hamda ilmiy asoslari bor?
5. Metodologiya nimalar haqidagi ta’limot?
6. O‘qituvchi-pedagog kasbini tanlagan texnologiya ta’limi yo‘nalishidagi
bo‘lajak mutaxassislar o‘z oldilariga qanday talablar qo‘yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: