o‘zlashtirishni nazorat qilish mo‘ljalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi
nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi.
O‘quv jarayonini tashkil qilish va uni boshqarish mashg‘ulotlarda qo‘yilayotgan
maqsadga bog‘liq. O‘qituvchi darsda gaumumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv
rejasi fanlar buyicha taqsimoti, o‘quv soatlari miqdori taqsimotini
o‘rgatish,texnologiya ta’limi fanlaridan taqvimiy mavzuli reja tuzishni o‘rgatish,
nazariy va amaliy dars reja konspektlarini tayyorlash, yuriqnomalarni utkazish
tartibi, fanlararo bog‘liqlik grafigini ishlab chiqish, barcha turdagi o‘quv
ustaxonalarida tayyorlanadigan buyumlar ruyxatini tuzishni o‘rgatishni maqsad
qilib qo‘yyaptimi yoki uni tushunish, barcha turdagi darslarni tahlil qilish va
hujjatlashtirishni amalga oshirishni yoki tatbiq qilishni o‘rganishi kerakmi?
Tushunarli bo‘lishi uchun umum o‘rta ta’lim maktab texnologiya ta’limini
o‘qitilishiga ayrim mulohazalarni taqqoslab ko‘raylik:
1.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini sinfma-sinf
o‘qitilish qanday tartibda olib borilishi kerak?
A)Fizika o‘qitilishiga qadar texnologiya ta’limidan faqat qulda ishlov
beradigan asbob, uskuna, moslama, jihozlar o‘rgatiladi;
B) 5-7 sinflarda umumtexnologiya va 8-10sinflarda boshlang‘ich tayanch
ishlab chiqarish asoslari o‘rgatiladi;
V) 5-8 sinflarda umumtexnologiya va 9-10sinflarda boshlang‘ich tayanch
ishlabchiqarish asoslari o‘rgatiladi;
G) 5-7 sinflarda mahsulot va materiallarga
ishlov berish texnlogiya lari, 8-
10 sinflarda shu texnologiyalar asosida boshlang‘ich tayanch ishlabchiqarish
asoslari o‘rgatiladi.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini qaysi yunalishlar
asosida o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi?
a) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limiishlov berishga qaratilgan
mahsulot va materiallar asosida, ya’ni yog‘ochlarga ishlov berish, polimer va
metallarga ishlov berish, gazlamalarga ishlov berish texnologiyalari yunalishlari va
pazandachilik hamda qishloq xujalik asoslari yunalishlari, jami beshta yunalish
orqali o‘qitish;
b) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi texnologiya va dizayn (
yog‘ochlarga, polimer va metallarga ishlov berish texnologiyalari o‘z ichiga oladi),
servis xizmat kursatish(gazlamalarga ishlov berish texnologiyalari va
pazandachilik asoslarini o‘z ichiga oladi), qishloq xujalik asoslari yunalishlari, kabi
jami uchta yunalish orqali o‘qitish;
V) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini qishloq xujalik
asoslari yunalishi haqli ravishda tayyorlangan biologiya va qish loq xujalik asoslari
o‘qituvchilari utishiga etarlicha asos bo‘lganda(ammo hozirgidek asossiz
bo‘lmasligi kerak) biologiya tarkibiga utkazilsa, unda texnologiya va dizayn (
yog‘ochlarga, polimer va metallarga ishlov berish texnologiyalari o‘z ichiga oladi)
va servis xizmat kursatish(gazlamalarga ishlov berish texnologiyalari va
pazandachilik asoslarini o‘z ichiga oladi), yunalishlari, jami ikkita yunalish orqali
o‘qitish;
G) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi texnologiya va dizayn (
yog‘ochlarga, polimer va metallarga ishlov berish texnologiyalari o‘z ichiga oladi),
servis xizmat kursatish(gazlamalarga ishlov berish texnolo giyalari va
pazandachilik asoslarini o‘z ichiga oladi), qishloq xujalik asoslari yunalishlari,
jami uchta yunalish orqali qiz va o‘g‘il bolalarga bo‘lib o‘qitish;
Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi mulohaza chuqur ilmiy uslubiy tahlil talab qilgani
uchun murakkab, chunki birinchi mulohaza muvofiq holda sinflarga quyilgan
o‘zlashtirish bilimni, axborotni yodga olishni talab qiladi.
Ikkinchi mulohazaga
javob berish uchun esa umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi majburiy fanlarni
ahamiyatini, texnologiya ta’limi bilan biologiya fanlarini aloqasini turli variantlarni
solishtirish kerak. Demak, ikkinchi mulohazada fikrlash darajasi avvalgi
mulohazadagiga qaraganda boshqacha chuqurroq darajada bo‘lishi talab qilinadi.
AQSH pedagogi Benjamin Blumta’lim maqsadlarini qat’iy belgilangan
mezonlarini ishlab chiqqan. Undan o‘tiladigan darsning maqsadini rejalashtirishda,
auditoriyada amaliy ish bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda
foydalanish mumkin. «Taksonomiya» (yunoncha taxis — joylashish, tarkib, tartib
va nomos — qonun) murakkab tuzilishga ega reallikni tasniflash va tizimga solish
haqidagi nazariya bo‘lib u narsalarning tabiiy bog‘liqligi va xosiyatlariga ko‘ra
ierarxik tarzda tavsiflash va tizimlashtirishni anglatadi.
B. Blumning fikricha, bilim olish darajasi ma’lum ierarxiya tarzida joylashib, har
bir bosqich avvalgisiga qaraganda murakkab hamda avvalgi bosqichlarni ham o‘z
ichiga oladi. YA’ni bilim har bir yangi pog‘onaga ko‘tarilar ekan, albatta, avvalgi
bosqichni ham takrorlash lozim bo‘ladi. Ular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: