Mamlakatimizd aamalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli
ishlarni mohiyati yangi ta’lim tizimining eskisidan farqi va uning uzluksizligi bilan
baholanadi. YAna bir ko‘zlangan maqsad o‘qituvchi va talaba munosabatidagi
majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga erishishdir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi
yuqori malakali raqobat bardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart sharoitlar
yaratadi. Uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlariga muvofiq turli darajalardagi
ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi.
YOsh avlod umumiy o‘rta ta’lim maktablarida majburiy ta’lim dasturga kura
oldiniga 1-4sinflarda boshlang‘ich, 5-9 sinflarda majburiy ta’lim oladilar, sungra
akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ixtiyoriy majburiy holda o‘qishni
davom etiradi. Talabalarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda
ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan,
kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yosh avlod texnologiya ta’limi orqali
umummehnat bilimlarini, texnologiya va ishlab chiqarishni boshlang‘ich va
tayanch kunikmalarini oladilar. Kasb-hunar kollejida tegishli davlat ta’lim
standartlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari doirasida olingan bilim va
shakllangan kunikmalarni davomli asosida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
beriladi.Bunda tegishli kasblar buyicha mutahassislik fanlari o‘qitish asosida
talabalarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir
yoki bir necha ixtisosni
egallashi mkonini beriladi. Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga Davlat
tomonidan berilgan diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom
ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini beriladi. Xoxishi buyicha oliy ta’limda o‘qishni davom
etirishlari mumkin.
Hozirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish 5-11sinflarida olib boriladi
va to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy ta’limga o‘qishga kirishlari mumkin. Bun dan kurinadiki,
oliy ta’limga o‘qishga kiruvchilar kontingentlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari va
akademik litsey va kasb hunar kollejlarini biti ruvchilaridan iborat buladi.
Oliy ta’limga o‘qishga kiruvchilarni kasb hunar kollejlaridan kelgan lari oldin
ham biror soha buyicha mutaxassislik fanlarini o‘qigan bo‘ladi lar. SHuningdek,
oliy ta’limning texnologiya ta’limi yunalishiga o‘qishga kirganlar umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida metal, polimer, yog‘och, tuproq, gazlama materiallari va
qishloq xujalik oziq ovqat mahsulotlariga ishlov berish texnologiyalarini
boshlang‘ich va tayanch, kasb hunar kollejlarida esa metal, polimer, yog‘och,
tuproq, gazlama materiallari va qishloq xujalik oziq ovqat mahsulotlariga ishlov
berish texnologiyalarini kasbiy kunikmalari haqida tassavurga ega buladilar. SHu
boisdan oliy ta’limda texnologiya ta’ limi yunalishi buyicha o‘quv jarayonini
tashkil qilishda ushbu holatni e’ti borga olishlari kerak. Bunda oliy ta’limda
e’tibor qilinadigan jihat lari har birini umumiy o‘rta ta’limda olgan va o‘zlashtirgan
hamda egalagan bilim, kunikma, malakalari tuliq uslubiy jihatidan tahlil qilinib,
ular ning imkoniyat doirasida yunalish fanlarini o‘qitish maqsadga muvofiq dir.
Bu erda o‘qituvchilar har bir mutaxassislik fanini o‘qitishda shu muta xassislik
faniga oid umumiy o‘rta ta’lim maktablarida va kasb hunar kol lejlarida egalagan
bilim salohiyatini e’tibordan qochirmasliklari kerak. SHuningdek, mutaxassislik
fanlari o‘qituvchilari ularni kelajakda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
texnologiya ta’limidan dars berishlarini e’ti borga olib, har bir mutaxassislik
fanidan utilayotgan mavzularni maktab dagi texnologiya ta’limiga qanchalik
daxldor ekanliklarini qayd qilib uti shlari shart. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
metal, polimer, yog‘och, tup roq, gazlama materiallari va qishloq xujalik oziq
ovqat mahsulotlariga ish lov berish texnologiyalarini boshlang‘ich va tayanch,
kasb hunar kollejlarida esa metal, polimer, yog‘och, tuproq, gazlama materiallari
va qishloq xujalik oziq ovqat mahsulotlariga ishlov berish
texnologiyalariga oid
kasbiy ku nikmalarini shakllantirishda tashkil qilingan o‘quv jarayonlari, ayniqsa
mutaxassislik fanlarini o‘qitishda tashkil qilingan o‘quv jarayonlarini
samarariylik mezonlarini ilmiy uslubiy tahlil qilib, tahlil natijalari asosida oliy
ta’lim o‘quv jarayonini tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
1. «Ta’limto‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni
amalga qanday tatbiq etiladi?
2. Ta’lim yunalishlarida«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining
qanday o‘rni bor?
3. Rivojlanish intensivligi talabi asosida o‘qituvchi kadrlarga qanday talab
qo‘yiladi?
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta’lim tizimida va aynan mutaxas sislik
fanlarni o‘qitish tizimida qanday ahamiyati bor?
5. Oliy ta’limda mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishning qanday xususiyatlari
bor?
6. Mutaxassislik fanlari uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi qanday?